1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   222
Суғурта иши (3)

1. 
 
Netto-mukofotlar va sug’urta qoplamasi o’rtasidagi ekvivalentlik. Har bir 
sug’urta turi bo’yicha netto-stavka zararlarning ehtimol tutilgan miqdoriga 
maksimal darajada to’g’ri kelishi zarur. 
2. 
 
Sug’urtalanuvchilarning asosiy qismi uchun sug’urta tarifi miqdorining 
qulayligi. Tarif stavkalarini yuqori darajada belgilanishi sug’urta ishini rivojlanishi 
uchun to’siq bo’ladi. 
3. 
 
Sug’urta tarifi stavkalarining barqarorligi. Agar uzoq yillar mobaynida tarif 
stavkalari o’zgarmasa, bu holat sug’urtalovchining nufuzini oshiradi. Sug’urta 
summalarining zararlilik ko’rsatkichi kamaysa, sug’urtalanuvchilarning manfaati 
uchun sug’urta tarifi stavkasini o’zgartirmasdan javobgarlik xajmini ko’paytirish 
maqsadga muvofiqdir. 
4. 
 
Sug’urta operatsiyalarining rentabelligini ta’minlash. 
Siyosiy risk
- davlat organlarining hatti-xarakati yoxud uyushgan shaxslar 
guruhining siyosiy talab bo’yicha chiqishi natijasida vujudga keladigan xavf. 
Siyosiy riskga urush xarakatlari, siyosiy hokimiyatning yoki tuzumning o’zgarishi, 
qonun xujjatlaridagi o’zgarishlar, fuqarolarning ommaviy chiqishlari va ish 
tashlashlari, milliylashtirish, konfiskatsiya kiradi. Siyosiy risk ro’y bergan vaqtda 


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
291 
sug’urta kompaniyasi javobgarlikdan ozod bo’ladi. Chunki siyosiy risklar, faqat, 
davlatga qarashli maxsus sug’urta kompaniyalari tomonidan sug’urtalanishi 
mumkin. 
Sug’urta portfeli
-sug’urta kompaniyasiga kelib tushgan sug’urta 
mukofotlarining 
yig’indisi. 
Sug’urtalangan 
ob’ektlar 
soni, 
sug’urta 
shartnomalarining miqdori ham sug’urta portfeli tushunchasini anglatadi. Chet 
mamlakatlar sug’urta amaliyotida ushbu ibora ishlab topilgan sug’urta 
mukofotining hajmi tushunchasiga to’g’ri keladi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin