Inson huquqlari bo’yicha xalqaro paktlar, ularning tuzilishi va ahamiyati. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganidan so’ng BMTga a’zo-davlatlar tasdiqlashi zarur b o ig an inson huquqlari to’g’risidagi paktlaming imperativ xususiyatga ega bo’lgan shartnomaviy shaklini ishlab chiqishga kirishildi.
Paktlar deyarli 18 yilda ishlab chiqildi va qabul qilindi. Dastlab bitta hujjat ishlab chiqish va qabul ko’zda tutilgan edi. 1950-yilda BMT Bosh Assambleyasi o’zining Rezolyutsiyasida fuqarolik va siyosiy huquqlardan foydalanish, shuningdek, iqtisodiy-ijtimoiy huquqlarga hamda madaniyat sohasidagi huquqlarga ega bo’lish o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo etuvchi huquqlar ekanligini e’lon qildi. 1951-yilda Komissiya maxsus muassasalaming fikrlari va hukumatlaming takliflari asosida iqtisodiy, ijtimoiy huquqlar to’g’risida 14 ta moddani tuzdi. U, shuningdek, bu huquqlami amalga oshirish yuzasidan chora ko’rish to’g’risidagi 10 ta moddani shakllantirdi. Shunga muvofiq, Paktning ishtirokchi-davlatlari bu masala bo’yicha o’zlarining ijodiy m a’ruzalarini topshirishlari lozimligi qayd qilindi. 1951-yilda uzoq davom etgan muzokaralardan so’ng Bosh Assambleya Komissiyaga inson huquqlari to’g’risidagi ikkita paktning loyihasini ishlab chiqishni va ulardan birida fuqarolik va siyosiy huquqlar, boshqasida esa - iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlar yoritilishi lozimligini topshirdi. 1966-yilda oldindan belgilangan bitta pakt o’miga ikkita Xalqaro pakt ishlab chiqildi: Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt. Bundan tashqari, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktga Fakultativ protokol ham qo’shimcha ravishda ishlab chiqilib, unda alohida shaxslaming paktda ifodalangan huquqlarining buzilishiga doir xabarlari ko’rib chiqilishi o’z ifodasini topishi zarurligi qayd etildi.
Inson huquqlari to’g’risidagi paktlarning huquqiy mohiyati va mazmuni.Har ikkala Paktning Muqaddimasi, 1-, 3- va 5-moddalari aynan bir xildir. Har bir Paktning Muqaddimasida BMT Nizomiga muvofiq ravishda davlatlaming majburiyatlari qayd etilgan. Unga ko’ra, har bir inson bu huquqlarga rioya qilishi va har bir davlat inson huquqlarini himoya qilishga doir amalga oshiriladigan ijobiy tadbirlami rag’batlantirib turishi zarur.
Har ikkala Paktning 3-moddasida ishtirokchi-davlatlar insonga berilgan barcha huquqlardan erkaklar va ayollarga teng huquqni ta’minlash majburiyatini oladilar. Har ikkala Paktning 5-moddasida biron-bir davlat, gumh yoki alohida shaxs paktda e’tirof etilgan har qanday huquq yoki erkinliklami cheklashga qaratilgan faoliyat bilan shug’ullanish huquqi bor deb qarashi va buni targ’ib qilishi mumkin emasligi hamda insonning huquqlari biror-bir tarzda cheklanishi yoki kamsitilishiga yo’l qo’yilmasligi ta’kidlanadi.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 6-15-moddalarida mehnat qilish huquqi (6-modda), adolatli va qulay mehnat sharoiti (7-modda), kasaba uyushmalari tuzish va unga kirish (8-modda), ijtimoiy ta’minot huquqi (9-modda), oilani, onalik, bolalik va o’smirlikni keng himoya qilish va yordam berish huquqi (10-modda), yetarli hayotiy darajaga ega bo’lish huquqi (1 1-modda), jismoniy va ruhiy sog’lomlikning eng yuqori darajasiga erishish va m a’lumot olish huquqi (12-13-moddalar), madaniy hayotda ishtirok etish huquqi (15-modda) va boshqa huquqlar qayd etilgan.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 6-27-moddalarida insonning yashash huquqi himoyalanishi nazarda tutiladi. Bu moddalarda hech kim azob-uqubatga solinmasligi yoki zulmlik bilan, insonlikka isnod keltiruvchi bir tarzda yoki uning qadr-qimmatini xo’rlab muomala qilinmasligi yoki jazoga mustahiq etilmasligi kerak (7-modda); hech kim qullikda saqlanishi mumkin emas; qulchilik va qul savdosi, bular qanday shaklda boim asin, taqiqlanadi; hech kim majburiy yoki shart bo’lgan mehnatga majbur qilinishi mumkin emas (8-modda); hech kim o’zboshimchalik bilan qamoqqa olinishi yoki hibsda saqlanishi mumkin emas (9-modda); ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga insonlarcha muomalada bo’ lish kerak (10-modda); hech kim biror shartnoma majburiyatini bajarishga qodir boim agan asosdagina ozodlikdan mahrum etilishi mumkin emas (11-modda); har bir odam davlat hududida erkin ко’chib yurish va yashash joy ini erkin tanlash huquqiga egadir (12-modda).
Ushbu Paktda ishtirok etayotgan biron-bir davlatning hududida qonuniy tarzda turgan chet ellik shaxs qonunga binoan chiqarilgan qaror asosidagina chiqarib yuborilishi mumkin (13-modda).
Paktda barcha shaxslar odil sudlar va tribunallar oldida tengdirlar, jinoyat va fuqarolik jarayonlarida kafolatga egadirlar, deb e’tirof etilgan (14-modda); shuningdek, jinoyat sodir etilgan paytda qo’llanilishi lozim bo’lgandan og’irroq jazo tayinlanishi mumkin emas (15-modda); qayerda boiishidan qat’i nazar, har bir inson o’zining huquq subyekti ekanligining e’tirof etilishi huquqiga egadir (16-modda); hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o’zboshimchalik bilan yoki g’ayriqonuniy tarzda aralashish, uy-joy daxlsizligi yoki maktublari sirining daxlsizligiga o’zboshimchalik bilan yoki g’ayriqonuniy tusda yoki uning or-nomusi va sha’niga g’ayriqonuniy tusda tajovuz qilish mumkin emas (17-modda).
Bundan tashqari, mazkur Paktda qayd etilishicha, har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga egadir (18-modda); har bir inson bemalol o’z fikrida sobit bo’lish huquqiga egadir (19-modda); urushni har qanday yo’sinda targ’ib etish qonun yo’li bilan taqiqlab qo’yilishi kerak; dushmanlik, zo’ravonlik, gij-gijlash, milliy, diniy yoki irqiy g’animlikni yoqlab qilinadigan har qanday yo’sindagi harakat qonun yo’li bilan taqiqlab qo’yilishi kerak (20-modda); ular osoyishta yig’ilishlar o’tkazish (21-modda) va uyushmalar tuzish erkinligini e’tirof etadi (22-modda). Ular nikoh yoshiga yetgan erkaklar va ayollaming nikohdan o’tish huquqi va oila qurish huquqi, nikohda bo’lgan davrda va nikoh bekor qilinayotganida er-xotinlaming huquq va majburiyatlari tengligini e’tirof etadi (23-modda); ular bolalar huquqini muhofaza qilish tadbirlarini belgilaydi (24-modda); va o’z mamlakatining davlat ishlarida qatnashishdan iborat har bir fuqaroning huquqini nazarda tutadi (25-modda). Ular barcha odamlaming qonun oldida tengligi va ularning hech bir kamsitishlarsiz qonun tomonidan babbaravar himoya qilinishi tadbirlarini nazarda tutadi (26-modda). Va nihoyat, 28-moddada Inson huquqlari bo’yicha qo’mita tuzish ko’zda tutilgan. Bu Qo’mita Paktda qayd etilgan huquqlami hayotga tatbiq etilishini nazorat qilib boradi.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda qatnashuvchi davlatlar huquqdan foydalanishda cheklashlar o’matishi mumkin. Cheklashlar shu davlatning qonunida belgilanib, ular umumiy farovonlik maqsadlariga va mamlakatda amalda bo’lgan tartib-qoidalar tabiatiga mos bo’lishi shart.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda qattiq talablar belgilangan: faqat favqulodda holat rasmiy ravishda e’lon qilingandagina ishtirok etuvchi davlatlar o’z majburiyatlaridan chekinishlari mumkin. Cheklashlaming Paktda alohida qayd etilgan huquqlarga ta’siri bo’lishi mumkin emas. Bular: yashash huquqiga ega bo’lish, qiynoqni taqiqlash, qulchilik, odil sudlov va hokazo. Qabul qilingan cheklashlar to’g’risida ishtirok etuvchi davlatlar BMTning Bosh kotibi orqali Paktning boshqa ishtirokchi-a’zolarini xabardor qilishi lozim. Paktda qayd etilgan ayrim huquqlardan foydalanishda davlat cheklash o’matishi mumkin. Bu cheklashlar
qonunda o’z ifodasini topishi shart. Ular davlat xavfsizligini va ijtimoiy tartibini, aholining sog’lig’i yoki axloqiy udumlarini, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan bo’lib, Paktda qabul qilingan boshqa huquqlarga mos bo’ladi.
Har bir Paktda unda ko’rsatilgan m e’yor va tamoyillami amalga oshirishga qaratilgan bir qancha qoidalar keltirilgan. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktga muvofiq, unda qatnashuvchi har bir davlat BMT Bosh kotibiga Paktda e’tirof etilgan huquqlami amalga oshirishda erishilgan yutuqlar va tadbirlar to’g’risida m a’ruza berib turishni o’z zimmasiga oladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy kengash vaqti-vaqti bilan Bosh Assambleyaga umumiy tusdagi tavsiyanomalar bilan mazkur Paktda ishtirok etayotgan davlatlardan va ixtisoslashgan tashkilotlardan olingan m a’Iumotlaming bayoni to’g’risida m a’ruzalar taqdim etishi mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy kengash BMTning boshqa organlari ularning yordamchi organlari hamda texnikaviy yordam berish bilan mashg’ul bo’lgan va ixtisoslashtirilgan tashkilotlaming diqqat-e’tiborini mazkur Paktning ushbu qismida eslatib o’tilayotgan m a’ruzalar munosabati bilan paydo boiayotgan har qanday masalalarga qaratishi mumkinki, bu ana shu organlar tomonidan o’z vakolatlari doirasida ushbu Paktni tadrijiy yo’sinda amalga oshirishga yordam berishi mumkin b o ig an xalqaro tadbirlaming nechogiik maqsadga muvofiqligi xususida qarorlar chiqarishda foydali boiishi mumkin (22-modda).