1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   222
Суғурта иши (3)

 
11-MAVZU: 
SUG’URTA MUKOFOTLARI VA ULARNI HISOBLASH 
TAMOYILLARI

 
REJA: 
1.
Sug‘urta mukofotlarini hisoblash tamoyillari. 
2.
Brutto stavkasining tarkibi va tuzilishi.
Umumiy sug‘urta bo‘yicha tariflarni hisoblashda sug‘urta turlarini ommaviy 
va yirik risklarga ajratish mumkin. Ommaviy sug‘urta turlari deganda, ma’lum 
toifadagi sug‘urtalanuvchilar va ularga tegishli sug‘urta risklarini qamrab oluvchi 
va ular bo‘yicha sug‘urta ob’ektlari sug‘urta qoplamalarining bir xilligini 
ifodalovchi sug‘urta turlari tushuniladi. Yirik yoki alohida risklar bo‘yicha sug‘urta 


70 
turlari sug‘urta hodisasining yuz berish chastotasi past bo‘lganligi, lekin sug‘urta 
zarari hajmlari kattaligi bilan ajralib turadi. Mazkur sug‘urta turida bir nechta 
sug‘urta ob’ektlarini sug‘urtalash mumkin, lekin sug‘urta summasining 
taqsimlanishi katta hajmda bo‘ladi. Ushbu sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta 
tariflarini hisoblashning o‘ziga xos jihatlarini 1-jadvaldan ko‘rish mumkin. 
Umumiy sug‘urta turlari bo‘yicha tarif stavkalarini aniqlash va ularning 
qo‘llanilishi shartlarini belgilash sug‘urta mahsulotini tarifikatsiya qilish deb 
nomlanadi. Tarifikatsiyaning asosiy bosqichlari sifatida 
tarifikatsiya tizimini
shakllantirish va 
tarif stavkalarini
hisoblashni keltirish mumkin. Ma’lumki 
sug‘urta tarifining tarkibiy qismi bo‘lgan netto-stavka sug‘urtalovchi uchun 
sug‘urtalangan ob’ektning sug‘urta hodisasiga uchrash ehtimolligini hisobga 
oluvchi sug‘urta qoplamasi to‘lanishining matematik kutilishini ifodalaydi. Mazkur 
kattalikka quyidagi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi: 
-
shartnoma bo‘yicha sug‘urta hodisasining yuz berish ehtimolligi; 
-
sug‘urta hodisasining kutilayotgan og‘irligi (bunda sug‘urta qoplamasining 
kutilayotgan hajmining sug‘urta summasiga nisbati nazarda tutiladi). 
1-jadval 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin