“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
284
Audit
- sug’urta kompaniyasining moliyaviy hisoboti to’g’riligini yozma
ravishda tasdiqlash va tekshirish. Audit ishini maxsus malakaga ega bo’lgan
auditorlar amalga oshiradi. Auditorlik firmasi bilan sug’urta kompaniyasi o’rtasida
shartnoma tuziladi. O’zbekiston Respublikasida audit ishini Moliya vazirligining
litsenziyasiga ega bo’lgan shaxslar amalga oshirishi mumkin. Sug’urta
kompaniyasining balansi auditorlar tomonidan tekshirilgandan so’ng matbuotda
e’lon qilinadi.
Bonus
- sug’urta kompaniyasi o’zi uchun qulay shartlarda sug’urta
shartnomasini tuzganligi uchun sug’urtalanuvchiga, u to’laydigan sug’urta
mukofoti miqdoridan chegirmalar belgilaydi.
Brutto-mukofot
- sug’urta shartnomalarini tuzish, ish yuritish xarajatlarini
hisobga olgan xoldagi sug’urta mukofotlari summasi.
Bosh polis
- sug’urta kompaniyasi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi yozma
bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug’urtalanuvchi barcha
ob’ektlarni sug’urta kompaniyasiga sug’urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida
bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis
asosida sug’urtalash tashqi savdo yuklari sug’urtasida keng tarqalgan.
Sug’urtalanuvchi sug’urta kompaniyasiga har bir jo’natilgan yuk haqidagi
ma’lumotlar (yukning vazni, sug’urta summasi, yukni junatish va qabul qilib olish
punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa etarli, yuk avtomatik ravishda
sug’urtalangan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: