4.
Sug’urta tashkilotlarining faoliyati boshqa turdagi xujalik
sub’ektlari faoliyatidan keskin
farq qiladi. Chunki, ular ishlab chiqarish
uzluksizligini ta’minlashda va sug’urta hodisalari ro’y berganda etkazilgan zararni
qoplash uchun xizmat qiladilar. Bu holat, sug’urtachilar zimmasiga alohida
mas’uliyat yuklaydi va shuning uchun, ular davlat tomonidan nazorat ostiga
olinmog’i zarurdir.
Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari. Sugurta
faoliyatini davlat tomonidan nazoratga olishni shartli ravishda uchga bulish
mumkin (1-chizmaga qarang).
Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko’rsatishicha, iqtisodiy jihatdan
rivojlangan mamlakatlarning barchasida sug’urta bozori davlatning vakolatli
idoralari tomonidan tartibga solib boriladi.
1-chizma
Sug’urta faoliyatini nazorat qilish shakllari
Суғурта фаолиятини назорат
қилиш шакллари
Махсус
ваколатли давлат
органи
Солиқ органлари
Мажбурий суғуртани
жорий қилиш
Masalan, Buyuk britaniyada sug’urta ishini Savdo va sanoat departamenti,
Yaponiyada Moliya vazirligining sug’urta bulimi, AQShda esa maxsus sug’urta
komissariatlari nazorat qilib boradi. Davlat, bunday nazorat ishini olib borar ekan,
avvalo, mamlakatning sug’urta sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa
me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Sug’urta va qayta sug’urtalash kompaniyalari,
sug’urtaga ixtisoslashgan vositachilar davlat sug’urta nazoratining ob’ektlari
hisoblanadi.
5. Sug’urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda,
xususan, maxsus qonunlar qabul qilish, soliq solish, alohida hukumat qarorlari
bilan majburiy sug’urtalashni joriy qilish va vakolatli sug’urta nazorati xizmatini
tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Sug’urta bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga litsenziyalar (ruxsatnomalar)
berish sug’urta nazorati xizmatining eng asosiy vazifalaridan biridir. Litsenziya
(ruxsatnoma) berish jarayonida sug’urta nazorati sug’urtachining bo’lajak
faoliyatini dastlabki tekshiruvdan o’tkazadi. Ya’ni, nizom jamg’armasi va o’z
mablag’larining holati hamda bu mablag’larning tashkilot zimmasidagi
majburiyatlariga o’zaro munosabati ko’rib chiqiladi. Sug’urta faoliyatiga litsenziya
(ruxsatnoma) berishning zaruriyati sug’urtaning o’z mohiyatidan kelib chiqishini
unutmaslik kerak. Chunki, sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi yuz bergan vaqtda
sug’urtalanuvchiga shartnomada ko’rsatilgan mablag’ni o’z vaqtida to’lashi lozim.
Sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi organning bu boradagi ishlari nafaqat
sug’urtalanuvchilar manfaatiga mos tushadi, balki butun davlatning manfaatlari
yo’lida ham xizmat qiladi.
E’tirof etish lozimki, bugungi kunda mamlakatda sug’urta faoliyati bilan
shug’ullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) berish tartibi ishlab chiqilgan.
Sug’urta tashkilotiga beriladigan litsenziya (ruxsatnoma) sug’urtalashning har bir
turi yoki bir-biriga yaqin bo’lgan sug’urta turlari guruhlari uchun beriladi. Chunki,
ba’zi sug’urta turlari bo’yicha operatsiyani amalga oshirish sug’urtalovchida etarli
darajada moliyaviy mablag’lar bo’lishini talab etadi. Bundan tashqari, sug’urta
kompaniyasi ishlab chiqqan biznes-rejada sug’urta tarifi stavkalarini to’g’ri
hisoblanishiga alohida e’tiborni qaratish zarur. Negaki, noto’g’ri hisob-kitob
qilingan tarif, pirovard natijada, sug’urta tashkilotini moliyaviy barqarorliksizga
yoki to’lov qobiliyatini yomonlashuviga olib keladi. Nazarimizda, faqat sug’urta
kompaniyalarini emas, balki, qayta sug’urtalashga ixtisoslashgan tashkilotlar va
vositachilik idoralarini ham faoliyatini litsenziyalashni kiritilishi katta ahamiyatga
ega bo’ldi.
Biz mamlakatimizda sug’urta bozorini davlat tomonidan tartibga
solishni tashkil etish va uni takomillashtirish yo’llari haqida o’ylar ekanmiz, yaqin
qo’shni mamlakatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasida bu sohada olib
borilayotgan ishlar haqida biroz to’xtasak, foydadan xoli bo’lmaydi.
Bugungi kunda, Rossiya Federatsiyasida 1500 dan ortiq sug’urta tashkiloti
faoliyat ko’rsatmoqda va ularning aksariyati sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi
Federal xizmatning litsenziyalariga ega. Sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi bu
tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, u Rossiya sug’urta bozorini tartibga
keltirish bo’yicha etarli tajribaga ega bo’ldi, o’nlab me’yoriy hujjatlar ishlab
chiqdi. Ulardan eng muhimlari “Rossiya xududida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta
tashkilotlariga litsenziyalar berish tartibi”, “Sug’urta zahiralarini joylashtirish
tartibi” va hokazolardir. Mazkur tashkilot o’zini qattiqqo’lligi va boshqa
harakatlari tufayli Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta nufuzga egadir. Eng
asosiysi, sug’urta nazorati xizmati har yili Rossiya hududida faoliyat
ko’rsatayotgan sug’urta kompaniyalarining etarli darajada kuchlilarini reyting
asosida aniqlab, keng xalq ommasiga ma’lum qilib boradi.
O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga
muvofiq, sug’urta tashkilotlari sug’urtalanuvchi oldidagi majburiyatini bajara
olmay qolganda, davlat sug’urta nazorati xizmati, mijozlarning manfaatini ko’zda
tutadigan choralar ko’rishi kerak. Bozorda ko’plab sug’urta tashkilotlari faoliyat
ko’rsatadi, tabiiyki, bu holat potentsial mijozlarni jalb qilish uchun ular o’rtasidagi
raqobatni ham kuchayishiga olib keladi. Natijada, raqobatga bardosh bermagan
ba’zi sug’urta kompaniyalari “sug’urta maydonidan” chiqib ketadi. Bunga jahon
tajribasidan ham misollar keltirish mumkin. Jumladan, 1993 yil boshida AQShda
103 ta fuqarolar hayotini sug’urtalashga ixtisoslashgan kompaniyalar to’lov
qobiliyatini yo’qotgan, deb e’lon qilindi. Qizig’i shundaki, bu kompaniyalar ichida
moliyaviy jihatdan ishonchli bo’lgan “Ekzekyutiv Layf Inshuerans” kompaniyasi
ham bor. Mutaxassislar tomonidan uning aktivi bir necha milliard AQSh dollariga
baholangan. Bu erda, shunday o’rinli savol tug’ilishi mumkin. Xo’sh, xalqaro
sug’urta bozorida kuzatilgan yuqoridagidek holat ro’y bermasligi uchun, davlat
qanday chora-tadbirlar ko’rishi mumkin?
Birinchidan hukumat o’zining tegishli nazorat organi orqali, sug’urta
kompaniyalari tomonidan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi Qonuni talablarini qat’iy bajarilishini, shu jumladan, sug’urta
zahiralarini to’g’ri joylanishini nazorat qilib borish muhimdir. Ikkinchidan, endi
shakllanayotgan O’zbekiston sug’urta bozoriga moliyaviy jihatdan mustahkam
xorijiy sug’urta kompaniyalarining kirib kelishini tartibga solish kerak. Negaki, bu
holat mahalliy sug’urta kompaniyalarining raqobat bardoshligiga salbiy ta’sir
ko’rsatib, ularni bankrot bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Sug’urta tashkilotlari o’z zimmasiga olgan majburiyatlari hajmiga qarab,
ma’lum foiz ajratish yo’li bilan markazlashgan sug’urta jamg’armasini tashkil
etsalar, maqsadga muvofiqdir. Ushbu jamg’arma mablag’lari qiyin holatga tushib
qolgan sug’urta tashkilotlariga beriladigan yoki ular bankrot deb e’lon qilinganda
majburiyatlarini bajarishi uchun xizmat qiladi. Bizningcha, bu jamg’arma tashkil
etilajak davlat sug’urta nazorati xizmati tomonidan, sug’urtalovchilar uyushmasi
vakillarini jalb qilgan holda boshqarilishi lozim.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi
Qonunining 15-moddasida sug’urta faoliyatini litsenziyalash masalalari ko’rsatib
o’tilgan. Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda
maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya sug’urtalovchiga hayotni sug’urta qilish sohasida yoxud umumiy
sug’urta sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni
sug’urta qilish sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug’urtalovchi
umumiy sug’urta sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas,
umumiy sug’urta sohasining O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
belgilaydigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasnodir. Umumiy sug’urta
sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug’urtalovchi hayotni sug’urta
qilish sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Litsenziyada sug’urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug’urta turlari
(klasslari) ko’rsatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari bozorini
yanada rivojlanlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaroriga asosan sug’urta
faoliyati klassifikatori tasdiqlangan. Unda hayotni sug’urta qilish tarmog’i 4 ta
klassdan, umumiy sug’urta tarmog’i 17 ta klassdan iborat ekanligi ko’rsatilgan.
Sug’urtalovchining litsenziyasi amal qilishining to’xtatib turilishi uning yangi
sug’urta shartnomalari tuzishi taqiqlanishiga, shu jumladan amaldagi sug’urta
shartnomalari uzaytirilishining taqiqlanishiga sabab bo’ladi. Bunda sug’urtalovchi
ilgari tuzilgan sug’urta shartnomalari bo’yicha o’z zimmasiga olgan
majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga majburdir. Litsenziyaning amal
qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi
sug’urtalovchini tugatish to’g’risidagi ariza bilan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda sudga murojaat etishi shart.
Sug’urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlari
to’xtatib turiladi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tayinlagan
sug’urtalovchining muvaqqat ma’muriyatiga o’tadi. Muvaqqat ma’muriyat sud
qaror chiqargunga qadar bo’lgan davrda o’z faoliyatini amalga oshiradi.
Sug’urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisoboti maxsus vakolatli davlat
organiga hamda sug’urtalovchini tugatish to’g’risida maxsus vakolatli davlat
organining arizasi yo’llangan sudga taqdim etiladi. Sug’urtalovchining muvaqqat
ma’muriyati o’z faoliyati davrida xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli
emas,
sug’urtalovchining boshqaruv xarajatlari (ma’muriy xarajatlari),
sug’urtalovchiga tushayotgan pullarni hisobga yozish va ilgari tuzilgan sug’urta
shartnomalari bo’yicha sug’urta hodisalari yuz berganda sug’urta tovonini
(sug’urta pulini) to’lash bilan bog’liq hollar bundan mustasnodir. Sug’urtalovchi
muvaqqat ma’muriyatining ishlash tartibi maxsus vakolatli davlat organi
tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning qoidalari sug’urtalovchining arizasiga
binoan litsenziya bekor qilingan hollarga, shuningdek uning muassislari
(ishtirokchilari)ning
yoki
ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan
sug’urtalovchining boshqaruv organi qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoxud
tugatilishiga taalluqli emas.
Sug’urtalovchi ustav fondining kamida to’qson foizi muassislarning pul
mablag’laridan shakllantiriladi. Sug’urtalovchining ustav fondini shakllantirish
uchun kreditga, garovga olingan mablag’lardan va boshqa jalb qilingan
mablag’lardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Sug’urtalovchining ustav fondi
litsenziya olinadigan paytga qadar sug’urtalovchining muassislari tomonidan
to’langan bo’lishi kerak.
6. Vazirlar Mahkamasining “Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining
sug’urta faoliyatini litsenziyalash to’g’risida Nizom tasdiqlandi. Unga ko’ra,
sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik shaxslar sug’urtalovchilar va
sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
talabgorlari bo’lishlari mumkin. Sug’urtalovchi va sug’urta brokerining sug’urta
faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning amal qilish muddati, qoidaga
ko’ra, cheklanmaydi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan
boshlanadi.
Sug’urta tashkilotlari litsenziya olishlari uchun quyidagi talab va shartlarga javob
berishlari zarur:
-O’zbekiston Respublikasining sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga
rioya qilish;
-sug’urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonun hujjatlari
talablariga muvofiq maxfiyligini ta’minlash;
-litsenziyalovchi organ talabiga ko’ra sug’urta faoliyatini amalga oshirishga doir
qonun hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish;
-litsenziya talabgori rahbari oliy ma’lumotga hamda sug’urta sohasida kamida ikki
yillik ish stajiga ega bo’lishi kerak;
-litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari boshqa sug’urta tashkilotlarida rahbar
lavozimini egallashga haqli emas.
a) sug’urtalovchilar uchun:
ustav fondining qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud
bo’lishi;
b) sug’urta brokerlari uchun:
sug’urta brokerining sug’urta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma
majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlash;
sug’urta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va
bajarilishi;
sug’urtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga
oshirish.
Litsenziya olish uchun sug’urta kompaniyasi litsenziyalovchi organga quyidagi
hujjatlarni taqdim etadi:
a) sug’urtalovchilar uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta
manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs
amalga oshirishni mo’ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi hamda ko’rsatib
o’tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat ko’rsatilgan litsenziya berish
to’g’risida ariza;
yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning
notarial tasdiqlangan nusxasi;
rahbar to’g’risidagi ma’lumotlar (oliy ma’lumot to’g’risidagi diplom nusxasi va
mehnat daftarchasidan ko’chirma);
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi
organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi
hujjat;
ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo’lmagan ustav kapitali
to’langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni qabul
qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar);
sug’urta faoliyatining iqtisodiy asoslanishi, unga sug’urtalash operatsiyalarini
rivojlantirish prognozini, ehtimol tutilgan qayta sug’urtalash bitishuvlari rejasini,
sug’urta zahiralarining hisob-kitob rejasini o’z ichiga oluvchi litsenziyalanayotgan
sug’urta klassi bo’yicha biznes-reja kiradi;
sug’urtalashning litsenziya talab qilinadigan turlari bo’yicha qoidalar (shartlar),
litsenziyada quyidagilar bo’ladi: sug’urtalash sub’ektlari doirasini belgilash va
sug’urta shartnomasi tuzish bo’yicha cheklashlar, sug’urta ob’ektlarini belgilash,
sug’urta hodisalari ro’yxatini belgilash - ushbu holatlar ro’y berganda
sug’urtalovchining sug’urta to’lovlari bo’yicha majburiyatlari paydo bo’ladi,
(asosiy va qo’shimcha shartlar), olib qo’yish (tavakkalchilarning yoki mol-
muklarni) bunda sug’urtalovchi majburiyatlarni bajarmasdan ozod bo’ladi,
sug’urta mukofotlari tariflari (stavkalari), sug’urtalashning eng ko’p (eng kam)
muddati, sug’urta shartnomalarini tuzish va sug’urta mukofotlarini to’lash tartibi,
tomonlarning sug’urta shartnomasi bo’yicha o’zaro majburiyatlari va sug’urta
shartnomalari bo’yicha to’lovni rad etishning mumkin bo’lgan holatlari sug’urta
shartnomasi bo’yicha e’tirozlarni ko’rib chiqish tartibi. Qoidalarga sug’urta
shartnomalari namunalari ilova qilinishi kerak. Litsenziya talabgori rahbari
tomonidan tasdiqlangan sug’urtalash qoidalari (shartlari) ikki nusxada taqdim
etiladi, ularning betlari tikilgan va raqamlangan bo’lishi kerak. Faoliyat turi faqat
qayta sug’urta qilishdan iborat bo’lgan litsenziya talabgorlari mazkur bandda
ko’rsatib o’tilgan hujjatlarni taqdim etadilar, sug’urtalash qoidalari (shartlari)ga oid
xat boshi bundan mustasno.
b) sug’urta brokerlari uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta
manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs
amalga oshirishni mo’ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir
qismi) hamda ko’rsatib o’tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat
ko’rsatilgan litsenziya berish to’g’risida ariza;
yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning
notarial tasdiqlangan nusxasi;
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi
organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi
hujjat;
ustav kapitali to’langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-
mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar).
Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.
Litsenziya talabgorining arizasi ko’rib chiqilganligi uchun O’zbekiston
Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida
yig’im undiriladi. Ariza ko’rib chiqilganligi uchun yig’im summasi
litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o’tkaziladi. Litsenziya talabgori
berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to’langan yig’im summasi qaytarilmaydi.
Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash
ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilovaga qarang). Ilova
keltirilgan sxemadan ko’rinib turibdiki, sug’urtalovchilar va sug’urta
brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash jarayoni 6 ta bosqichni o’z ichiga
olib, dastlab litsenziya talabgori zarur hujjatlarni tayyorlaydi va uni ko’rib chiqish
uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi. Keyingi bosqichda hujjatlar Moliya
vazirligi tomonidan qabul qilinadi va ko’rib chiqish uchun ekspert komissiyaga
beriladi. Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o’rganib chiqib,
sug’urtalovchiga yoki sug’urta brokeriga litsenziya berish yoxud litsenziya
berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.
Shunday qilib xulosa qilish mumkinki, O’zbekistonda sug’urta nazorati davlat
organiga yuklatilgan sug’urta faoliyatini litsenziyalash vakolati, pirovardida,
barcha sug’urtalanuvchilarning, ya’ni sug’urta kompaniyalari mijozlarining
qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bunday tizimining yaratilganligi
nafaqat sug’urtalanuvchilarning, balki davlatning manfaatlariga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |