1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   222
Суғурта иши (3)

Birgalikda sug’urta qilish
- bitta sug’urta shartnomasi doirasida riskni ikki 
yoki undan ortiq sug’urta kompaniyalari o’rtasida taqsimlanishi. Ushbu 
shartnomada har bir sug’urtalovchining xuquq va majburiyatlari ko’rsatiladi. 
Birgalikda sug’urta qilishda sug’urtalanuvchiga qo’shma polis yoki har bir 
sug’urta kompaniyasi o’z zimmasiga olgan risk hissasiga muvofiq alohida polis 
beriladi. 
Brutto - stavka
- sug’urta qoplamasini (sug’urta summasini) to’lashga 
mo’ljallangan netto-stavka va ish yuritish xarajatlarini qoplashga mo’ljallangan 
netto-stavkaga yuklama summalarini o’z ichiga olgan sug’urta mukofotlarining 
tarif stavkasini bildiradi. Ko’pgina adabiyotlarda ushbu ibora sug’urta tarifi 
ma’nosida ham ishlatiladi.
Denonsatsiya
- shartnomadan voz kechish. Agar sug’urta munosabatlarida 
tomonlardan biri yozma ravishda shartnomadan voz kechishi to’g’risida ikkinchi 
tomonga ma’lum qilmasa, shartnoma unda ko’rsatilgan muddatgacha kuchda 
bo’ladi. 
Depozit
- 1) sug’urta kompaniyasining bank muassasasida saqlanadigan pul 
mablag’i yoki qimmatli qog’ozlari. Bank, odatda, sug’urta kompaniyasiga o’z 
pulini bankda saqlagani uchun foiz to’laydi; 2) ayrim mamlakatlar qonunchiligiga 
muvofiq, chet mamlakat sug’urta kompaniyasi, agar, biror boshqa mamlakatda 
sug’urta faoliyatini amalga oshirmoqchi bo’lsa, dastlab u o’sha mamlakat bank 
muassasasiga tegishli pul mablag’ini depozitga qo’yadi. Mazkur depozit, chet 


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
285 
davlat sug’urta kompaniyasining boshqa mamlakat xududida sug’urta faoliyatini 
amalga oshirishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Diversifikatsiya
- yirik sug’urta kompaniyalarining asosiy faoliyatdan 
tashqari boshqa faoliyat bilan ham shug’ullanishi. Masalan, sug’urta vositachiligi, 
qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdisi, ko’chmas mulk bilan shug’ullanish va 
xakozo. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin