Totemizm.Shimoliy Amerika hindulari–ajivbe qabilasi tilida«ot-otem» so’zi «uning urug’i» ma’nosini anglatgan. Ibtidoiy jamoalar qavm-qarindoshlik asosiga qurilgan. Odam ijtimoiy munosabatlarning ushbu ko’rinishini tashqi muhitga – tabiatga ham ko’chiradi. Urug’ning jonivorlar va o’simliklar olami bilan aloqasi ular bilan qonqqondoshlik alomati deb anglangan.
1938 yili Surxondaryo viloyati Boysuntog’ tog’laridagi Teshiktosh g’oridan arxeolog A.P.Okladnikov tomonidan topilgan neandartal bola qabri hozirgi O’zbekiston hududidagi totemizm e’tiqodiga aloqador eng qadim yodgorliklardan biridir. Bolani ko’mishdan avval uning atrofi tog’ echkisi – arxarning shoxlari bilan o’ralgan, bu uning totem jonivor bilan bog’liqligi to’g’risidagi taxminni ilgari surish imkonini beradi.
Tarixan dehqonchilik va chorvachilik bilan bog’liq ravishda jonivorlarga sig’inish O’zbekiston xalqlarida bir muncha keng tarqalgan edi. Masalan, ilon totem jonivor sanalib, u ham yaxshilik, ham yomonlik timsoli bo’lgan. Tashqi ko’rinishidan o’qilonga o’xshash tosh tumor O’zbekiston tarix muzeyida saqlanmoqda. U Farg’ona vodiysining So’x qishlog’idan topilgan va miloddan avvalgi II ming yillikka oiddir. Xo’kizga esa qadimdan kuch-qudrat, mahsuldorlik timsoli sifatida qaralgan. Ba’zi arxeologik yodgorliklardan tutqichi qo’y shaklida ishlangan idishlar topilgan. Shuningdek, O’zbekiston madaniy yodgorliklarida tuya, otga sig’inilganidan dalolat beruvchi tasvirlar mavjud. Kuch-qudrat ramzi bo’lgan sher tasvirini ham ko’plab uchratish mumkin. Qadim-qadimda ba’zi qushlar ham O’zbekiston hududida tabarruk hisoblangan, masalan, xo’roz, tovus va qirg’ovul «quyosh» qushlari deb qaralgan va ular hosildorlik keltiradi deb ishonilgan.
URUG’-QABILA TUZUMINING DINIY E’TIQODLARI Dehqonchilikka e’tiqod qilish –asosan hosildorlikka ta’sirko’rsatuvchi tabiat omillari timsoliga sig’inishdan iborat bo’lgan.
Taxminan sakkiz ming yil ilgari ketmon bilan dehqonchilik qilish ishlab chiqarish faoliyatining asosiy turi edi. Dehqonning tabiat hodisalariga bog’liqligi va ayolning yetakchilik roli o’sha davrning asosiy xususiyatlari bo’lib, bular odamlarning diniy qarashlarida o’z aksini topgan.