1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   222
Суғурта иши (3)

Frontlashtiruvchi kompaniya
- boshqa sug’urta kompaniyasining iltimosiga 
ko’ra, o’z nomidan sug’urta polisi beruvchi sug’urta kompaniyasi. 
Frontlashtiruvchi sug’urta kompaniyasi qabul qilib olingan riskni yuz foiz 
miqdorida iltimos qilgan sug’urta kompaniyasi hisobiga o’tkazadi va buning uchun 
undan komission haq oladi. Hozirgi paytda, O’zbekistonda bir nechta 
frontlashtiruvchi kompaniyalar faoliyat ko’rsatmoqda. Masalan, “Anglo-
Tashkent”, “UzAIG” sug’urta kompaniyalari. 
Fronting
- qabul qilib olingan riskni tegishli komissiya haqi evaziga 
to’laligicha boshqa sug’urta yoki qayta qayta sug’urtalovchi kompaniyalariga 
berish. 
Tsedent
- riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni riskni 
qayta sug’urtalash uchun beruvchi sug’urta kompaniyasi. Ikkilamchi tsedent 
retrotsedent deb ataladi. 
Tsessiya
- 1) sug’urta riskini qayta sug’urtalashga berish jarayoni. Tsedent va 
qayta sug’urtalovchi o’rtasidan huquqiy munosabatlarda ishlatiladi. 2) Xorij 
amaliyotida tsedentning olingan sug’urta mukofoti ma’nosini bildiradi. 
Shomaj
- sug’urta hodisasi ro’y berishi natijasida ishlab chiqarishni to’xtab 
qolishi bilan bog’liq foyda olmaslik riskini sug’urtasi. 


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
298 
Ekstsedent riski
- mazkur toifadagi risk bo’yicha zararni qayta sug’urtalash 
to’g’risidagi kelishuv. 
Ekstsedent zarari
- noproportsionl qayta sug’urtalash shakli. Bunda 
tsedentga o’z zimmasida ushlab qolingan zarardan oshgan qismi qayta 
sug’urtalovchi kompaniya tomonidan qoplanadi. 
O’zaro sug’urtalash jamiyati
- foyda olishni ko’zlamaydigan notijorat 
shaklidagi sug’urta kompaniyasi. Sug’urta qilishning tashkiliy shakli. O’zlarining 
mulkiy manfaatlarini sug’urtaviy himoyalash uchun yuridik va jismoniy 
shaxslarning ixtiyoriy bitim asosida birlashuvi. O’zaro sug’urtalash jamiyati 
yuridik shaxs hisoblanib, har bir sug’urtalanuvchi ushbu jamiyatning a’zosi 
bo’ladi. AQSh va Yaponiyada asosan, hayot sug’urtasi bilan shug’ullanuvchi 
kompaniyalar o’zaro sug’urtalash jamiyati shaklidadir. Hozirgi paytda Yaponiyada 
o’zaro sug’urtalash jamiyatlari hayotni sug’urtalash bozorining 89,4%ni tashkil 
etadi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin