Nega odam qaytadan maymunga aylanib qolmaydi? Odamga hyech narsaga aylanish kerak emas. Taksonomik jihatdan homo turi, jumladan, homo sapiens (ya’ni aqlli odam) ham shusiz ham primatlar guruhiga kiruvchi maymunlar guruhosti turiga mansub (Haplorhini).
Hozirda qochonlardir turli, garchi yaqin turlardan kelib chiqqan odamlar bo’lishi mumkinmi yoki biz hammamiz bitta turdan kelib chiqqanmizmi? Bunaqasi bo’lmaydi. Kelib chiqishi turlicha bo’lgan guruhlar, ya’ni ancha yirik guruhlar bir necha kichiklarini o’ziga birlashtirgan bo’lishi mumkin va bu «polifiletik takson» deb ataladi. Biroq tur doimo bitta butun ajdodlar uchun umumiy turdan kelib chiqadi. Odam misolida aytish mumkinki, butun insoniyat bundan 150 ming yil avval yashagan erkakdan kelib chiqqan va u biz singari homo sapiens bo’lgan. Bizning eng qadimgi ayol ajdodimiz bundan 200 ming yillar muqaddam yashagan va u ham biz singari homo sapiens bo’lgan.
Turli odamlarning turli ajdodlardan kelib chiqqanligi nazariyasi o’z umrini yashab bo’lgan va qattiq tanqidga uchragan.
Odamning kelib chiqishi to’liq o’rganilmagan: rivojlangan primatlar davrida ular taraqqiyotida keskin sakrash ro’y beradi. Nega bunday bo’ldi?
Keling fantaziyamizni ishga solamiz:
Tashqi omilga (o’zga sayyoralikka) qandaydir maqsadlar uchun "aqlli, mustaqil mehnatga loyaqotli ABORIGEN kerak bo’lib qoldi. Bu maqsad uchun mavjud primatlardan birini tanlashdi, so’ngra uning genotipiga aralashish natijasida – kerakli tomonga o’zgartirishdi.
Xomo Sapiyens paydo bo’ldi.
Primatlar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqadorligini saqlab qolgan odam keskin ravishda ham tashqi ko’rinishi va ham aqliy jihatdan ulardan uzoqlashdi, fiziologik o’zgarishlar natijasida “sof ko’rinishdagi” tabiatda mehnat qurollarisiz va himoya vositalarisiz (kiyim, uyjoy, ovqat tayyorlash, olov va h.k.larsiz) yashab qolish qobiliyatini yo’qotdi.
Muhit, odam uchun amalda agressiv bo’lib qoldi va u ushbu agressivlikni (zamonaviy maymunlar uchun xavfsiz bo’lgan agressivlikni) yumshatishga harakat qildi.
Keskin sakrash yangi odam bilan tabiat o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri aloqani uzib qo’ydi.