74
2-guruh, q
2
, N
2
T
2
0
N
2
Jami
N
N
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, A sug‘urtalovchining polislarini sotib olagan
sug‘urtalanuvchilar bo‘yicha sug‘urta hodisasining
yuz berish ehtimolligi
sug‘urtalovchi tomonidan qo‘llangan tarif stavkasiga mos tushadi. B
sug‘urtalovchining polislarini sotib olgan sug‘urtalanuvchilar bo‘yicha sug‘urta
hodisasining yuz berish ehtimoli esa ularga nisbatan qo‘llangan o‘rtacha tarif
stavkasidan albatta yuqori bo‘ladi. Natijada B sug‘urtalovchining faoliyati uchun
xavfli holat vujudga kelgan, ushbu sug‘urtalovchi tarif siyosatini to‘g‘ri
tashkil
etmaganligi tufayli risklarning antiseleksiyasiga duch kelgan.
Sug‘urta tashkiloti sug‘urta tariflarini hisoblashda tarifikatsiya tizimini qanchalik
samarali amalga oshirsa, uning shallantirgan sug‘urta zaxiralari shunchalik
majburiyatlariga muvofiq bo‘ladi. Tarifikatsiya
tizimini ishlab chiqishda
sug‘urtalanuvchilarni risklar bo‘yicha guruhlash va risklar antiseleksiyasi kabi
yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olish katta ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda O‘zbekiston sug‘urta bozorida sug‘urtalovchilarning faoliyatida
sug‘urta zararligi darajasi juda past bo‘lib, bozor rivojlanish bosqichida bo‘lganligi
sababli, sug‘urta tariflari yuqori darajada belgilangan. Albatta bu holat sug‘urta
tashkilotlari uchun foydali bo‘lib, ular bu holatdan foydalanmoqdalar. Lekin
sug‘urta bozorining rivojlanishi bilan unda raqobatning
keskinlashuvi vujudga
keladi. Mazkur holatda sug‘urta kompaniyasi faoliyatining samaradorligini
ta’minlashda tarifikatsiya tizimi asosiy omil sanaladi.
YUqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlari o‘z faoliyatini
amalga oshirishda samarali tarifikatsiya tizimini shakllantirishlari muhim ahamiyat
kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, qayta sug‘urtalash munosabatlarida
ham tarif siyosati muhim
ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, qayta sug‘urtalash munosabatlari qayta
sug‘urtalash shartnomasiga asosan amalga oshiriladi. Qayta sug‘urtalovchi ushbu
shartnomaga muvofiq qayta sug‘urtalanuvchidan sug‘urta risklarini sug‘urta
mukofoti evaziga qabul qiladi. Odatda, qayta sug‘urtalash shartnomasiga asosan
sug‘urtalanayotgan riskni baholash va sug‘urta hodisasi yuz bergandan so‘ng
zararning hajmini aniqlash borasida qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urtalanuvchi
kompaniyaga ishonch bildiradi. Bundan ko‘rinadiki, qayta sug‘urtalovchi
riskni
baholash va sug‘urta zararini aniqlashda ko‘p hollarda ishtirok etmaydi va qayta
sug‘urtalovchining qayta sug‘urtaga berilgan shartnoma bo‘yicha holat to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qayta sug‘urtalanuvchining faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi hollarda, qayta
sug‘urtalash shartnomasida zararlarning hajmi katta bo‘lganda, sug‘urta hodisasini
o‘rganishda qayta sug‘urtalovchining vakillarini jalb etish belgilangan bo‘lishi
mumkin.
Qayta sug‘urtalovchi ma’lum javobgarlikni o‘z zimmasiga olishda sug‘urta
mukofotining hajmi qayta sug‘urtalanuvchi bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi.
Mazkur holatda qayta sug‘urtalanuvchi tomonidan ushbu sug‘urta riskining
darajasi baholangan bo‘ladi. Qayta sug‘urtalanuvchi o‘z sharoitidan kelib chiqib,
75
riskning ma’lum qismini qayta sug‘urtalovchiga uzatadi.
Bu holatda qayta
sug‘urtalovchi qayta sug‘urtalanuvchining riskni baholash bo‘yicha hisob-kitobiga
ishonishi yoki riskni ma’lum darajada o‘rganib chiqishi mumkin.
Hozirgi kunda O‘zbekiston sug‘urta bozorida qayta sug‘urtalash
munosabatlari o‘zaro kompaniyalar o‘rtasida ham, chet el qayta sug‘urtalovchi
kompaniyalar bilan ham amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
Kodeksining
959-moddasiga
muvofiq
qayta
sug‘urtalash
shartnomasiga
qonunchilikdagi tadbirkorlik riskini sug‘urtalash qoidalari qo‘llaniladi. SHunday
ekan, qayta sug‘urtalovchi kompaniya ham qabul qilingan risklar bo‘yicha kelib
tushgan sug‘urta mukofotlaridan sug‘urta zaxiralarini shakllantirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: