1-mavzu: Ta’lim jarayonida metodlarning mohiyati. (2 soat) Reja



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#169194
1   2   3   4   5
1-maruza 4kurs sirtqi

1-topshiriq.
Blits savollar

  • O‘qitishni texnologiyalashtirishda metod va vositalar deganda nimani tushunasiz?

  • Ta’lim metodlari deganda nimani tushunasiz?

3. Ta’lim metodlarini ajrating?
4. I.Y.Lerner va M.N.Skatkin o‘qitish metodlarini qanday guruhga ajratadi?
5. O‘qitishni texnologiyalashtirishda vositalarning ahamiyati qanday?
6. Ta’lim vostalarini sanang.
7. O‘qitish vositalari – bu … .
2-topshiriq.
ERKIN YOZISH METODI
Talabalarga besh daqiqa ichida “O‘qitishni texnologiyalashtirishda metod va vositalar” mavzusi bo‘yicha o‘z xayollariga kelgan barcha narsalarni to‘xtamasdan yozishni taklif qilish mumkin. Besh daqiqa tugaganida (eslatma, besh daqiqa tugadi deb e’lon qiling va ishni tugallash uchun yana bir daqiqa vaqt bering, zero qiziqarli fikrlar odatda tang vaziyatlarda tug‘iladi) ularga o‘z yozganlarini sheriklariga o‘qib berishini taklif etish mumkin.
Mazkur bosqichda o‘qituvchining ixtiyorida ko‘p imkoniyatlar bo‘ladi. Masalan, juftliklarga o‘z fikrlarini butun guruh bilan o‘rtoqlashishni taklif etish va guruhiy-aqliy hujum vaziyatini yaratish mumkin.
3-topshiriq.
“CHALKASHTIRILGAN MANTIQIY ZANJIRLAR KETMA-KETLIGI” INTERFAOL METODI
“Ta’lim metodlari” bo‘yicha chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligini to‘g‘ri yechishni beradi. Dastlab o‘qituvchi doskaga ta’lim metodlarni chalkashtirilgan holda yozib qo‘yadi. So‘ngra, ulardan mazkur metodlarni qaysi guruhga kirishiga qarab, og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarga tasniflashni taklif etadi.
Mashq
Hikoya
Videometod
Munozara
Didaktik o‘yinlar
Laboratoriya metodi
Suhbat
Tushuntirish
Ma’ruza
Kitob bilan ishlash
Illyustratsiya
Demonstratsiya
Og‘zaki Ko‘rgazmali Amaliy
Hikoya Videometod Mashq
Munozara Kitob bilan ishlash Didaktik o‘yinlar
Suhbat Illyustratsiya Laboratoriya metodi
Tushuntirish Demonstratsiya
Ma’ruza

Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin