1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja


Mavzu: Neolit va bronza davri Markaziy Osiyo paleoantropologiyasi



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə26/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

Mavzu: Neolit va bronza davri Markaziy Osiyo paleoantropologiyasi.
Reja:
1.Neolit va bronza davrining qisqacha arxeologik tavsifi.
2.O’rta Osiyo va Qozog’istonning neolit va bronza davri paleoantropologiyasi

O’rta Osiyoda neolit va bronza davrlarida uchta asosiy madaniy viloyatlarni ajratish mumkin. Ular madaniy xususiyatlari va xo’jaligiga ko’ra bir biridan farq qiladi. Ulardagi xo’jalikning o’ziga xosligi madaniy komplekslarning spesifikasini belgilaydi va ushbu uchta zonalarga ajratish etiogenetik ahamiyatga ega emas deb o’ylash mumkin edi. Ammo spesifika xo’jaliklarida va foydasiz belgilarda namoyon bo’ladi, masalan, sopol buyumlar naqshlari xarakterida. Shuning uchun turli ekologik mukhitli sharoitlarga moslashish insoniyat tarixining ilk bosqichlarida o’z o’zidan katta genetik to’siq bo’lib, u oxir oqibatda etnogenetik jarayonlarining makonda lokalizasiyalashuviga olib keldi.






Rasm. 7. Neolit va bronza davrlari arxeologik madaniyatlarining taxminiy chegaralari va paleoantropologik materialli asosiy qabrlari:


I — dehqonchilik madaniyatlari; II — chorvachilik xo’jaligi ustun bo’lgan dasht madaniyatlari; III — ovchilik va baliqchilik ustun bo’lgan o’rmon va o’rmon dasht madaniyatlari. 1 — Shengavit; 2 — Jararat; 3 — Lchashen; 4 — Sevan; 5 — Samtavro; 6 — Ginchi; 7 — Shimoliy Kavkaz qabrlari; 8 — Karadepe; 9Geoksyur; 10 — Xapuzdepe; i—Altыndepe; 12 — ilk Tulxar; 13Tigrovaya Balka va Makoni-Mor; 14 — Ko’kcha 3; 15—G’arbiy Qozog’istondagi andronovo madaniyati qabristonlari; 16 — Shimoliy Qozog’istondagi andronovo madaniyati qabristonlari; 17 —Markaziy Qozog’istondagi andronovo madaniyati qabristonlari; 18 — Sharqiy Qozog’istondagi andronovo madaniyati qabristonlari. 19 — Ordinskoye; 20 — Itko’l; 21Ust-Isha; 22 — Oltoydagi afanasev madaniyati qabristonlari; 23 — Pe­revoznoye; 24—Bazaixa; 25 — Bateni; 26 — Xakasiyadagi afanasev, andronovo va okunevo madaniyatlari qabristonlari; 27 — Kansk; 28 — Angara havzasidagi neolit va bronza davri qabristonlari; 29—Lena havzasi neolit va bronza davri qabristonlari; 30 — Baykalorti neolit davri qabristonlari; 31 — Shilkinskaya g’ori; 32—«Chertovы vorota»; 33 — Tuoy-Xaya; 34 — Bugachan; 35 — Anadir

Birinchi mintaqa Kavkazorti va O’rta Osiyoning janubiy rayonlarini qamrab oladi (baland tog’li hududlar bundan mustasno). Bu keng dehqonchilik madaniyatlar areali bo’lib, o’z taraqqiyotida ko’proq xonaki chorvachilik xo’jaligidan foydalangan. Dehqonchilikda ba’zan daryo vodiylarining hosildor yerlaridan, biroq ko’pincha sun’iy sug’oriladigan yerlardan foydalanilgan (Srednyaya Aziya..., 1966, Eneolit SSSR, 1982). Neolit va bronza davrlari dehqonlariga oid eng effektiv yodgorliklar topilgan Turkmanistonda sun’iy sug’oriladigan yerlar daryo vodiylarida joylashgan bo’lib, bu daryolar sersuvligi bu yerlardagi hayot hukm surgan davrlarni belgilagan (Masson, 1971; Sarianidi, Koshelenko, 1966; Xlopin, 1964). Kavkazorti va O’rta Osiyo janubiy rayonlari dehqonchilik madaniyatlari aholisining asosiy etnik belgisi — bo’yalgan sopol idishlar bo’lib, bu ushbu madaniyatlarni Sharqiy o’rtayer dengizidan Shimoliy Xitoygacha cho’zilgan bo’yalgan sopolli madaniy poyasiga kiritish imkonini beradi (Kuftin, 1941; Masson, 1964; Kushnareva, Chubinishvpli, 1970).


Shimoliy Kavkaz, sobiq SSSRning Yevropa qismidagi dasht rayonlari boshqa madaniy poyasni tashkil qiladi va bu madaniyatlar asosan chorvachilik bilan shug’ullangan, dehqonchilik esa yordamchi xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan (Salkin, 1970). Bo’yalgan sopol madaniyati qabilalari ushbu zonaga kirib borganlar, biroq bu hududlarda ular onda sonda kirib yashaganlar va dasht qabilalari kabi O’rta Osiyodagi cho’l zonalarida o’zlarining madaniy izlarini qoldirganlar (Tolstov, 1948, 1962; Itina, 1977). Ular bilan parallel ravishda ovchi va baliqchi qabilalar ham yashaganlar (Vinogradov, 1981). Dasht zonalari arxeologik jihatdan ancha yaxshi o’rganilgan (Formozov, 1965; Kiselev, 1965), ayniqsa neolit va bronza davrlari haqida gapirganda, bu davrlarda paleoantropologik materiallar yaxshi aks etadi. Mahalliy madaniyatlar odatda sopol idishlarning xususiyatlari va ko’mish inventarlari asosida ajratiladi, zero qabrlar makonlardan ko’ra ko’proq o’rganilgan.
Kavkaz va O’rta Osiyoning baland tog’laridagi aholining madaniy xarakteristikasi alohida qiziqish uyg’otadi. Alohida o’rganilgan arxeologik yodgorliklarning guvohlik berishicha, Markaziy Kavkaz, Pomir va Tiyonshon hududlari neolitgacha bo’lgan davrlarda o’zlashtirilgan. Bu yerlarning madaniy taraqqiyoti butunligicha baland tog’li izolyasiya bilan belgilangan va bu mahalliy o’ziga xosliklarning paydo bo’lishiga olib kelgan (qarang, masalan: Ranov, 1975). Tog’larda tekisliklardagiga nisbatan bronza davri kechikib boshlangan.

Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin