1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   222
Суғурта иши (3)

“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
290 
to’g’ri kelmaganligi uchun, sug’urta kompaniyasiga kelib tushgan sug’urta 
mukofoti ma’lum vaqt mobaynida uning ixtiyorida bo’sh xolda bo’ladi. Kelib 
tushgan sug’urta mukofotlarining bir qismi joriy to’lovlar uchun sarflanadi, qolgan 
qismi esa zahira fondini shakllantirish uchun yunaltiriladi. Uzoq muddatli hayot 
sug’urtasi bo’yicha zahira fondining mablag’lari kredit resursi sifatida 
foydalanilishi mumkin. 
Sug’urta zahiralari
– sug’urta summalarini to’lashni kafolatlash maqsadida 
sug’urta kompaniyalari tashkil etgan fondlar. Agar, ma’lum bir vaqtda sug’urta 
qoplamalarini to’lash uchun joriy sug’urta mukofotlari etmasa, sug’urta 
kompaniyasi zahira fondlaridan foydalanishi mumkin. Sug’urta zahiralariga 
quyidagilar kiradi: hayotni sug’urtasi bo’yicha zahira fondlari, ro’y bergan, ammo 
arz qilmagan zararlarni qoplash zahiralari va boshqalar. Ushbu zahira fondlarining 
mablag’lari vaqtincha bo’sh bo’lgani uchun investitsiya maqsadlarida 
foydalanilishi mumkin. Buning natijasida sug’urta kompaniyasi qo’shimcha 
daromad oladi. 
Sug’urta polisi
- sug’urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi xujjat. 
Sug’urta polisida quyidagi rekvizitlar bo’lishi shart: sug’urta kompaniyasining 
yuridik manzili, sug’urtalanuvchining nomi, sug’urta ob’ekti, sug’urta 
mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug’urta qoplamasini 
to’lashda sug’urtalanuvchi sug’urta polisini sug’urta kompaniyasiga taqdim etishi 
zarur. 
Sug’urtada tarif siyosati
- sug’urta operatsiyalarini zararsiz o’tkazilishini va 
sug’urtalanuvchilarning manfaati yo’lida sug’urta tariflarini belgilash, aniqlash, 
tartibga solish va tabaqalashtirish bo’yicha sug’urta kompaniyasining maqsadli 
yo’naltirilgan faoliyati. Sug’urtada tarif siyosati quyidagi asosiy printsiplarga 
asoslanadi: 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin