1-мавзу. Умумий педагогика- таълим- тарбия назарияси. Умумий педагогиканинг илмий тадқиқот методлари. Reja


Pedagogika tarbiyashunoslik fani ekanligi



Yüklə 51,9 Kb.
səhifə7/13
tarix07.01.2024
ölçüsü51,9 Kb.
#203750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
1-мавзу. Умумий педагогика- таълим- тарбия назарияси. Умумий пед-www.hozir.org

Pedagogika tarbiyashunoslik fani ekanligi.



  • Pedagogika tarbiyashunoslik fani ekanligi.
  • Insonni har tamonlama tarbiyalash insoniyatni azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma‘rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka etaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat insoning ma‘rifatli va ma‘naviy komilligiga erishish pedagogika fanining etakchiligida amalga oshiriladi.


  • Pedagogika tarbiya haqidagi fandir. “Pedagogika” grekcha so‘z bo‘lib, “peydogogos”- “bola etaklovchi” ma‘nosini anglatadi. Insonlarni ma‘naviy va ma‘rifiy barkamollikka munosabatlarining o‘zgarib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi-fan sifatida pedagogika dunyo fanlari tizimi qatorida alohida o‘rin egalladi.


  • Pedagogikaning bosh masalasi-tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma‘no ta‘lim, rivojlanish, ma‘lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga etkazishdir.


  • Pedagogika komil insonni tarbiyalashda hayotiy tajribalarga suyangan holda yuksak ma‘naviy mafkurani shakllantiruvchi qonun-qoida, tamoyil va usullarini o‘rgatuvchi xodisalar doirasidagi fandir.


  • Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o‘zining nazariy, milliy va amaliy asoslariga ega.


  • Pedagogikaning nazariy asoslari inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, O‘rta Osiyo va jahon ma‘rifatparvar mutafakkir olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalash, o‘qitishning qonun-qoida va tamoyillariining umumiy qonuniyatlariga asoslanadi




  • Pedagogika fanining maqsad va vazifalari.
  • Kelajak bugundan boshlanadi – deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko‘rsatuvchi ruhiy va ma‘naviy jarayonning qay maqsadga yo‘naltirib, kelib chiqadigan muhim vazifalarni bajarishga bog‘liq. Pedagogika fanining maqsadi tarbiyachi-o‘qituvchilarning ongli faoliyatida o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, uning o‘z ustida ishlashi, intilishi, izlanishi, tanlangan vosita va usullarning qo‘llanishi natijasini ko‘ra bilish kabi tarbiyachilik san‘atini o‘rgatishga qaratilgan.





  • Yüklə 51,9 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin