1-мавзу. Умумий педагогика- таълим- тарбия назарияси. Умумий педагогиканинг илмий тадқиқот методлари. Reja


Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 51,9 Kb.
səhifə10/13
tarix07.01.2024
ölçüsü51,9 Kb.
#203750
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-мавзу. Умумий педагогика- таълим- тарбия назарияси. Умумий пед-www.hozir.org

Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.



    • Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
    • Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyoti va milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Metod lotincha-mitodos-yo‘l so‘zidan olingan. Ilmiy tadqiqot esa shu metod orqali nazariy, siyosiy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish maqsadida hizmat qiladi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlar foydalanadilar. Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilishdan boshlanadi.


    • Adabiyotlarni o‘rganish metodi. Adabiyotlarni o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma‘rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, Mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviyatiga doir adabiyotlar, O‘zbekiston respublikasi birinchi prezidenti I. A. Karimov asarlari, tadqiqot mavzusiga doir darslik, monografiya, risola va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o‘rganiladi.




    • Kuzatish metodi. Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishda tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish ob‘ektning kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlardan ma‘lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma‘lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishning yakuniy qayd qilishda kinos‘yomka, video yozuvi, televideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin.

Yüklə 51,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin