1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   222
Суғурта иши (3)

Sug’urta dalolatnomasi
- sug’urta xodisasi ro’y berganda sug’urta 
kompaniyasi tomonidan tuziladigan xujjat. Dalolatnomada mol-mulkning 
zararlanish yoxud nobud bo’lish sabablari, ko’rilgan zarar miqdori va boshqa 
ko’rsatkichlar bo’ladi. Dalolatnomaga, zarur hollarda sug’urta hodisasi va mol-
mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong’inga qarshi 
kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo’jaligi, veterinariya xizmati va 
boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug’urta munosabatlarida sug’urta 
dalolatnomasini adjaster tuzadi va mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi. 
Sug’urta mukofoti
- sug’urta mukofotining miqdori sug’urta summasiga 
nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug’urta mukofotining miqdori aniq summalarda 
ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar 
keltirish fuqarolik javobgarligini sug’urtasida sug’urta mukofoti aniq pul birligida 
ko’rsatiladi. 
Sug’urtaviy foyda
- sug’urta xizmatining bahosi va tannarxi o’rtasidagi farq. 
Sug’urtaviy foyda sug’urta operatsiyalarini amalga oshirish natijasida shakllanadi. 
Sug’urtaviy foyda balans uslubi asosida sug’urta mukofotlari tushumi va sug’urta 
operatsiyalari tannarxini o’zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Sug’urta 
operatsiyalarining tannarxi bu, sug’urta kompaniyasining sug’urta himoyasini 
ta’minlashga qaratilgan to’g’ri va egri, (shu jumladan zahira fondlariga ajratmalar) 
xarajatlarning yig’indisidir. Odatda, sug’urta tarifini hisoblashda netto-stavkaga 
yuklamada foyda ulushi ham ko’rsatiladi. Shakllanish manbaiga ko’ra, haqiqatdagi 
sug’urtaviy foyda o’z ichiga quyidagi foyda turlarini oladi: sug’urta summasi 
zararlik ko’rsatkichini kamaytirishdan olingan foyda, boshqaruv xarajatlarini 
iqtisod qilish natijasida olingan foyda, investitsiyadan olingan foyda va sug’urta 
tarifida belgilangan foyda. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin