1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   222
Суғурта иши (3)

Retrotsessionariy
-retrotsedentdan 
riskni 
qabul 
qilib 
oluvchi 
qayta 
sug’urtalovchi kompaniya. 
Retrotsessiya
- 1) qayta sug’urtalashga ilgari qabul qilib olingan risklarni 
yana qayta sug’urtalashga berish; 2) risklarni uchlamchi joylashtirish. 
Risk
- 1) bitta kutilayotgan hodisa bo’yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk 
tushunchasi ko’rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo’lishi natijasida yuzaga 
kelgan oqibatlarning og’irligi, riskni ro’y berishi sababli paydo bo’lgan zararlarni 
mutloq tugatishni imkoniyati bo’lmaganligi sug’urta ishini tashkil etish uchun asos 
yaratadi. Shunday qilib, risk sug’urtaviy huquqiy munosabatlarni shakllantirish 
uchun shart-sharoit yaratadi. Risk-riskli holatlarning yagonalik va o’zaro 
aloqadorlik yig’indisidir. Sug’urta fanida risk tushunchasiga turlicha tariflar 
berilgan. Jumladan, risk-bu konkret hodisa yoki hodisalar yig’indisi bo’lib, ular 


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
289 
sodir bo’lgan taqdirda sug’urta kompaniyasi qoplamalar to’laydi. Risk sug’urta 
ob’ekti bilan to’g’ridan to’g’ri bog’langan. Ob’ektga risk salbiy ta’sir ko’rsatib, 
uni shikastlashi yoxud nobud qilishi mumkin. Shu tufayli risk - bu yagona 
tasodifiy hodisa bo’lib, uning ro’y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog’liq 
emas. Sug’urta risklarining ro’yxati sug’urtalovchining sug’urta javobgarligi 
hajmini tashkil etadi. Risk bahosining puldagi ifodasi sug’urta tarif stavkasini 
tashkil etadi; 2) sug’urta ob’ekti: 3) sug’urta javobgarligining turi. 
Risk menejmenti
- riskni kamaytirish yoki chegaralash bo’yicha sug’urta 
kompaniyasining maqsadli yo’naltirilgan harakati. Risk menejmentining tarkibiy 
elementiga quyidagilar kiradi: riskni aniqlash, riskni baholash, riskni nazorat qilish 
va riskni moliyalashtirish. 
Riskli holatlar
- risk darajasiga ta’sir qiluvchi omillar. Sug’urtalanuvchiga 
ma’lum bo’lgan barcha riskli holatlar sug’urta kompaniyasiga xabar qilinadi. Bu 
riskni baholashda muhim ahamiyatga ega. Riskli holatlarni tahlil etish syurveyer 
yoki adjasterning funktsiyasiga kiradi. Bu sug’urta kompaniyasini sug’urta 
shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik masalasi bo’yicha qaror qabul qilishida hamda 
sug’urta qoplamalari va summalarini to’lashda muhim o’rin tutadi. Riskli holatlar: 
shaxsiy va ashyoviy; to’g’ri va egri; tasdiqlanadigan va inkor qilinadigan: ob’ektiv 
va sub’ektiv turlarga bo’linadi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin