1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   222
Суғурта иши (3)

 
10-MAVZU: 
SUG’URTA TASHKILOTINING TASHKILIY-HUQUQIY 
ASOSLARI VA KONTSEPTUAL MODELI

 
REJA: 
1.
Sug‘urta sohasida davlat monopoliyasining tugatilishi
2.
Aksiyadorlik shaklidagi sug‘urta tashkilotlari va xususiy mulk huquqiga ega 
jamiyatlar 
1.
 
Sug‘urta sohasida davlat monopoliyasining tugatilishi
 
Sug‘urta sohasida davlat monopoliyasining tugatilishi 1991 yil noyabr oyida 
“Mol-mulklarni davlat taassarufidan”
 
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida» 


66 
qonunning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasida keng miqyosda 
davlatga tegishli bo‘lgan korxonalarni ijaraga topshirish, ularni aksiyadorlik 
jamiyatlariga aylantirish jarayoni boshlandi. Iqtisodiy islohotlar kuchli ijtimoiy 
siyosatni uyg‘unlashtirish orqali bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 
Ma’lumki, ilgari hamma korxonalar davlatning ixtiyorida bo‘lganligi tufayli, 
ularni har xil noxush hodisalardan sug‘urta qilishga ehtiyoj bo‘lmagan. Sababi, 
ushbu korxonalarga sug‘urta hodisalari natijasida zarar etkazilsa, bu zararlar davlat 
mablag‘lari 
hisobidan 
bemalol 
qoplanaverar 
edi. 
Ammo, 
yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, 
mol-mulklarni 
davlat 
ixtiyoridan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish natijasida sektorida o‘n minglab korxonalarni paydo bo‘lishi, o‘z-
o‘zidan sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni sezilarli ravishda oshirdi. Negaki, 
ilgarigi tajribadan farqli o‘laroq, nodavlat sektoridagi korxonalar stixiyali hodisalar 
tufayli zarar ko‘rganda, bu zararlar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 
qoplanmaydi. 
YUqorida bayon etilganlarga qo‘shimcha ravishda ta’kidlash lozimki, amalga 
oshirilgan iqtisodiy islohotlar sug‘urta tizimini tubdan o‘zgartirib yubordi. Davlat 
sug‘urta tashkilotlariga raqobatbardosh xususiy sektorda mustaqil sug‘urta 
kompaniyalari vujudga kela boshladi. Bu shubhasiz, ularning faoliyatini tartibga 
soladigan maxsus qonun qabul qilishni talab etdi. 1993 yilning 6 mayida 
O‘zbekiston Recpublikasi Oliy Kengashi (hozirgi Oliy Majlis) «Sug‘urta 
to‘g‘risida» qonun qabul qildi. Ushbu qonun sug‘urtani rivojlantirishning, sug‘urta 
bozorini shakllantirishning huquqiy asoslarini, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishda sug‘urtaning mavqei va o‘rnini belgilab beradi, fuqarolar va 
yuridik shaxslarning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablari to‘liqroq qondirilishini 
kafolatlaydi, sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining manfaatlari himoya 
qilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi. SHunisi diqqatga 
sazovarki, mazkur qonunda davlat sug‘urtasining monopoliyasiga barham berildi. 
Boshqacha so‘z bilan ifodalaganda, davlat sug‘urta tashkilotlari va nodavlat 
sug‘urta tashkilotlari uchun teng sharoitlar yaratildi. 
Sug‘urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o‘rtasida paydo 
bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari asosida tartibga 
solinadi. Maxsus vakolatli organning sug‘urta tashkilotlariga nisbatan paydo 
bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlari o‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik kodeksi va «Sug‘urta faoliyati» to‘g‘risidagi Qonunda o‘z aksini topgan. 
Maxsus vakolatli davlat organi qonunda belgilangan tartibda sug‘urta 
tashkilotlarining faoliyatini nazorat etib boradi. Zaruriyat bo‘lganda esa, 
sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya etish maqsadida undan sug‘urta 
faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olish huquqiga 
ega.
Sug‘urtani huquqiy tartibga solish davlat tomonidan sug‘urta munosabati 
qatnashchilarining hatti-harakatini huquqiy normalar vositasida amalga oshiriladi. 
Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini har xil oldindan ko‘rib 
bo‘lmaydigan sug‘urtaviy himoya qilish uchun ko‘pchilik shaxslar tomonidan 
tashkil etiladigan maxsus fond hisobidan amalga oshiriladigan sug‘urta faoliyati 


67 
jarayonida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar mavjud. Ushbu munosabatlarni 
tartibga soladigan normalar yig‘indisiga sug‘urta huquqi deyiladi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin