1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja


Qirg’iz xalqining an’anaviy xo’jaligi, moddiy va ma’naviy madaniyati



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə37/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

Qirg’iz xalqining an’anaviy xo’jaligi, moddiy va ma’naviy madaniyati.
Qirg’izlar Qirg’iziston Respublikasining’ asosiy aholisi (2,23 ming kishi). Markaziy Osiyo yeng qadimgi xalqlaridan biri bo’lgan qirg’izlar Tyan — Shan, Pomir - Oltoy, qisman Xindiqush tog’ tizmalari oralig’idagi Qirg’iston respublikasida yashaydi. Shuningdek O’zbekistan (175 ming kishi), Tojikiston (64 ming kishi), RF (42 ming kishi 1990 yillar o’rtalari), shuningdek, Xitoyda (150 ming kishi) yashaydi. Qirg’iz tilida so’zlashadi. Dindorlari – su’niy musulmonlar. 1920 yillargacha qirg’izlarni qora qirg’iz deb kelishgan13.
Qirg’iz nomi ilk bor g’yeyeg’un shaklida xitoycha "Xanshu", "Xan sulolasi tarixi" (milodiy I asr) yilnomasida mil. avv. 203 yilgi voqyealar bayonida tilga olinadi. Qirg’izlarning yeng qadimgi ajdodlari gun, shak, usun va dinlin qabilalari ittifoqiga borib taqaladi. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o’rtalarida yuqori Yenisey vohalarida Qirg’iz davlati tuzilgan. Qirg’izlarning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud, xususan ularning Yenisey qirg’izlari deb atalmish xalqdan tarqalgani masalasi munozarali. Qirg’izlarning ilk etnik tarixi qadimgi qabila ittifoqdari (xunnlar, denlenlar, saklar va usunlar) bilan bog’lik. U1-X asrlarda Sayan-Oltoyda, Tyan-Shan yetaklarida yashovchi turkiy qabilalar qirg’izlar yerlariga ko’chibo’tib ko’shilib, Qirg’iz davlatini tuzadi. Turk xoqonligi va ko’chmanchi davlat uyushmalari davrida (U1-X asrlar), keyinchalik qirg’izlar tarkibiga kirgan qabilalar Sayan-Oltoy, Irtish bo’yi, Sharqiy Tyan-Shanning turkiy axolisi orasida shakllanganlar. Xozirgi hududga 1X-X asrlarda ko’chib kelgan eroniy tilli, kichik turklashgan mahalliy elatlar - qarluqlar va ug’uzlar bilan aralashib ketgan. XIII asrgacha Tyan-Shan aholisi irqiy jihatdan yevropoid hisoblangan. Qirg’izlarning bir qismi 1X-XII asrlarda, katta qismi esa o’rta asrlar davomida g’arbga ko’chib, Issiqkul atroflari, Yettisuv havzasi, Tyan-Shan (Tang’ritog’) yon bag’irlari, Farg’ona vodiysining tog’oldi hududlari va Dashti Qipchoq ulkalariga borib joylashgan.
Qirg’izlarning asosiy qismi Tyan-Shan va Issiqkul oralig’ini makon tutib, bu yerdagi bir necha turkiy qabilalar bilan birgalikda hozirgi Qirg’iz xalqini tashkil qilgan. Qirg’iz xalqi tarkibiga shuningdek Yettisuv va Movarounnaxrning turkiy qabilalari, jumladan qarluqlar va uyg’urlar, keyinchalik mo’g’ul qabilalari qo’shilgan. Mug’ullar istilosidan sўng qirg’izlarning uzi turklashgan. Bu davrda qirg’izlar mongoloid irqiga utishadi va turklashish jarayoni nihoyasiga yetgan. XV-XVI asrlarda esa kelib chiqishi qozoq nug’aylar bilan bog’lik qabilalar kirib kelgan. Qozoqlarning bir qismi boshqa turkiy xalqlarning etnogeneziga kirgan. XVI-XVII asrlarda qirg’izlarga qozoq-nug’ay qabilalari қўшилгach, Tyan- Shan qirg’izlarni asosan shakllandi.
Keyingi ikki asr davomida Jung’or xalqlari qirg’izlarni talab keldi. Ular XIX asr birinchi yarmigacha Qo’qon xonligiga tobe bo’lishgan. 60 - 70 yillarga kelib Qirg’izlarning aksariyat qismini Rossiya bosib oladi. Qirg’izlarning urug’ - aymog’i asosan uch yirik guruhga bo’linadi: utiz ug’ul (uttiz ug’il) ning o’ng va so’l qanotlari, ichkilik.
O’ng qanot uch avloddan iborat: tog’ay, adig’ine va mung’ush. eng yirigi tog’ay avlodi bo’lib, uning tarkibiga sari, bag’ish, bug’u, solta, tinimseyit, sayok, chekir, cherik, jedig’ir, azik, bag’ish, mung’uldor,suu, murun, baarin urug’lari kiradi.
So’l kanot kushchi (kutchu), saruu, munduz, jetig’yem, kitay, basiz, tubey, chung’ bag’ish urug’laridan tashkil topgan.
Ichkilik guruhiga qipchoq, qayman, teyit, keseko, jos kesek, kanrdi, bo’ston, moyg’ut, avag’at (avat), tuylus (duylus) urug’lari birlashgan. Tog’ay guruhi Tyan - Shanning asosiy qismida adig’ine bilan mung’ush guruhlari janubiy Qirg’iziston yerlarida joylashgan.
Tog’ay guruhining yeng yirik qabilasi - bug’u Issiqko’lning shimoliy sohilida, sharqiy, qirg’oqlari, butun janubiy chegaralaridagi yerlarda yashagan. Chu daryosining janubiy qirg’oqlari bo’ylab, Qirg’iztog’ tizmasi daralarida solto qabilasining yerlari bo’lgan.
Norin daryosining o’rta oqimi, Dung’al va Susamir vodiylari chekir, sayok qabilasi odamlariga qarashli yerlar hisoblangan. Farg’ona pastlig’ining sharqiy qismi, Oltoy vodiysi va sharqiy Pomir, shuningdek Farg’ona hamda Oltoy tog’ tizmalari yetaklarida adig’ine bilan mung’ush hamda ichkilik qabilalari yashagan.
Qirg’izlarning asosiy qismini bukara, charbalar tashkil kilgan (Nisbatan ozgina mol - xolg’a yeg’a bo’lgan kishilarni ana shunday deb atashgan). Aholiga biylar bilan manaplar boshchilik qilgan.
Manaplik juda qadimdan mavjud bo’lgan. Sari bag’ish qabilasidan bo’lgan hamma kishilarni ilgari manap deyishgan (Manap ismli qabila boshlig’i nomidan kelib chiqqan). Manaplar uch xil bo’lgan og’a yoki chung’ manap, o’rta manap hamda chala manapg’a bo’linadi.
Mol - xolidan ayrilgan kambag’allar biylar, manaplar xo’jaligida malay, chupon - kuychi, jilkichi, jalchi (kunbay ishlovchi mardikor) sifatida ishlab, kun kechirishga majbur yedi. Masalan 92 o’zbek ururg’iga oid shajaralarning barchasida Qirg’iz nomi qayd qilingan. Shuningdek, O’zbekistonning bir necha viloyatlarida Qirg’iz nomi yetnotoponim sifatida saqlanib qolgan.
Qirg’izlar ko’chmanchi chorvachilik, ayrim tumanlarda dehqonchilik bilan shug’ullanishgan.
Ko’p asrlar davomida Qirg’izlarning asosiy mashg’uloti chorvachilik bo’lgan. Qirg’iz chorvadorlari ham ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi hayot kechirishgan.
Qirg’izlar juda qadimdan ardoqlab, e’zozlab kelayotgan chorvachilik janubda uchraydi. Kush urkachli tuya urchitishadilar hamda Ush viloyatining tog’li yerlarida rivojlangan.
Qirg’izlar mug’ul zotli otlarni boqishgan. Eshak, xachir Qirg’izistonning janubida uchraydi. Kush urkachli tuya urchitishadi. Har bir urug’ - aymoq, qabila chorvadorlari mol - xolini uz yerlarida boqqanlar. Qo’y – qo’zi, yilqilar olis yaylovlardagi otarlarda parvarish qilingan.
Qirg’izlarda dehqonchilik Farg’ona pastligi va uning atroflaridagi yerlarda azaldan rivojlanib kelgan. Issiqko’l atrofi, Chu hamda Talas daryolari shuningdek, Farg’ona pastligi va boshqa yerlarda ham dehqonchilik bilan qadimdan shug’ullanib kelishgan. K°lg’an yerlarda dehqonchilik yaxshi rivojlanmagan. Asosan sug’orib dehqonchilik qilishgan. Ariqdan, novlar, tug’onlar ko’rib suv keltirishgan. Lalmikor yerlardan ham foydalanishgan.
erni bursun, isfar (omoch) bilan haydashgan. Urug’ni qo’lda sepishgan. Urug’ni qalpoq (telpakka, tunning yetagiga, chelak turvaga solishgan. Otda yurib urug’ sepish usulidan ham foydalanilgan. erni shoxmola bilan tekislashgan. Xosilni uroq va mang’al bilan urishgan. G’alla don mol yordami bilan yanchilgan. Avvalo panshaxa - besh ilik, sung’ri kuraklar bilan sovurilgan.
Dehqonchilikda paxta, bug’doy, arpa, tarik, makkajuxori, juxori, sholi, beda, poliz yekinlari yetishtirilgan. Qig’izistonning shimoliy tumanlarida asosan bug’doy, arpa, tariq yekilgan. Ayrim joylarda qisman sholi yekilgan. Qirg’izlarning XIX asrning oxiridan boshlab baliqchilik ravnaq topgan. Dengiz sohillariga yaqin yerlarda yashayotgan Qirg’iz oilalari baliq ovlash bilan mashg’ul bo’ladilar. Keyinchalik baliq ovlovchilar uyushmalari tuziladi.Asalarichilik va pillakashlik vujudga keldi.
Qirg’izlarda ko’pdan buyon rivojlanib keladi. Ov qushlari yordamida miltikdan otib, qopqon qo’yib ovlashgan. Tog’ yechkilari, bug’u, ayiq, buri, tulki ovlashgan.
Tog’ — toshlarda bemalol yurish uchun cho’ponlar singari har xil moslamalar toy tuyok, japkak, temir chukalar ishlatishgan.
Qirg’iz ovchilarining ko’pi ovga olib chiqish uchun it, burgut, lochin, qirg’iy boqishgan.
Boshqa chorvador qabilalarda bo’lgani singari qirg’izlarda ham ko’proq chorvadorlik bilan bog’liq kasb - hurarlar yaxshi taraqqiy yetgan. Masalan, bahorda va kuzda qirqilgan kuy junidan urchuq - iyik yordamida ayollar uyida ip yigirishgan. Oddiygina ko’p xalta, tasma tikish uchun zarur mato tuqishgan.
Yog’ochsozlik, duradgorlik ham keng yoyilgan hunarlardan hisoblangan. O’tov, yeg’ar, idish - tovok yasashgan. Ularni jig’ach usta deyishgan. Bunday ustalar kirma, dukun deb ataladigan dastgohda ishlashgan.
Qadimiy kasb- hunarlardan anchasi hozirda ham butun o’lka bo’ylab keng qo’llanilib kelinmoqda.
Qirg’izlar qadimdan alohida, bir - biridan ancha olis, ko’pi bilan 2-3 oila bo’lib yashashga urganib qolgan xalq. Chorva mollarini yaylovlarga olib chiqib ketadigan vaqtlarda har bir xo’jalik boshqalardan ajralgan holda yashashgan. Sovuq tushib, yog’ingarchilik boshlanadigan vaqtlarga kelib, oldingi qishloq joylariga qaytishgan. Qarindosh urug’lar bir ovul bo’lib yashashgan. Ovullar orasi bir chaqirimga boradi.
Qirg’izlarning hammasi deyarli o’tovlarda yashashni ma’qul ko’rgan. O’tovni qirg’izlar buz uy, ko’ra uy yoki Qirg’iz uy14 deyishadi.
Biylar, manaplarning o’tovlari bilan kambag’al aholining o’tovlari orasida juda katta farq bor yedi. Biylar, manaplar, uziga to’q badavlat qirg’izlar xonadonlarining o’tovlari ancha katta, baland, chiroyli bo’lib, usti, atrof tevaragi qalin, sifatli namat qirg’izlar bilan yopilgan. Bezaklari ko’p bo’lgan.
Qirg’iziston yerlaridagi o’tovlar hamma yerda bir xil emas. Aftidan tabiiy, iqlim sharoitlari, urf - odat, an’analarga qarab xilma - xil ko’rinishda qo’rilgan. O’tovlar asosan usti, gumbazi bilan farq qiladi. Qirg’izistonning shimolida o’tovning gumbazi konussimon kurinishda bo’lsa. Talas hamda Chotqol vodiylarida sal yalpoqroq bir muncha tekis qilib quriladi.
O’tovlar qanday va qancha qavat kigiz bilan yopilgan bilan ham bir - biridan ancha ajralib turadi. Ko’p hollarda ikki qavat kigiz yopiladi. Bir qavat o’tovlarning atrofini yopsa, ikkinchi qavat o’tovlarning ustiga yopiladi.
Nihoyat o’tovlar nafaqat tashqi, ayni bir vaqtda ichki bezaklari bilan farqlanadi.
O’tov ichi bir necha bo’laklarga bo’lingan. O’tovga uchoq joylashgan qismi (kolomta) markazi hisoblanadi. O’choq orti, yeshikdan kiraverishda ruparaga yog’och tosh yo yegalarga ustiga sandiqlar, ko’rpa - yostiqlar, gilam, namat, kigiz, buyumlar, xaltalar, usti - bosh joylanadi. Bu yerda idish - tovoq, ruzg’or - anjomlari, oziq - ovqat mahsulotlari solingan ko’p, xaltalar turadi. er jakda egar - jabduq, arqon, miltiq va boshqalar saqlanadi.
O’tovlardan tashqari chayla, alachik uylarda ham yashashgan. Chaylada yog’ochlarning uchlari yuqoridan bitta qilib bog’lab qo’yilgan. Xoda - yog’ochlarning ustiga kigiz yopilgan. Sharqiy Pomir qirg’izlarda chayla xodalarni hayvon terilari bilan yopishgan. O’tovlarda qishlash uchun atrofida baland qor uyumi hosil qilib o’tov usti poxol, ba’zan qamish bilan yopiladi.
Keyingi yillarda qirg’izlar uz ko’shinlari - o’zbek va tojiklar singari sinch, paxsa devorli uylar qo’ra boshladilar. Ko’pgina Qirg’iz oilalari devorlari xom g’ishtdan ko’tarilgan, tomi tekis, bir necha xonali uylarda yashaydilar. Bunday uylarning hovlisida yonma - yon yordamchi xo’jalik binolari (molxona, otxona, kuyxona, somonxona va boshqalar) qo’rilgan.
Qirg’izlarning ust - boshi nihoyatda xilma - xil bo’lib, uziga xos milliy jixatlari bilan keskin ajralib turadi.
Erkaklarning kiyimi asosan ishton, ko’ylak, tun, chopon, bosh kiyimi, poyafzaldan iborat. Kuylagi ochik kuynuk xilda bo’lib, bichilishi va tikilishi jihatdan tun’a uxshaydi. Keyinchalik oldi faqat kukragigacha ochiq tik yoqali ko’ylak kiyadigan bo’lib qoldilar. Bu qozoq tatarlari kuylagini yeslatadi.
Ko’pgina Qirg’iz yerkaklari boshida oppok namat telpagini kurish mumkin.
erkaklar ishtoni charmdan tikilgan. Ishtonni turli joyda har xil nom bilan atashgan: chalbar, kanday, jarg’ak shim.
Qirg’iz xalqi kiyim - kechagidagi milliy an’analar asosan ayollar ust - boshida yaxshi saqlanib kelmoqda. Xozirgi ayollar kuylagi (kuynuk) bichimi bo’yicha avvalgilardan keskin fark qiladi: ancha kalta, ochik yoqali, ba’zan tik yoqali, burma, ko’prok, qizil, pushti rangli gazlamalardan tiqiladi Ko’ylak ustidan har xil g’ul, bezak solib tikilgan ung’ur kiyib olishadi.
Xotin - qizlar albatta nimcha, kamzul kiyadilar (poyjen, kamzur, ba’zi yerlarda kiyamzur deb xam ataladi). Bu yoqasiz, umizi keng yoki tik yoqali qilib tiqiladi Ayrim xollarda kumush tugmachalar qadashadi.
Qirg’iziston tog’li ulka bo’lgani sababli ko’p yerlarda iqlimi, tabiati ancha salqin. Shuning uchun qishin - yozin issiq kiyib yurishlariga to’g’ri keladi. Ko’pincha duxoba paltoda yuradilar.
Xotin - qizlari albatta rumol uraydilar. Odatda yorqin, rang’dor chit rumol, bayram kunlari esa shoxi rumol tutadilar. Ko’pchilik yosh juvonlar, ayniqsa qizlari do’ppi kiyadilar. Qirq kokil qilib sochlarini yurish hozir ancha kamaygan. Odatda qush kokil kilib urishadida ustida do’ppi kiyib oladilar. Qizlarning yeng sevimli bosh kiyimi tebeti - cheti muynali telpakdir. Bunday telpakning uchiga chiroyli kush patlarini bog’ich bilan tikib qo’yiladi.
Ko’pincha Qirg’iz ayollari quloqchin kiyadilar. Quloqchin tashqi ko’rinishi, bezagi bilan bir - biridan farq qiladi. Nomi ham turli joyda xar xil. Qirg’izistonning shimoliy tumanlarida ayollar quloqchinini takiya kop deyishsa, g’arbiy - janubiy tumanlarda, jumladan Ush viloyati atroflarida chachkop nomi bilan atashadi. Takiya kopning orqasi yelkaga osilib turadi, kop ustidan yupqa oq matodan yo dokadan salla - yelechik uraladi. Quloqchining quloqlarni yopib turgan ikki tomonga sochpopuk osiladi.
Issiq kul, Chu, Tyan - Shan atroflarida yashaydigan Qirg’iz qizlari sallani urama ko’rinishda urashadi. Sallaning uchi chap tomondan urama ichi’a qistirib qo’yiladi. Talas vodiysi, Ўsh viloyatning shimoliy tumanlarida sallaning iloқ turi keng tarqalgan (yumaloq yoki yalpoq ko’rinishda bo’ladi).
Ayrim xollarda salla ustidan duriya - chiroyli rumol tashlab olishadi. Ba’zi joylarda naqshdor xoshiya, kumush taqinchoqlar (tamg’a, marjon, dur) bilan bezaladi. Ko’proq ichkilik toifasiga qarashli Qirg’iz qizlarida buni uchratish mumkin.
Qirg’iz ayollari, xususan janubiy tumanlaridan yashayotgan xotin - qizlar ko’ylak ustidan belga tahlangan guldon rumol yoki keng tasma (beldik) yoki bezkur bog’lab olishadi.
Qig’izlarning oyoq kiyimlari orasida yechki terisidan ishlangan namat aniqsa diqqatiga sazovordir. Undan boshqa chokoy deb ataladigan pastak yetigi ham bor. Keksalar poshnasiz - mazey (maxei) ni kalish bilan kiyib yuradilar. Yetik, maxey ichidan namat paypoq, guldor jorob kiyadilar.
Qirg’izlar mavsumga qarab xilma - xil rejimda ovqatlanishga odatlanishgan. Lekin taomlarining xili unchalik ko’p emas ilgarilari un va don kpo’pincha yetishmasligi (dehqonchilik bilan kam shug’ullanganliklari) sababli asosan suv va g’o’sht mahsulotlari bilan tirikchilik qilishgan. Kun issiq kezlari sut va sut mahsulotlarini ko’p iste’mol qilishgan. Qishda esa un, don, shuningdek pishloq, sariyog’, shurtak suzma ishlatishgan.
Ko’pchilikning kundalik taomi har xil suyuq oshdan iborat bo’lgan. Qirg’iz tipida aytganda maksim bilan jarma ichishgan. Maksim - suli talkoni yoki tuyilgan arpa unidir. Jarma tayyorlash uchun arpa yoki bug’doyni yog’och kelida qaynab turib turgan suvg’a solingan. Atala sovuganidan keyin ozgina solod - ut, un qushilgan. Arpa, bug’doy, makkajuxori ayrim hollarida choy ichilgan. Oshqovoqdan shurva, chuchvara pishirilgan yoki uzini qaynatib dimlab yoyilgan. Tandirda non yopilib, bug’irsoq pishirilgan, kurd (suzma), pishloq tayyorlangan. Kul kurida kumuch, choymo tokoch, jupka, non, kattama (katlama), toytokoch, kuymok, kesma osh, sirg’uruch va boshka taomlar pishirgan. Shurva, beshmarmoq, kurok, kurma, kuygan upka, olobo, kulchatoy taomlari ham bor. So’ngi vaqtlarda jarkop, manti, lag’mon ko’plab pishirilmoqda.



Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin