2-mavzu. Turizmning rivojlanishidagi asosiy omillar
Reja:
1. Rivojlanish va uning asosiy omillari
2. Iqtisodiy omillar
3. Ijtimoiy va madaniy omillar
4. Demografik omillar
Tayanch so’z va iboralar: turizm rivojlanishining asosiy omillari, millatlar madaniyati, turistlar oqimining statistik tahlili.
1. Rivojlanish va uning asosiy omillari
Turizm jahon iqtisodiyotining yirik va dinamik rivojlanayotgan sohasi bo’lib, jahon yalpi milliy maxsulotining 1/10 qismini tashkil etadi. Jahon investitsiyasining 7 foizi, har o’n oltinchi ish o’rni, iste’mol sarflarining 11 foizi turizm sohasiga to’g’ri keladi. Butunjahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra 90-yillar boshlarida jahon tovar va xizmatlar savdosining 10 foizdan ortig’ini tashkil etib, neft va avtomobil sanoatidan keyin uchinchi o’ringa chiqib oldi va dunyodagi har sakkizinchi mehnatga layoqatli kishi bu sektorda band.
Turizmning o’sishi birinchi navbatda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanganligi, mamlakatlar, mintaqalar o’rtasida iqtisodiy aloqalar hamda sport faoliyati rivoji, xalqlarning muloqotga intilishi va boshqalar mamlakatlar tajribalaridan foydalanishda aks etadi. Fan texnika taraqqiyoti yutuqlari, xususan transport sohasidagi yutuqlar transport tashuvi hajmining oshishi, aviareyslar soni oshishi va ko’plab shaxsiy avtomobillar yig’ilishiga olib keldi. Zamondoshlarimiz ommaviy turizm gurkirab rivojlanayotganligiga guvoh bo’lmoqda. Mashhur «Nevidimo’y eksport» kitobi muallifi M.M. Ananev turizmni «XX asr fenomeni» deb atagan edi.
Turizmning o’sishi birinchi navbatda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanganligi, mamlakatlar, mintaqalar o’rtasida iqtisodiy aloqalar hamda sport faoliyati rivoji, xalqlarning muloqotga intilishi va boshqalar mamlakatlar tajribalaridan foydalanishda aks etadi. Fan texnika taraqqiyoti yutuqlari, xususan transport sohasidagi yutuqlar transport tashuvi hajmining oshishi, aviareyslar soni oshishi va ko’plab shaxsiy avtomobillar yig’ilishiga olib keldi. Zamondoshlarimiz ommaviy turizm gurkirab rivojlanayotganligiga guvoh bo’lmoqda. Mashhur «Nevidimыy eksport» kitobi muallifi M.M. Anan’ev turizmni «XX asr fenomeni» deb atagan edi.
Turizmni rivojlantirish ta’lim darajasining oshishi, xalqaro standartlar va turistlarning didlariga mos keluvchi xizmatlar madaniyatining oshishiga olib keladi. Turizmni barqaror rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida mikro darajada iqtisodiy samaraga erishiladi. Turizmni rivojlanish darajasi bitta xorijiy turistdan olinadigan tushum, ko’rsatiladigan xizmatlar hajmi, rentabellik kabi bir qator ko’rsatkichlar bilan o’lchanadi. Turizm sohasidan olinadigan moddiy samara foyda va daromad bilan belgilanadi. Turistlarga ularning respublikada bo’lish davrlarida ko’rsatiladigan xizmatlarning qiymati ularning turlarini oshirish evaziga bir necha barobar oshishi mumkin.
Turizmni rivojlantirishda bir qator omillarni ajratib ko’rsatish mumkin bular quyidagilar:
- iqtisodiy omillar
- ijtimoiy va madaniy omillar
- demografik omillar
Dostları ilə paylaş: |