1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   222
Суғурта иши (3)

Sug’urtalanuvchi
- qonun asosida yoki ikki tomonlama shartnoma asosida 
sug’urta kompaniyasi bilan fuqoralik-huquqiy munosabatlarga kiruvchi yuridik 
yoki jismoniy shaxs. Sug’urtalanuvchi uchinchi shaxs foydasiga sug’urta 
shartnomasini tuzishga xaqli. Sug’urtalanuvchi sug’urta mukofotini o’z vaqtida 
to’lashi shart. Sug’urta shartnomasini tuzish jarayonida sug’urtalanuvchi sug’urta 
ob’ektiga taalluqli bo’lgan barcha ma’lumotlarni sug’urta kompaniyasiga ma’lum 
qilishi shart. 
Sug’urta qoplamasi
- mulkiy sug’urtada va sug’urtalanuvchining uchinchi 
shaxs oldida fuqarolik javobgarligini sug’urtasida zararni qoplash uchun sug’urta 
fondidan to’lanadigan pul mablag’i. Sug’urta qoplamasi sug’urta summasiga teng 
yoki undan kam bo’lishi mumkin. Sug’urta hodisasi ro’y berganlik xolati va shakli 
bo’yicha adjaster yoki avariya komissarining xulosasi sug’urta kompaniyasi 
tomonidan sug’urta qoplamasi to’lanishida asos bo’lib xizmat qiladi. 
Sug’urta manfaati
- sug’urtada moddiy manfaatdorlik chorasi. Sug’urta 
hodisasi ro’y berishi natijasida sug’urtalanuvchiga moddiy zarar keltiruvchi 
predmetlar - mol-mulk yoki sug’urtalanuvchining uchinchi shaxsga zarar keltirish 
xolatlari. Masalan, sug’urtalanuvchining avtomobil transporti yo’l-transport 
hodisalari tufayli shikastlanganda, sug’urtalanuvchida ushbu mulkka nisbatan 
manfaatdorlik yuzaga keladi va sug’urta moddiy manfaatdorlik chorasi sifatida 
maydonga chiqadi. 


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
293 
Sug’urta yig’imi
- Jismoniy shaxsning yo’lovchilarning majburiy sug’urta 
bo’yicha bir marta to’lanadigan sug’urta mukofoti. Odatda, sug’urta yig’imi yo’l 
haqi tarkibida bo’ladi va chiptada sug’urta yig’imi «kiritilgan» degan so’z bo’ladi. 
Slip
- riskni xarakterlovchi xujjat. Slip sug’urta brokeri tomonidan tuziladi va 
anderrayterga beriladi. Slipda sug’urta kompaniyasining riskni sug’urtalashdagi 
hissasi ko’rsatiladi. Angliyada slip sug’urta polisiga tenglashtiriladi. Ayrim 
holatlarda slip sug’urta qoplamasini to’lashda asosiy xujjat hisoblanadi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin