1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja


Dinning ilk ko’rinishlari



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə29/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

Dinning ilk ko’rinishlari. Urug’chilik tizimining shakllanish davrida (miloddan 40-30 ming yil avval) yuzaga kelgan mug’analik (sehrgarlik), fetishizm va animizmni dinning dastlabki ko’rinishlari deb hisoblash mumkin.
Sehrgarlik yoki “magiya” (yunoncha mageia), bu – tabiatga ta’sir ko’rsatishning g’ayritabiiy vositalari borligiga ishonchdir, insonning o’zi buyum va hodisalarga ta’sir ko’rsatishga intilib qilgan jodugarlik amallarining yig’indisidir.
Sehrgarlikning davolash, biror odamga isitish yo sovitish, harbiy, dehqonchilik, chorvachilik sohalariga, ob-havoga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan turlicha ko’rinishlari ma’lum bo’lgan. Ishlab chiqarish va qo’riqlash - davolash turi sehr-jodu turlaridan eng keng tarqalgani edi. Turli ko’zmunchoq, tumor va tilsim qog’ozlar yordamida asrashga oid sehrgarlik ham shunga kiradi. Sehrgarlikning bu turi hozir ham uchrab turadi: musulmonlarda – Qur’on oyatlari yozilgan tumor, yahudiylarda – duo matni tushirilgan ko’zmunchoq, xristianlarda – xoch belgisi va hokazo.
Arxeologik va etnografik manbalar dastlabki sehrgarlik e’tiqodi va marosimlari ibtidoiy jamiyatning eng dastlabki bosqichlari, hatto neandartal odamlarning “mustye” davriga (100-40 ming yil avval) borib taqalishidan dalolat beradi.
San’at hamda dinning inson ishlab chiqarish faoliyati bilan chambarchars bog’liqligi ayniqsa jismoniy jihatdan zamonaviy ko’rinishdagi dastlabki odamlar – kromanon odamlar paydo bo’lgan «yuqori paleolit” davrida aniq-ravshan kuzatiladi. Dastlabki suratlar ibtidoiy odam hayotidagi muhim, biroq shu bilan birga xavfli hodisa – ov haqida ma’lumot beradi. Suratlar tosh, suyak yoki shoxga o’yib ishlangan konturli tasvirdan iborat bo’lib, barmoq yoki mo’yqalamga monand buyum bilan qora yo qizil rangga bo’yalgan. Bo’yoq o’rniga oxra, ko’mir yoki bo’r qo’llanilgan. Rassom ularni hayvon yog’iga qo’shib ishlatganligi sababli ko’pgina suratlar yomg’ir va qor ta’siridan saqlanib qolgan. Ruhi tanani tark etib, “o’zga dunyoga” safar qilishi kerak bo’lgan marhumning tanasi ham ana shunday bo’yoq yordamida maxsus surat va belgilar bilan qoplangan.
Markaziy Osiyo mintaqasida diniy e’tiqod ildizlari qadim-qadimga borib taqalishini qayd etish lozim. Qadimgi yunon tarixchilari Strabon va Gerodot o’z kitoblarida Transaksoniya aholisi – sak va massaget qabilalarining diniy marosimlari va urf-odatlarini tasvirlab berganlar.
Ko’xitong tog’i (Surxondaryo viloyati) Zarautsoy darasining u qadar chuqur bo’lmagan, biroq oyoq yetmas g’orlarida eng qadimgilari mezolit va neolit davriga, eng so’nggilari esa bronza davriga oid 200ga yaqin odam suratlari saqlanib qolgan. Zarautsoy toshlaridagi suratlar (miloddan 12-5 ming yil avval) o’ta noyob bo’lgani sababli jahon ahamiyatiga molik yodgorlik deb e’tirof etilgan. Ov tasviri bilan birga bir necha belgi mavjud va ulardan ba’zilari quyosh tasviri deb talqin qilinadi.
Jizzaxdagi Marg’uzor tog’larining Takatosh degan yeridagi Sarmich soyidan (Navoiy shahridan shimoli-sharqqa 17 km), shuningdek unga qo’shni Qoraungur soyidan qoyalarga tushirilgan turli jonivorlar (echki, qobon, ot) tasvirlari ko’plab topilgan.
O’zbekiston hududida aynan «o’yma shaklida» ishlangan suratlar keng tarqalgan. Ular orasida Navoiy shahri yaqinidagi Qoratog’ tog’larida Sarmishsoydan (miloddan avvalgi II asr boshi va milodiy III-VII asrlar) topilgan toshdagi rasmlar alohida ahamiyatga ega. Bu yodgorlik dastlab arxeolog X.I. Muhamedov tomonidan aniqlangan edi.

Shuningdek, Shahrisabz vohasini Zarafshon vodiysidan ajratib turgan Qoratepa tizmasida ham qadimgi odam faoliyati izlari topildi. Qaynarbuloq qishlog’idan sharqroqda qoyaga o’yib ishlangan ov jarayonining o’nga yaqin tasviri topildi.


Olmaliqdan 6-8 km janubroqda Qurama tizmasining shimoliy yonbag’ridagi Parokandasoyda miloddan avvalgi V-I asrlarga oid 500 ga yaqin petroglif borligi aniqlangan. Tasvirlar jarlikning o’ng qirg’og’idagi qirqdan ortiq qoyatoshning tekis yuzasiga tushirilgan. Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani Qoraqiya darasidan ham miloddan avvalgi II-I ming yilliklarga oid alohida suratlar topildi.

Xojikentdan (Toshkent viloyati) topilgan toshga chuqur o’yib ishlangan suratlar (petrogliflar) ham ancha qadimiy bo’lib, ulardan dastlabkilari paleolit davriga to’g’ri keladi. Bu kabi petrogliflar O’zbekistonning boshqa yerlarida ham uchrab turadi.


Tadqiqotchilar afsuniy ahamiyatga ega bo’lgan dastlabki tosh suratlarga xos mavzulardan biri keyingi davrlarda ham keng tarqalgan besh barmoq, ya’ni panja tasviri deb hisoblaydilar. Qo’l panjasining izi yoki tasviri uni qoldirgan insonning ruhan shu yerdaligidan dalolat bergan. Keyinroq u egalik belgisi yoki yomon ko’zdan asrash ma’nosini ham oladi.
Ikki daryo oralig’ida doira, romb va xoch quyosh xudolarining belgisi bo’lib xizmat qilgan. Xoch tasviri tushirilgan idishlarga bundan keyin ham turli davr yodgorliklarida duch kelamiz. Ushbu belgi idish ichidagi narsalarni asrashi lozim bo’lgan.
Fetishizm. Din tarixida fetishizm (fransuzcha fetiche – tumor, but, ko’zmunchoq) jiddiy o’rin tutadi. Fetishizmda insonning g’ayritabiiy imkoniyatlariga ishonishdan iborat bo’lgan afsungarlikdan farqli o’laroq biron moddiy buyumga g’ayritabiiy xossalar berilib, u ilohiylashtiriladi. Fetishlar shaklan ham turli-tuman. Toshlar, daraxt bo’laklari, hayvon tanasining biror qismi, but-sanamlar fetish vazifasini o’tashi mumkin edi.
Zamonaviy dinlarda fetishizm tabarruk buyumlarni tavof qilish tarzida(xristianlarda - xoch, ikonalar, mayitga sig’inish, buddizmda – tabarruk o’g’ir yoki hovoncha, islomda – tabarruk qadamjolar va qora tosh), mustaqil qoldiq sifatida esa tumor va ko’zmunchoqlarga ishonch tarzida saqlanib qolgan. Irim-sirimga ishonadigan odamlar fikriga ko’ra, tumor baxt keltirar, ko’zmunchoq esa yomon ko’zdan asrar ekan. Taqa, tumor, bo’yin taqinchog’i (kulon), filcha, turli o’yinchoqlar esa zamonaviy fetishlarga misol bo’la oladi.

  • yoki bu buyumdan foydalanilgan har qanday diniy amalda boshqa irim-sirimlar bilan birga fetishizm elementlari ham mavjud.


Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin