“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
286
tasdiqlaydigan sug’urta polisining atalishi. Ushbu kasb
egalari xususiy amaliyot
bilan shug’ullanganlarida, ularda sug’urta polisining bo’lishi majburiydir.
Kvota
- 1) bir necha sug’urta kompaniyasi tomonidan birgalikda tegishli
ob’ekt sug’urtalanayotganda, bitta sug’urta kompaniyasiga to’g’ri keladigan hissa.
Bunday xolatda har bir sug’urta kompaniyasiga tegishli kvota yagona sug’urta
polisida o’z
aksini topadi; 2) qayta sug’urtalash kompaniyasini qayta
sug’urtalashda qatnashish hissasi.
Kvotali qayta sug’urtalash
- sug’urta kompaniyasi qayta sug’urtalovchi
kompaniya bilan kelishgan holda unga risklarni bir qismini beradi. Bu operatsiya
kvota shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Qayta sug’urtalovchi
kompaniyaga
sug’urta mukofotini tegishli qismi beriladi va qayta sug’urtalovchi kompaniya
proportsional ravishda ko’rilgan zararni qoplashda ishtirok etadi.
Kovernota
- sug’urta vositachisi tomonidan sug’urtalanuvchiga
beriladigan
va sug’urtalanuvchining sug’urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi xujjat. Ushbu
xujjatda ko’rsatilgan muddat mobaynida sug’urta brokeri sug’urtalanuvchiga
sug’urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota sug’urta kompaniyasi uchun
yuridik kuchga ega bo’lgan xujjat hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: