69
korporativ soliq to‘langanda xarajatlar tarkibida odatda hisobga olinadi. Ammo
AQSHda soliq ma’muriyat agar firma ta’sis kompaniyaning tashqarisida
sug‘urtalashni olib bormasa sug‘urta mukofotini tan olmaydi.
Bu o‘zaro fondlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. unda shu’ba keptiv
jamiyatlar o‘rtasida «risklar almashinadi».
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-bobi xususiy mulkka
bag‘ishlangan bo‘lib, uning 207-moddasida «xususiy mulk huquqi shaxsning
qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan
foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir», deb ko‘rsatilgan. Sug‘urta
tashkilotlari xususiy mulk shaklida ham tashkil etilishi mumkin. SHuningdek
sug‘urta tashkiloti mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
shaklida ham tashkil etiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat deganda bir yoki bir necha shaxs tomonidan
ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga
bo‘lingan xo‘jalik jamiyati tushuniladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining
«Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi
Qonunining 3-moddasida alohida qayd etilgan. Mas’uliyati cheklangan
jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va
jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati
doirasida javobgar bo‘ladilar.
Biz yuqorida sug‘urta tashkiloti qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida ham
barpo etilishi mumkin, deb ta’kidlagan edik. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan
ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi
ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
hisoblanadi.
YUridik va jismoniy shaxslar mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida
tuzilgan sug‘urta tashkilotining ishtirokchilari bo‘ladi. Davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari mas’uliyati cheklangan jamiyatning
ishtirokchilari bo‘lishi mumkin emas. Ta’kidlash joizki, mas’uliyati cheklangan
jamiyat shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkiloti ishtirokchilarining soni ellik
kishidan oshmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: