“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
294
hali to’la o’zlashtirilmagan. Faqat mol-mulklarning 20-30 foizigina sug’urtaga
tortilgan.
Sug’urta summasining zararliligi
- sug’urta summasi va sug’urta
koplamasi to’lovi o’rtasidagi nisbatni xarakterlovchi iqtisodiy ko’rsatkich. Bu
ko’rsatkich zarar miqdori ehtimolligini ko’rsatadi va undan riskni o’zgarishi
ustidan nazorat o’rnatishda foydalaniladi. Sug’urta
summasining zararlilik
ko’rsatkichi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi: sug’urtalangan ob’ektlar
soni va ularning sug’urta summasi, sug’urta xodisalarining soni, zarar ko’rgan
ob’ektlar soni va sug’urta qoplamasi. Sug’urta summasining zararlilik ko’rsatkichi
netto-stavka tuzilishiga qarab har bir sug’urta turi yoki javobgarlik turi bo’yicha
aniqlanadi. Agar zararlilik ko’rsatkichi netto-stavkaga
yaqinlashsa yoki undan
oshib ketsa, bu holda sug’urta summasining zararlilik ko’rsatkichi yuqori darajada
ekanliligidan dalolat beradi.
Sug’urta huquqi
- sug’urtalovchilar, sug’urtalanuvchilar va ular o’rtasidagi
vositachilarning hatti-harakati qoidalari yig’indisi. Sug’urta xuquqi qonun va
qonun xujjatlarida o’z aksini topadi. Sug’urta huquqi
moliyaviy huquqning bir
qismi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: