6-mavzu: Sug’urta tashkiloti moliyasi
REJA:
1. Sug’urta tashkilotining daromadlari va ularning guruhlanishi.
2. Sug’urta tashkilotining xarajatlari va ularning tarkibi.
3. Sug’urta tashkilotlarida moliyaviy natijani shakllanishi.
4. Sug’urta tashkilotlarini investitsion faoliyati va uning mazmun-mohiyati.
5. Investitsion faoliyatda mavjud risklar haqida tushuncha va unga noqulay
omillarning ta’siri.
1.
Sug’urta tashkiloti hayotni sug’urta qilish borasida tuzilgan har bir
shartnomada turli darajadagi sug’urta tarifini qo’llashi yoki daromadlilik me’yorini
har bir shartnoma bo’yicha mustaqil ravishda hisoblab chiqishi va belgilashi
mumkin. Hayotni sug’urta qilish klasslari bo’yicha daromadlilik me’yorlari qat’iy
belgilangan bo’lishi, uning tarif stavkalariga o’zgarishlar kiritish esa, davlatning
vakolatli organi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Cug’urta tashkilotlarida asosiy daromad va xarajatlar hisobi o’ziga xosligi
bilan farq qiladi. Sug’urtani amalga oshirish, qonunchilikda man etilmagan
boshqa faoliyat bilan shug’ullanish natijasida hisob raqamiga kelib tushgan pul
mablag’larining jami uning daromadi hisoblanadi.
Sug’urta tashkiloti daromadlarini guruhlashning turli variantlari mavjud.
Ular ichida manbalarga ko’ra, olingan daromadlarni uch guruhga bo’lishga
asoslangan variant keng qo’llaniladi (1-chizma):
a) sug’urta faoliyatidan olingan daromadlar. Sug’urta operatsiyalarini
amalga oshirishdan olingan daromadlar sug’urtachi daromadlarining asosiy manbai
hisoblanadi.
Bu daromadlarning asosiy qismi sug’urta shartnomalari bo’yicha undirilgan
mukofotlar hisobiga shakllantiriladi. Sug’urta tashkilotining mukofot tushumlari
hajmiga sug’urta majburiyatlari portfelining tarkibi va tuzilishi, tarif siyosati,
marketing strategiyasi hamda boshqa qator omillar o’zaro bog’liqlikda ta’sir etadi.
Masalan, ishlab chiqilgan marketing strategiyasini unga mos bo’lgan tarif
siyosatisiz amalga oshirib bo’lmaydi, o’z navbatida, muvaffaqiyatli amalga
oshirilgan marketing strategiyasi sug’urta portfeli balanslashuvini ta’minlaydi va
aksincha.
1-chizma
Dostları ilə paylaş: |