1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja


Tarixiy antropologiya predmeti



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə3/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

Tarixiy antropologiya predmeti.
Antropologiya, xususan, tarixiy antropologiya fan sifatida shakllana boshlashidan xozirga qadar eng muhim tadqiqot mavzularidan biri etnik madaniyatlar taraqqiyoti va etnoslararo munosabatlar hisoblanadi. Insoniyatning Ilk tarixiga oid ma’lumotlar cheklangan bo’lsa-da olimlar, odamzodning o’tmishini ifodalovchi antropologik nazariyalar tuzishda davom etmoqda. Bu nazariyalar mualliflari tarixiy aniqlikka davo qilishmasada, ular rekonstrusiya qilgan tizimlarni amalda bo’lgan real hayot deb o’ylamaslik lozim.
“Primitiv” xalqlar tarixiy antropologiya predmeti sifatida. Tarixan antropologiya fani dastlab, madaniy taraqqiyoti yevropaliklardan past bo’lgan xalqlarni o’rgana boshlagan. Demak antropologiya ilk bosqichda “primitiv” jamiyatlar va ularning an’anaviy madaniyatlarini tadqiq qilgan (primitiv-lotincha-birinchi, dastlabki). XIX asr oxirida yuksak texnik taraqqiyotga erishgan G’arb mamlakatlari uchun bu atama mos kelib, juda tez tarqaldi. Texnologik taraqqiyot darajasiga asoslangan madaniy klassifikasiyalarda o’z o’rnini egallagan bu kabi yondashuv Lyuis Genri Morgan (“Qadimgi jamiyat”) kab taniqli etnologlar faoliyatidaham katta o’rin egallaydi.
XX asr tarixiy antropologiya predmetining o’zgarishi. XIX asr so’nggida antropologiya universitet fani sifatida o’qitila boshladi. Natijada fanga yangi nazariyachi olimlar kirib kelib antropologiya asoschilari – amaliyotchilarni almashtiradi. Avlodlar almashinuvi fanning predmeti borasida ham o’zgarishlarga olib keldi. Eng avvalo xalqlarni primitiv (ibtidoiy) va svilizasiyalashgan toifalariga bo’lish tanqi ostiga olindi. Shunga qaramasdan qator olimlar primitiv xalq ham yevropaliklar singari o’z tarixiga ega ekanligini, ularning turmush tarzi insoniyatning ilk bosqichi emasligi, ular ham biz kabi ibtidoiy jamiyatdan uzoq ketganligi g’oyasini yoqlamoqdalar. Ularni primitiv deb atashning to’g’ri tomoni ushbu jamiyatlarning o’z tarixida atrof – muhit, tabiatga nisbatan o’zgacha munosabat o’rnatganidir.
Shu tarzdagi qarash nemis etnologi Rixard Turnvald tomonidan ham bildirilgan. U “ibtidoiy xalq tushunchasini taxlil etar ekan shunday yozadi “Bir omil ayniqsa muhimdir: bu tabiatni qanday qurollar, moslamalar, mahorat va bilimlar asosida bo’ysundirishdir. “Ibtidoiy deb atrof-muhit, tabiat haqida kam bilimga ega bo’lgan, oziq topish v hayotini ta’minlash uchun eng sodda qurollardan foydalangan qabilalarni aytish mumkin”. (17b).
Yuqoridagi qarashlardan kelib chiqib ayrim olimlar fanda “ibtidoiy xalqlar” atamasini qoldirishni, u orqali tabiatga nisbatan suistemol munosabatda bo’lmasdan ijtimoiy muvozanatni saqlab qolgan xalqlarga nisbatan qo’llashni taklif qilishgan. Olimlarning boshqa bir guruhi esa “ibtidoiy xalqlar” atamasini taomildan chiqarishni sababi u “madaniy xalqlar” atamasini ishlatishni va xalqlar tengsizligini anglatishini tarafdori bo’lib chiqdi. Haqiqatdan ham yer yuzida bironta xalq yoki qabila yo’qki u o’z madaniyatiga ega bo’lmasa, eng qadimgi odamlar ham toshdan qurollar yasaganku axir! Madaniyat insonning tug’ma sifati, uning mohiyati odamda atrof-muhitni o’zgartirish qobiliyatining mavjudligidir. Xuddi shu vosita orqali inson boshqa jonzodlardan farqliroq o’zgaruvchan tabiatga moslasha oladi. XVIII-XIX asrda olimlarda mavjud faraz ilk davrga oid odamlarning mavjudligi albatta hato edi. Har bir inson ham madaniyatlashgan va ham madaniyat yaratuvchi sifatida hayotda mavjud ekan, “madaniylashgan” yoki “madaniyati past xalqlar” haqidagi fikrlar asossizdir.
Shuning uchun olimlar tomonidan ko’plab bahs va munozaralardan keyin yangi atamalar: “arxaik madaniyatlar”, “yozuvsiz madaniyatlar”, “an’anaviy jamiyatlar”, “qabilalar ittifoqi” va h.k. zolar kiritildi.
Tarixiy antropologiya predmeti esa quydagilardan iboratligiga kelishildi:

  1. Tafsivlovchi va umumlashtiruvchi fan bo’lib, u inson (fiziologik xususiyatlari) va insoniyat taraqqiyotining umumiy qonunlarini o’rganadi.

  2. Madaniyat tillari va ularning shakllanishi, o’zgarishlarini qiyosiy o’rganuvchi fandir.

  3. U sosiologiyaning bo’limi sifatida primitiv va an’anaviy ijtimoiy tizimlarni o’rganadi.

  4. Insonning tabiatdan tashqaridagi madaniyati dunyosining yuksalishi haqidagi o’rganuvchi fandir.

  5. Ibtidoiy, an’anaviy va zamonaviy jamiyatlar madaniyatlarini qiyosiy taxlil orqali o’rganuvchi fandir.

ANTROPOLOGIYA VA TARIX
Etnotarix xususida qisqa so’z yuritilganda tarix va antropologiya aloqalariga to’xtalib o’tilgandi.
Odamlar va jamiyatlarga ta’sir ko’rsatuvchi ikki tarixiy o’zgarish omillari: kadrlar va shakldagi o’zgarishga ham to’xtalib o’tish joizdir. Odamlar ma’lum bir jamiyatga tug’ilish va ko’chib o’tish natijasida qo’shiladilar va ulardan hayetdan ko’z yumish yeki ko’chib chiqish natijasida ayriladilar. Bu kabi o’zgarishlar kadrlarda -shaxslarda kuzatilib, tizimda aytarlik ko’zga tashlanarli o’zgarish kuzatilmasligi mumkin. Tarixiy o’zgarishning ikkinchi turida ijtimoiy tizim o’z tuzilishi va shaklini o’zgartirishi mumkin. Bu narsani to’satdan, radikal amalga oshirilgan inqilob olib kelishi mumkin. Yoki bo’lmasa bu o’zgarish avlodlar osha amalga oshishi, shaxslarning yangiliklari natijasida shakldagi o’zgarish sekin-asta amalga oshishi mumkin.

Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin