1-mavzu: Tarix fanidagi yangiliklar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlari, ma’ruza va nutqlarida tarix fanini o‘qitishning konseptual masalalari tahlili



Yüklə 120,45 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix03.11.2022
ölçüsü120,45 Kb.
#67247
1 mavzu glosarriy



1-mavzu: Tarix fanidagi yangiliklar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev asarlari, ma’ruza va nutqlarida tarix fanini o‘qitishning 
konseptual masalalari tahlili. Tarix fanining ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha 
dolzarb muammolar va yangiliklar 
Glossariy: 
Innovatsiya- yangilanishni, o‘zgarishni amalga joriy etish jarayoni va faoliyati 
(inglizcha “innovatsiya”- kiritilgan yangilik,ixtiro). Ilmiy texnika yutuqlari va 
ilg‘or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil 
etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek,ularning turli sohalari va doiralarda 
qo‘llanishini aks ettiradi. 
Innovatsion ta’lim- o‘quvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarini yaratish, o‘zga 
shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul 
qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. 
Interfaol ta’lim- o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy 
sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro hamkorlikdagi harakatini tashkil etishga 
asoslanuvchi ta’lim. 
Metodologiya- metod va logiya iboralarining birligida bilim faoliyati usuli, 
tuzilishi vositalari va mantiqiy tartibi haqidagi ta’limot ma’nosini anglatadi. 
Muammoli ta’lim- muammoni hal etish g‘oyasi yotuvchi, yaxlit tizim. Muammoli 
o‘qitish ham amaliy, ham nazariy-bilish xususiyatidagi muammoli vaziyatlarni hal 
etish orqali yangi bilimlarni egallashga asoslangan ta’lim. 
Tahlil- o‘rganilgan material tarkibini bo‘laklarga bo‘lib, uning tuzilmasini yaqqol 
ko‘rsatish ko‘nikmalarini anglatadi. 
Ta’lim- bilim berish, malaka va ko‘nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga 
tayyorlashning asosiy vositasidir. 
Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish- o‘quvchilarni tarixdan saboq olish
xulosa chiqarishga o‘rgatish, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirish. 
Mikrotarix- tuman, qishloq va shaharlar tarixi. 

Yüklə 120,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin