Aristotelning ta‘kidlashicha, bola 5 yoshidan boshlab 7 yoshgacha kelgusida o‘rganishi zarur bo‘lgan fanlar bo‘yicha darslarga qatnashi kerak. Bu o‘quv predmetlari ona tili, gimnastika, musiqa va rasmdir. Tarbiya gimnastikaga bog‘liq holda boshlanadi. Ammo bunda jismoniy tarbiyaga haddan tashqari berilib ketmasligi kerak. Tarbiyaning maqsadi bolani o‘z bo‘sh vaqtini ongli ravishda o‘tkazishga o‘rgatishdir.
Aristotelning ta‘kidlashicha, bola 5 yoshidan boshlab 7 yoshgacha kelgusida o‘rganishi zarur bo‘lgan fanlar bo‘yicha darslarga qatnashi kerak. Bu o‘quv predmetlari ona tili, gimnastika, musiqa va rasmdir. Tarbiya gimnastikaga bog‘liq holda boshlanadi. Ammo bunda jismoniy tarbiyaga haddan tashqari berilib ketmasligi kerak. Tarbiyaning maqsadi bolani o‘z bo‘sh vaqtini ongli ravishda o‘tkazishga o‘rgatishdir.
Aristotel do‘st orttirish, do‘stlarga nisbatan shavqatli, marhamatli bo‘lishga da‘vat etadi. Uning ta‘kidlashicha, kishi iloji boricha o‘ziga dushman orttirmasligi kerak. Dushmanlik ko‘rsatganga rahamat nazari bilan qarash, dilnavoz bo‘lishi kerak. Shundagina u do‘stlari qatoridan joy oladi.
Yunonistonda pedagogikani rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan mutaffakkir olimlardan biri Demokritdir.U falsafa, matematika, fizika, biologiya, tibbiyot, ruhiyat, san‘atga doir asarlar yaratib, inson shaxsini qaror topishini uning tabiati va tarbiyasiga bog‘liq deb hisobladi. U agar inson o‘qimasa mahorat va donishmandlikka erisha olmaydi deb hisoblagan. Demokrit yoshlarga aql-idroklilik, keksalarga donolik xosligini, aql-idrokni tegishli tarbiya va tabiat baxsh etishini olg‘a surgan
Xalq og‘zaki ijodiyotida tarbiya.
Xalq og‘zaki ijodiyotida tarbiya.
Xalqimiz o‘z tarixiy ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og‘zaki ijodiy meros yaratgan. Xalq og‘zaki ijodiyotida ta‘lim-tarbiyaga oid ilg‘or pedogogik fikrlar ilgari surilgan.
Xalq og‘zaki ijodiyoti asrlar bo‘yi mehnat jarayonida insonni orzusi negizida shakllanib borgan barkamol insonga qaratilgan xalq og‘zaki va yozma yodgorliklarida, ya‘ni ertak, doston, qo‘shiq, topishmoq, tez aytish, masal, matal, maqol, rivoyat va hikoyatlarida o‘z aksini topgan.
Xalq og‘zaki ijodiyoti asta sekin keng tus olib, rivojlanib borgan. Bu zailda insonlarda pedogogik madaniyat va merosga ixlos va intilish vujudga kelgan va unga amal qilina boshlangan.
Xalq og‘zaki ijodiyotida avvalo barkamol inson uchun ilm va hunar zarurligi ta‘kidlanadi. Xalq yaratgan hikoyalarda donishmandlik, aql va zakovat alohida o‘rin egallagan. Ma‘lumki, ota-bobolarimiz qadim zamonlardan yaxshilikni yomonlikka, ma‘rifatni jaholatga, nurni zulmatga qarama-qarshi qo‘yib, hamisha ma‘rifatu ziyoni, adolatu ezgulikni olqishlab kelgan. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” kitobida baxillik, mol-dunyoga hirs qo‘yish, o‘zi och bo‘la turib, saxiylik qilaman, deyish, g‘irromlik va boshqalar qattiq qoralangan, ota-ona, qo‘ni-qo‘shnilarning pandu nasihatlariga quloq solish, og‘zdan yomon so‘zlar chiqarmaslik, doimo kamtar, g‘amginlarning dardiga malham bo‘lishga undagan. Bu kitobda ota-bobolarimizning inson xulqi, odobi, xatti-harakati, turmushdagi urinishlariga doir juda ko‘p pand nasihatlar, ma‘rifiy fikrlar mujassamlangan.