1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   222
Суғурта иши (3)

Qayta sug’urtalovchi broker
- ikkita sug’urta kompaniyasi o’rtasidagi 
professional vositachi. 
Qayta sug’urtalovchi
- sug’urta brokeri yordamida qayta sug’urtalash 
uchun riskni qabul qilib oladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Qayta 
sug’urtalovchi yordamida riskni ikkilamchi taqsimlash amalga oshiriladi. Qayta 


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
297 
sug’urtalovchi sifatida sug’urta kompaniyasi ham bo’lishi mumkin. Jahondagi eng 
yirik qayta sug’urtalovchilar guruhiga Myunxen qayta sug’urtalash jamiyati
Shveytsariya qayta sug’urtalash jamiyati, Kyoln qayta sug’urtalash jamiyatlari 
kiradi. 
Fakultativ qayta sug’urtalash
- proportsional qayta sug’urtalash 
shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug’urtalashda har bir berilayotgan risk 
bo’yicha alohida shartnoma tuziladi. Tsedent har bir risk bo’yicha qayta 
sug’urtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini mustaqil ko’rib chiqadi. O’z 
navbatida, qayta sug’urtalovchi ham tsedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul 
qilmasligi ham mumkin. 
Fakultativ obligator shartnomasi - 
tsedent qayta sug’urtalovchi bilan 
kelishgan toifadagi har qanday sug’urta riskini berishi, qayta sug’urtalovchi esa 
ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta sug’urtalash shartnomasi. 
Franshiza
- sug’urta shartnomasi shartlarida ko’zda tutiladigan 
sug’urtalovchining zararni qoplashdan ozod etiladigan qismi. Franshiza sug’urta 
summasiga nisbatan foizlarda belgilanadigan shartli va shartsiz franshizalarga 
bo’linadi. Shartli franshizada sug’urtalovchi belgilangan franshiza summasidan 
oshmaydigan zararni qoplash javobgarligidan ozod etiladi. Bu holda, agar 
ko’rilgan zarar miqdori franshiza summasi miqdoridan oshib ketsa, sug’urta 
kompaniyasi zararni to’liq qoplaydi. Shartsiz franshizada ko’rilgan zarar franshiza 
summasidan chegirilib qoplanadi. 
Fraxt
- dengiz yoki havo yo’llari orqali yukni tashishda to’lanadigan haq. 
Ushbu haq tarif yoki yukni tashish to’g’risidagi shartnoma bo’yicha o’zaro 
kelishilgan narx asosida to’lanadi. Dengiz sug’urtasida yuklarni tashishda fraxt 
polisi yoziladi va fraxt qiluvchiga beriladi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin