1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   222
Суғурта иши (3)

 
 
9-MAVZU: 
SUG’URTANING HUQUQIY ASOSLARI

 
REJA: 
 
1. Sug‘urta munosabatlarini tartibga solishda huquqning ahamiyati, sug‘urta 
huquqi va uning mazmuni. 
2. Sug‘urta qonunchiligi, sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar.
3. Sug‘urta faoliyatini qonun osti hujjatlari bilan tartibga solish. 
1. 
Jamiyatda fuqarolar va ularning jamoasi o‘z faoliyatlari jarayonida bir-
birlari bilan tegishli ijtimoiy munosabatda bo‘ladilar. Ushbu munosabatlarni bir 


61 
qolipga solish uchun ularni tartibga keltirish zarur, ya’ni fuqarolar va 
tashkilotlarning hatti-harakat qilish doirasini belgilash zarur. Bayon etilganlar 
to‘laligacha sug‘urtaga ham taalluqlidir. Sug‘urta ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyat 
sifatida huquqiy tomondan mustahkamlanishni talab etadi. Sug‘urta fondini tashkil 
etish va undan foydalanish jarayonida paydo bo‘ladigan munosabatlar huquqiy 
tartibga solinadi.
Sug‘urta sohasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar fuqarolik-
huquqiy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bunday munosabatlar fuqarolik muomalasi 
ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy 
huquqlarning, shartnoma majburiyatlarini, shuningdek mulkiy hamda shaxsiy 
nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. 
Sug‘urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar quyidagi yo‘nalishlarda 
namoyon bo‘ladi: 

fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida shakllanadigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlar; 

sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar; 

fuqarolar va maxsus davlat organlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlar; 

sug‘urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o‘rtasida paydo 
bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar. 
Fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlar tegishli shartnoma qoidalariga asoslanadi. Bunda bir 
tomondan sug‘urta tashkilotining fuqaro oldida, ikkinchi tomondan fuqaroning 
sug‘urta tashkiloti oldidagi burch va majburiyatlari paydo bo‘ladi. YA’ni, tuzilgan 
shartnomaga ko‘ra, fuqaro o‘z vaqtida sug‘urta mukofotini to‘lashi shart. Sug‘urta 
hodisasi ro‘y berganda esa, sug‘urta tashkiloti sug‘urta shartnomasida qayd etilgan 
shart va muddatlarda sug‘urta qoplamasi (summasini) fuqaroga to‘lab berishi 
lozim. Ko‘rinib turibdiki, shartnoma –fuqarolik-huquqiy hujjat sifatida taraflarning 
o‘zaro munosabatini huquqiy tartibga solyapti.
Sug‘urta tashkilotlarining bir-birlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlari sug‘urta pulini va qayta sug‘urta qilish bilan bog‘liq 
tuzilgan shartnomalar doirasida shakllanadi. Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, 
sug‘urta 
tashkiloti 
moliyaviy 
barqarorlikni 
ta’minlash, 
binobarin, 
sug‘urtalanuvchilar oldida o‘z majburiyatini bajarishini ta’minlash maqsadida 
sug‘urta pulida ishtirok etishi yoxud boshqa sug‘urta tashkilotlari yoki 
ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlarga 
kirishi mumkin. o‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-moddasida 
«sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta 
tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman 
boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish 
shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin» deb alohida qayd etilgan. 
Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta sug‘urta qilish 
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Fuqarolik kodeksining 
tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish borasida qo‘llanishi lozim bo‘lgan qoidalari 


62 
tatbiq etiladi. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urta shartnomasi 
(asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘urtalovchi keyingi shartnomada sug‘urta 
qildiruvchi hisoblanadi. 
Fuqarolar va maxsus davlat organlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlar maxsus vakolatli davlat organining sug‘urtalanuvchilar 
bo‘lgan – fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya etish bilan bog‘liqdir. 
Amaliyotda shunday holatlar bo‘ladiki, sug‘urta tashkiloti sug‘urtalanuvchiga 
sug‘urta hodisasi tufayli ko‘rilgan zararni qoplashdan asossiz voz kechishi 
mumkin. Bunday paytda o‘z manfaatlarini huquqiy himoya etish maqsadida 
sug‘urtalanuvchi maxsus vakolatli davlat organiga murojaat etishi mumkin. 
Sug‘urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o‘rtasida paydo 
bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari asosida tartibga 
solinadi. Maxsus vakolatli organning sug‘urta tashkilotlariga nisbatan paydo 
bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlari o‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik kodeksi va «Sug‘urta faoliyati» to‘g‘risidagi Qonunda o‘z aksini topgan. 
Maxsus vakolatli davlat organi qonunda belgilangan tartibda sug‘urta 
tashkilotlarining faoliyatini nazorat etib boradi. Zaruriyat bo‘lganda esa, 
sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya etish maqsadida undan sug‘urta 
faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olish huquqiga 
ega.
Sug‘urtani huquqiy tartibga solish davlat tomonidan sug‘urta munosabati 
qatnashchilarining hatti-harakatini huquqiy normalar vositasida amalga oshiriladi. 
Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini har xil oldindan ko‘rib 
bo‘lmaydigan sug‘urtaviy himoya qilish uchun ko‘pchilik shaxslar tomonidan 
tashkil etiladigan maxsus fond hisobidan amalga oshiriladigan sug‘urta faoliyati 
jarayonida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar mavjud. Ushbu munosabatlarni 
tartibga soladigan normalar yig‘indisiga sug‘urta huquqi deyiladi. 
2. 
Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini ikki turga bo‘lish 
mumkin: 

sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlar; 

sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi umumiy qonunlar 
Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlarga O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yilning 5 aprelida qabul qilingan 
va shu yilning 28 mayida amaliyotga joriy etilgan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi 
Qonuni hamda 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonuni sug‘urta 
faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlar hisoblanadi.
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, sug‘urta munosabatlarida ishtirok etuvchi 
tomonlarning qonuniy manfaatlarini himoya etish maqsadida 1993 yili Oliy Majlis 
“Sug‘urta to‘g‘risida” Qonun qabul qilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida mazkur 
qonunga ikki marta qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Tabiiyki, bu qonun 
o‘sha paytda mavjud bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarni hisobga olgan holda ishlab 
chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ushbu qonun 
sug‘urta munosabatlari qatnashchilari uchun biroz yumshatilgan holatda amal 


63 
qildi. Jumladan, unda sug‘urta tashkilotlari tugatilgan taqdirda ularning 
sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatini bajarish tartibi to‘liq yoritilmagan. 
SHuningdek, bu qonunda qonunchilik talablarini buzganlik uchun tomonlarning 
javobgarligi o‘z aksini topmagan hamda davlat sug‘urta nazorati organining 
sug‘urta tashkilotlariga nisbatan ta’sir qilish imkoniyati keskin chegaralangan edi. 
Bayon etilgan holatlar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi 
bosqichi talablarini hisobga olgan holda, amaldagi “Sug‘urta to‘g‘risida”gi 
Qonunni yangilash va takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. SHuni 
e’tiborga olib, 2002 yilning 4-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq Oliy 
Majlisning sakkizinchi sessiyasida “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi yangidan 
ishlab chiqilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi 
va qabul qilindi.
Ma’lumki, sug‘urta sohasini huquqiy tartibga soluvchi 2002 yil aprel 
oyigacha amalda bo‘lgan qonun “Sug‘urta to‘g‘risida” deb ataladi. holbuki, biz 
fikr-mulohaza yuritmoqchi bo‘lgan qonunning nomi esa “Sug‘urta faoliyati 
to‘g‘risida” deyiladi va shubhasiz, bu holat diqqatimizni o‘ziga jalb etdi. 
Ko‘pchilik muhtaram talabalarimizda haqli savol tug‘ilishi mumkin: sug‘urta va 
sug‘urta faoliyati tushunchalari o‘rtasida farq bormi? Savolga javoban biz 
mutaxassislar aytamizki: farq bor. Sug‘urtaning mohiyatini oddiy til bilan 
ifodalaydigan bo‘lsak, oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan har xil hodisalar ro‘y berishi 
oqibatida yuridik va jismoniy shaxslar ko‘radigan zararlarni sug‘urta tashkiloti 
tomonidan qoplash bilan bog‘liq munosabat. SHuni esdan chiqarmaslik lozimki, 
sug‘urta tashkiloti o‘z xizmatini mijozlarga tegishli haq - sug‘urta mukofoti to‘lash 
evaziga ko‘rsatadi. Sug‘urtalovchi mijozlardan kelib tushgan sug‘urta mukofotlari 
hisobidan maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etadi va bu jamg‘arma mablag‘lari 
faqat sug‘urta hodisalari tufayli ko‘rilgan zararlarni qoplaydi. E’tibor bergan 
bo‘lsangiz, sug‘urta munosabatlarida ikkita tomon ishtirok etyapdi: sug‘urta 
tashkiloti 
(sug‘urtalovchi) 
va 
yuridik 
hamda 
jismoniy 
shaxslar 
(sug‘urtalanuvchilar). Endi, sug‘urta faoliyati tushunchasiga kelsak, qonunda 
ta’kidlanishicha, u sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani 
amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati. Sug‘urta bozorining professional 
ishtirokchilari faqatgina sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchidan iborat emas. Unda 
qayta sug‘urtalovchilar, qayta sug‘urtalanuvchilar, sug‘urta brokerlari va agentlari 
ham ishtirok etadi.
YAngi qonunning e’tiborga molik tomonlaridan biri, unda, aniqroq 
aytadigan bo‘lsak, uning 4-moddasida sug‘urtalovchilarning sug‘urtani amalga 
oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanishlari mumkin emasligi qayd etilgan. Qayd etish joizki, sug‘urta 
faoliyati ham tadbirkorlikning bir ko‘rinishi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni 
erkinlashtirish jarayonlari kechayotgan va tadbirkorlik harakatlariga keng yo‘l 
ochilayotgan bir paytda, tadbirkorlik tizimining muhim bo‘g‘inlaridan bo‘lgan-
sug‘urtalovchilar uchun bunday cheklovning qonun yo‘li bilan belgilanishiga 
sabab nima? o‘tgan yillar tajribasi shundan dalolat beradiki, ko‘pgina sug‘urta 
tashkilotlari “sug‘urtalovchi” niqobi ostida turli tijorat operatsiyalarini, xususan, 


64 
savdo-vositachilik ishlarini amalga oshirdilar. YUridik va jismoniy shaxslarni 
sug‘urta qilish hisobiga kelib tushgan sug‘urta mukofotlari, qoidaga ko‘ra, sug‘urta 
qoplamalarini to‘lashga mo‘ljallangan zahira jamg‘armalarini tashkil etishga 
sarflanmasdan, balki sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirishga sarflangan holatlar ham bo‘lgan. Sug‘urtaning eng 
asosiy 
prinsiplaridan 
biri-sug‘urtalovchilarning 
o‘z zimmalariga olgan 
majburiyatlarini bajarishni ta’minlaydigan sug‘urta zahiralariga ega bo‘lishidir. 
Taassufki, ba’zi sug‘urtalovchilarimiz, bunday zahiralarni shakllantirmaganliklari 
oqibatida murakkab moliyaviy holatni boshidan kechirganligi sir emas. Ayniqsa, 
bu ko‘p ming sonli sug‘urtalanuvchilar uchun noqulay vaziyatni vujudga keltirishi 
mumkin.
«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida» Qonunning diqqatga sazovor joylaridan yana 
biri, uning 10-moddasida sug‘urta tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
tartibini aniq ko‘rsatib qo‘yilganligidir. Ma’lumki, qonun hujjatlariga muvofiq, 
aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkilotlari o‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganlar. Ammo, uzoq vaqt, 
aniqrog‘i, 1998 yilning birinchi yarmigacha sug‘urta faoliyatini tartibga solish 
vakolati berilgan davlat sug‘urta nazorati organining tashkil etilmaganligi va ilgari 
Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan tashkilotlarning faoliyati hech kim 
tomonidan nazorat qilinmaganligi oqibatida yangi tashkil etilgan sug‘urta 
tashkilotlarini davlat ro‘yxatiga olishda muammolar paydo bo‘lgan. 
«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun 29 ta moddadan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug‘urtaviy 
huquqiy munosabatlarga bag‘ishlangan. Unda jami 47 ta modda mavjud. Kodeks 
sug‘urta tashilotlari bilan sug‘urtalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga 
solsa, «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun sug‘urta tashkilotlari va davlat 
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 
3. 
Qonun osti hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, 
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari kiradi.
Mustaqillik davrida sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq bir qancha Prezident 
farmonlari qabul qilingan. Ulardan biri 1995 yilning 26 iyulida tashkil etilgan 
«Madad» sug‘urta agentligi faoliyati bilan bog‘liq Prezident farmonidir. Ushbu 
farmonga ko‘ra, agentlikning faoliyat yo‘nalishlari ko‘rsatilgan hamda uni 3 yil 
muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etilganligi ta’kidlangan. SHu 
erda qayd etish kerakki, «Madad» sug‘urta agentiligini tashkil etish bilan bog‘liq 
Prezident Farmonini ijrosini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qabul 
qilgan. 
SHu bilan bir qatorda 1997 yil 18 fevralda «O‘zbekinvest» eksport-import 
milliy sug‘urta kompaniyasini, 1997 yilning 25 fevralida esa «O‘zagrosug‘urta» 
davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha Prezident 
farmonlari qabul qilingan. Bu farmonlarda qayd etilgan kompaniyalar 5 yil 
muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etilgan. 


65 
o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2002 yil 31 yanvarida «Sug‘urta 
bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
Farmon qabul qildi. Bu farmon sug‘urta xizmatlari sohasidagi erkinlashtirish 
jarayonini yanada rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, 
respublikada sug‘urta bozorini taraqqiy ettirishning iqtisodiy omillarini 
kuchaytirish, sug‘urta tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 
hamda 
ularning 
moliyaviy 
barqarorligini 
ta’minlash 
maqsadida 
qabul 
qilinganligini alohida ta’kidlash joiz. SHuningdek, farmonda 2002 
yilning 

fevralidan boshlab, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, sug‘urta tashkilotlari 3 yil 
muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinishi va buning natijasida 
bo‘shaydigan mablag‘lar aniq maqsadni ko‘zlagan holda mazkur tashkilotlarning 
moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, mintaqalarda keng tarmoqli agentlik 
shaxobchalarini tashkil etishga, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga, shu 
jumladan, chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashga yo‘naltirilishi aniq belgilab 
qo‘yilgan. 
SHunisi e’tiborliki,
soliq olishdan bo‘shaydigan mablag‘larni tarkibida 
davlat ulushi bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari ustav jamg‘armalarini ko‘paytirishga 
yo‘naltirish chog‘ida mazkur mablag‘lar davlatga tegishli ulush miqdoriga qo‘shib 
hisoblaydi. 2002 yilning 1 fevralidan boshlab to‘rt yil mobaynida sug‘urta 
tashkiloti tugatilgan yoki u sug‘urta faoliyatini to‘xtatgan hollarda daromad 
(foyda) solig‘ining summasi ushbu Farmonga muvofiq berilgan butun imtiyozli 
davr uchun to‘liq miqdorda undirib olinadi. 
Farmonda belgilab qo‘yildiki, yuridik shaxslarning ixtiyoriy sug‘urta turlari 
bo‘yicha sarf-xarajatlari daromad (foyda) solig‘ini hisob-kitob qilish chog‘ida 
qonunchilikda belgilangan me’yorlar doirasida soliqqa tortiladigan baza hisobidan 
chegirib tashlanadi. 2002 yilning 1 fevralidan boshlab xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar xaridorlarga xizmat qiladigan banklarning kafolatlari yoki eksport 
shartnomalarining siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta polisi mavjud 
bo‘lgan taqdirda oldindan haq olmasdan va akkreditiv ochmasdan erkin 
almashtiriladigan valyutaga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishlari 
mumkin. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin