1-topshiriq: Mavzu yuzasidan savollar: Ta’lim tamoyillarining ahamiyati nimada?
Ta’limning ilmiylik tamoyili mohiyatini qanday tushunasiz?
Ta’limda nazariya bilan amaliyotning bog‘lik bo‘lishi tamoyilini mutaxassisligingizga bog‘lab tushuntira olasizmi?
Ta’limni tarbiyalovchilik imkoniyatlaridan foydalanishning pedagogik jarayondagi ahamiyati nimadan iborat?
Ta’lim jarayoniiing ko‘rsatmali bo‘lishi ta’lim samarasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Bilimlarni puxta va tizimli o‘zlashtirib olish tamoyiliga misol keltiring.
Ta’lim jarayonida o‘quvchining shaxsiy hususiyatlarini hisobga olish tamoyilining mohiyati nimadan iborat?
O‘qitish metodlarining ta’lim jarayonidagi ahamiyati qanday?
Uslub va vosita nima? Ularning mohiyatini ochib bering.
O‘qitishning og‘zaki metodi qanday turlarga bo‘linadi?
O‘qitishning ko‘rgazmali metodlaridan foydalanishga quyiladigan talablar qanday?
O‘qitishning amaliy metodlariga nimalar kiradi?
O‘qitishning reproduktiv va muammoli izlanish metodlarini qaysi xollarda qo‘llash yaxshi samara beradi?
O‘qitishning induktiv va deduktiv metodlarini qo‘llashga doir misollar keltiring (Mutaxassislik faningizga oid)
Test savollari 1. Quyidagi metodlardan qaysi biri bilimlarni berish, nazorat qilish, mustahkamlash, umumlashtirish, tizimlashtirishga xizmat qiladi? A) demonstratsiya
B) illyustratsiya
C) videometod
D) mashq
2. O’quv diskussiyasining bosh maqsadi nima? A) bilishga bo’lgan qiziqishni rag’batlantirish
B) tarbiyalash, rivojlantirish, ta’lim berish
C) nazorat, o’z-o’zini nazorat qilish
D) axloqiy xislatlarni shakllantirish
3. Quyidagilardan qaysi biri og’zaki mashqlarga misol bo’la oladi? A) insho,bayon, hikoya, og’zaki hisoblash
B) stilistik diktant, o’qish texnikasini egallash, bilimlarni mantiqiy bayon etish
C) bilimlarni mantiqiy bayon etish, og’zaki hisoblash, tez o’qish
D) tez o’qish, stilistik diktant, hikoya