Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki
bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini
aniqlash, baholash shakli.
Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak
yoki yarim yillik uchun
belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo‘lib, o‘rganilgan
mavzular
bo‘yicha yozma, og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi.
O‘quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og‘zaki, yozma, test hamda
amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha
keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. Og‘zaki tekshirishning mohiyati
shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan
kelib chiqib, ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki
tekshirish
o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi.
Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og‘zaki tekshirishda
o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va
ularni har biridan
o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda
ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari
uchun ulardan shu yoki
oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko‘pgina fanlarda
og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish
asosida to‘ldirib boriladi. Masalan, o‘quvchilarning «Qo‘shma gaplar»
mavzusini
qanday o‘zlashtirganliklarini tekshirishda ana shunday yo‘l tutish mumkin. Ular o‘z
javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu misollarni doskaga yozib, sintaktik
va grammatik jihatdan tahlil qiladilar. Matematika, fizika va ximiyadan og‘zaki
tekshirish qoidaga muvofiq misol va toptiriqlarni amaliy ko‘nikma
va malakalar
baholash maqsadidan kelib chiqib hal etiladi. Keng tarqalganligi va samarali
ekanligiga haramay o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda og‘zaki
tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. Chunonchi, uni qo‘llash jarayonida:
nisbatan ko‘p mehnat sarflanadi;
dars mobaynida 3-4 nafar o‘quvchinigina bilimini tekshirish mumkin.
Shu bois o‘quvchilarning bilimlarini nazorat
qilish va baholashning
muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: