zarur bo‘lgan kompetensiyalar shakllanganligini aniqlash va baholash usuli
hisoblanadi.
15. Nazorat turlari o‘quvchining o‘quv adabiyotlari,
normativ-huquqiy
hujjatlar bilan ishlash, protsessual hujjatlar loyihalarini tuzish bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalari, muammoli vaziyatlarni hal etish (case-study), mantiqiy fikrlash, o‘z
fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan.
16. Nazorat turlari bo‘yicha savollar va topshiriqlar modul rahbari hamda dars
mashg‘ulotlarini olib boruvchi pedagog xodim
tomonidan birgalikda ishlab
chiqiladi.
Kafedra mudiri nazorat turlari bo‘yicha savollarning sifatli tayyorlanishi va har
semestrning birinchi haftasida fakultet dekaniga taqdim qilinishini ta’minlaydi.
17. Fakultet dekani nazorat turlari bo‘yicha savollarni qabul qilgan kundan
boshlab besh ish kuni ichida uning o‘quv dasturida belgilangan talablarga
muvofiqligini tekshirgan holda O‘quv-metodik bo‘limga taqdim qiladi.
18. Nazorat turlari bo‘yicha
savollar, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va
muammoli vaziyatlarni yoki faqat muammoli vaziyatni (case-study) o‘z ichiga oladi.
Savollar:
o‘quvchilarning o‘tgan o‘quv yillarida tayyorlangan
yozma ishlardan
foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun zaruratga ko‘ra yangilanishi;
o‘quvchilarning o‘quv dasturi doirasida o‘zlashtirgan bilimlarini ifoda etishi;
muammoli vaziyatlar bo‘yicha munozaraga kirishishga qaratilgan bo‘lishi;
aniq, normativ-huquqiy hujjatlar ko‘rsatmalariga asoslangan va amaliyot bilan
bevosita bog‘liq bo‘lishi;
mazmuni o‘quv dasturiga muvofiq bo‘lishi;
o‘z ichiga o‘quv dasturining tegishli bo‘limlarini to‘liq
qamrab oluvchi
ma’lumotlarni mujassam qilgan bo‘lishi;
huquqiy manbalar asosida o‘z nuqtai nazarini asoslash va protsessual hujjatlar
loyihalarini tuzish ko‘nikmalari shakllanganligini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi;
o‘quvchilarning modulni o‘zlashtirish darajasini, tahlil qilish ko‘nikmalarini,
mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish
qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: