Kombinatsiyali sug’urta - bir necha sug’urta turlari bo’yicha sug’urta
qoplamasi sharti.
Komissiya haqi - mijozlarni sug’urtaga tortganligi uchun sug’urta
kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug’urta brokeri, agent) to’lanadigan haq.
Komissiya haqining miqdori sug’urtaning turiga va kelib tushgan badalning
xajmiga bog’liq holda sug’urta badaliga nisbatan foizlarda to’lanadi.
Konosament - dengiz transportida yuklarni tashish shartlarini ifodalovchi
xujjat. Konosament shartnoma mavjudligi faktini va yuk tashuvchini yukni qabul
qilib olganligini tasdiqlovchi xo’jjat. Konosamentga imzo chekishi bilan yukni
saqlash, uni tegishli manzilga etkazish mas’uliyati to’laligiga yuk tashuvchi kema
zimmasiga o’tadi. Imzolangan konosamentning asl nusxasi sotib oluvchiga
yuboriladi va ushbu xo’jjat unga tegishi bilan sotib oluvchi yukning huquqiy egasi
hisoblanadi.
Kumulyatsiya - bir qancha yirik sug’urta summali ob’ektlarning bitta sug’urta
hodisasi tufayli zarar ko’rishi extimolligini nazarda tutuvchi sug’urta risklarini
yig’indisi.
Keptiv sug’urta kompaniyasi - ta’sischilarning manfaatlarini sug’urta
himoyasiga oladigan yoki yirik kontsern, korporatsiyalar, yirik sanoat-moliya
guruhlari tarkibiga kiruvchi sug’urta kompaniyasi. Raqobatdagi boshqa sug’urta
kompaniyalarini keptiv sug’urta kompaniyasi mavjud bo’lgan tarmoqqa kirishi
murakkabroq hisoblanadi. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan keptiv sug’urta
kompaniyalariga - «ALSKOM», «Universal sug’urta» sug’urta kompaniyalarini
misol keltirish mumkin.
Lloyd -
1)
Angliyadagi
xalqaro
sug’urta
bozori;
Angliyadagi
sug’urtalovchilarning korporatsiyasi, taxminan 1734 yilda tashkil etilgan. Hozirgi
paytda Lloydga 22000 dan ortiq a’zo bor. Uning faoliyati Angliya parlamenti