71
hisobga oluvchi netto-stavkani hisoblab chiqish mumkin. Hisoblangan netto-stavka
barcha ob’ektlar uchun o‘rtacha bo‘lib, guruhga kiruvchi ob’ektlarning
ko‘rsatkichlaridagi chetlanishlarni hisobga oladi. Har bir ob’ektning ma’lum o‘ziga
xos xususiyatlari sug‘urta hodisasining yuz berishiga,
zararning kutilayotgan
hajmiga yoki ikkala ko‘rsatkichga birdaniga ta’sir etuvchi xususiyatlari bo‘lishi
mumkin. YUqoridagi keltirilgan ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
risk
omillari
deb nomlanadi.
Masalan, yong‘indan sug‘urtalashda ob’ektda tez yonuvchi moddalarning mavjud
bo‘lishi yong‘in bo‘lish ehtimolini kuchaytiradi. g‘ng‘inga qarshi signalizatsiya va
boshqa uskunalarning o‘rnatilishi sug‘urta hodisasi oqibatida
etadigan zararning
hajmini kamaytirishga sabab bo‘ladi. SHunday qilib, yong‘in sug‘urtasida tez
yonuvchi moddalarning mavjud bo‘lishi va yong‘inga qarshi sinalizatsiya
uskunalarining o‘rnatilganligi
risk omili
hisoblanadi.
Umuman olib, qaraganda
sug‘urtalangan korxonalarni faoliyat turiga ko‘ra guruhlarga ajratish mumkin.
Lekin faoliyat turiga ko‘ra guruhlarga ajratilgan korxonalarga ta’sir etuvchi risk
omillarining darajasiga ko‘ra katta farqqa ega bo‘lishi mumkin.
Boshqacha
aytganda faoliyat turiga ko‘ra biror guruhga kiritilgan ob’ekt ushbu guruh bo‘yicha
o‘rtacha hisoblangan risklilik darajasidan yuqoriroq risklilikka ega bo‘lishi
mumkin. Bunday holda sug‘urta ob’ektiga nisbatan o‘rtacha netto-stavkani
qo‘llash sug‘urtalovchi uchun zararli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Sug‘urtalovchi mazkur muammoni sug‘urta ob’ektlarini ma’lum
Dostları ilə paylaş: