1-Mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish


-Mavzu: MTTda tadqiqiy bilish va samarali rеflеksiv faoliyatni tashkil etish



Yüklə 195,48 Kb.
səhifə34/48
tarix07.01.2024
ölçüsü195,48 Kb.
#204423
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
1-Mavzu Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va ma

13-Mavzu: MTTda tadqiqiy bilish va samarali rеflеksiv faoliyatni tashkil etish.

Reja:

1. Maktabgacha ta’lim tizimi



2. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarining zamonaviy tizimi

3. Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy maqsadlari
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta’minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta’limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta’lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta’lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.

Maktabgacha ta’lim tizimi

Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta’minlaydi.


Maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta’lim muassasasining mol-mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta’lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli ma’lumotlarni “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida Nizom” dan olishinigiz mumkin.



Yüklə 195,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin