Quldorlik tuzumi davrida va feodalizmning boshlarida yaratilgan “To‘maris”, “Shiroq”, “Er hubbi”, “Chistoniyali bekk”, “Gershasb”, “Siyovush”, “Rustam” singari qator afsona va qahramonlik dostonlarida mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik, mustahkam e‘tiqodlilik, el-yurt manfaati uchun fidoiylik kabi ijobiy fazilatlar tarannum etilgan va ana shunday fazilatlarga ega bo‘lish zarurligi haqidagi g‘oyalar targ‘ib va tashviq qilingan. Muhimi shuki, mazkur asarlarda insonni yoshligidan aqliy va jismoniy jihatdan tarbiyalab, sabot-matonatli, xalq udumlariga, ajdodlar an‘anasiga bo‘y sunadigan, axloqan pok qilib kamol toptirish masalalariga alohida e‘tibor berilgan. Qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalarining, shu jumladan “Siyovush”, “Zarina va Stringey”, “Sparstra” dostonlarining qimmati, tarbiyaviy ahamiyatini mashhur sharqshunoslardan E. E. Bertel‘s, S. P. Tolstov, I. S. Baraginskiy, V. Snesarev, professor N. M. Mallaev va boshqalarning asarlarida alohida ta‘riflangan. Haqiqatdan, o‘zbek xalq pedagogikasining ilk kurtaklari mazkur manbalarda ko‘zga tashlanadi. Xalq pedagogikasidagi ta‘lim va tarbiyaga doir fikrlar Markaziy Osiyodagi barcha turkiy xalqlar uchun mushtarak lirik she‘rlar va qo‘shiqlarda yaxshi ifodalangan.

Dostları ilə paylaş: |