1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja


Madaniy va ijtimoiy antropologiya



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə4/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

Madaniy va ijtimoiy antropologiya
Amerika va Britaniyada antropologiyaga nisbatan qarashlardagi farq ijtimoiy antropologiya va madaniy antropologiya yo’nalishlarini yaratilishiga olib kelgan. Muammoga alohida to’xtalib o’tirmasdan ularni bitta medalni ikki tomoni Bilan qiyoslash, har ikkisi bir borliqni turli xususiyatlarini o’rganishini takidlashimiz joiz.
Ijtimoiy antropologiya etnik guruhlarning o’zaro munosabatlari va ijtimoiy jarayonlarini o’rganadi. Uning predmeti inson hayotining ijtimoiy tizimlarini, insonning an’anaviy va zamonaviy jamiyatlardagi hayotini taqiq qilishidan iborat. Uning aniq obyekti sifatida ma’lum hududda yashab o’z siyosiy qurilmasi (tashkilotiga) umummiy madaniyati va tiliga ega bo’lgan insonlar guruhi hisoblanadi.
Madaniy antropologiyaning predmeti inson va madniyati munosabatlarini tadqiq qilish bilan chegaralanadi. U inson madaniyatining kelib chiqishi (genezis), tuzilishi (marfologiyasi) va taraqqiyoti (xilma-xillik va yuksalishi) muammolarini aniq tarixiy sharoitdagi ijtimoiy tashkilotlarida tadqiq qiladi. Bu borada sosium inson va madaniyatning mavjudligini (borligini) ta’minlaydi.
Shu bilan birgalikda xorijiy adabiyotlarda: antropologiya, madaniy antropologiya va ijtimoiy antropologiya bita fanning turli nomlari degan tushuncha ham mavjud. Ammo har uchala yo’nalishni diqqat bilan tahlil qilinsa bunday qiyoslash nisbiy va talabga javob bermasligi ma’lum bo’ladi. Amalda “antropologiya” atamasi G’arbda ham rossiyada ham mavjud va deyarlik bir xil ma’noni angalatadi.
Fizik antropologiyadan farqli ravishda madaniy antropologiya dastlabki paytidanoq insonning jismoniy belgilari emas uning madaniyatini shakllanishini o’rgana boshladi. Uning tarixiy antropologiya bilan aloqasi dala etnologik tadqiqotlar ma’lumotlarni o’z kansepsiyalarini tekshirish va tasdiqlash uchun ishlatishidir. Tarixiy antropologiya esa o’z navbatida madaniy antropologiya ma’lumotlarini o’zining nazariy qarashlarini shakllantirishda qo’llaydi.
Tarixiy antropologiyaning ijtimoiy antropologiya bilan munosabati o’zgacha xususiyatga egadir. Ijtimoiy antropologiya vujudga kelishi bilan dunyo xalqlari ijtimoiy tashkilotlarni o’ziga hos tomonlarini o’rgana boshlaydi. Uning asoschisi ingliz olimi Jemis Frezer bu yo’nalishni jismoniy antropologiyaga qarama-qarshi qo’ygan edi. Jismoniy antropologiya nisbatan sosiologiyaga yaqinroq, u o’z tadqiqotlari predmetiga etnik jamiyatlarni qo’shmaydi.



Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin