“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 296
XIII
Umumiy javobgarlikni
sug’urtasi
Syurveyer - sug’urtaga tortiladigan mol-mulkni ko’rikdan o’tkazuvchi
sug’urta kompaniyasining xodimi. Sug’urta kompaniyasi syurveyerning xulosasi
asosida sug’urta shartnomasini tuzish to’g’risida qaror qabul qiladi. Chet el
amaliyotida yong’in havfsizligini ta’minlovchi ixtisoslashgan firmalar, mehnat
muhofazasi bo’yicha tashkilotlar syurveyer funktsiyasini bajaradi.
Tarif stavkasi - sug’urta riskini baxosi; sug’urta summasiga nisbatan
foizlarda hisoblanadigan brutto-stavka. Tarif stavkasi (brutto-stavka) ikki qismdan
iborat:
netto-stavka
va
netto-stavkaga
yuklama.
Netto-stavka
sug’urta
kompaniyasining sug’urta fondidan qiladigan xarajatlarini ifodalaydi. Netto-
stavkaga yuklama sug’urta kompaniyasining ish yuritish xarajatlarini, komissiya
haqini va boshqa xarajatlarini o’z ichiga oladi. Shaxsiy sug’urta buyicha tarif
stavkasi mol-mulk sug’urtasining tarif stavkasidan keskin farq qiladi. Hayot
sug’urtasidagi tarif stavkasi hayotiylik jadvali va daromad normasiga muvofiq
hisoblab chiqiladi.
Ehtimollar nazariyasi - tasodifiy hodisalarning ehtimolligi bo’yicha o’zaro
aloqada bo’lgan boshqa hodisalarning ehtimolligini aniqlash bilan bog’liq
matematika fani. Ehtimollar nazariyasi asosida tasodifiy hodisalarning ruy berish
ehtimolligi katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. Ehtimollar nazariyasi aktuar
hisob-kitoblarni amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi.
Qayta sug’urtalash - sug’urtalashga riskni qabul qilish bilan bog’liq
iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish); sug’urtalovchi
muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish va sug’urta operatsiyalarini
moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir
qismini o’zaro kelishilgan holda boshqa sug’urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi
joylashtirish). Qayta sug’urtalash operatsiyalarini sug’urta kompaniyalar bilan bir
qatorda asosan, ixtisoslashgan qayta sug’urtalash kompaniyalari amalga oshiradi.
Qayta sug’urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish)
ko’rinishda bo’ladi. Bundan tashqari, qayta sug’urtalash proportsional va
noproportsional
bo’ladi.
Proportsional
qayta
sug’urtalashda,
qayta
sug’urtalovchining berilgan risk bo’yicha ulushi tsedentning o’z javobgarligiga
qoladigan qismi aniq bo’lgandan so’ng aniqlanadi. Noproportsional qayta
sug’urtalashda riskni berish tegishli limit doirasida amalga oshiriladi. Bu holda
qayta sug’urtalovchi tsedentdan sug’urta mukofotining bir qismini oladi
(proportsional qayta sug’urtalashdagidek sug’urta summasiga muvofiq keladigan
sug’urta mukofotini emas).