dasturining Power Point grafik dasturida videoslaydlar tayyorlashi kerak bo’ladi.
Bu albatta
o’qituvchidan shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega bo’lishini talab etadi. Bundan
tashqari bunday ma’ruzalarni yoki amaliyot mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maxsus
jihozlangan auditoriyalarni talab qiladi.
Ta’lim tizimida zamonaviy AKTni qo’llash tamoyillari
Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida ham yuqori malakali informatika va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha mutaxassislar yetishib chiqishmoqda,
undan tashqari
matematika, fizika kabi muxassisliklarni bitirganlar ham dasturlash bo’yicha
ma’lum bir qayta tayyorlash kurslarini bitirishsa, ularning intellektual boyligidan dasturiy
mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish natijasida milliy iqtisodimiz rivojlanishiga katta xissa
qo’shish mumkin bo’ladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnik qismini
respublikamizda ishlab chiqarish uchun katta sarmoyalarni
jalb qilish talab qilinadi, bu esa
ham vaqt ham iqtisodiy jihatda maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun ham biz asosan
e’tiborimizni dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarib avvalom bor o’zimizning ichki talabimizni
qondirishimiz va undan keyin eksportga yo’naltirishimiz lozimdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini maktabda ta’lim olishni
boshlagan vaqtdan
boshlab ommaviy ravishda o’qitishni boshlashimiz kerak, chunki bu davrda o’quvchilar
ko’nikmalarga tez erishishadi. Keyingi bosqichda kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar
talabalari uchun maxsus davlat tilidagi multimedia kurslarini ishlar
chiqib joriy qilish
kerakdir. Uchinchi bosqichda, oliy o’quv yurtlari bazasi va qolaversa texnologik parklar
qoshida dasturchilar sinfini shakllantirish kerak bo’ladi. Bundan tashqari, ta’limning barcha
bosqichlarida pilot loyihalarni o’tkazib, uning natijalari asosida kerakli qarorlar qabul qilish
lozim; o’quv jarayoni uchun ishlab chiqilishi kerak bo’lgan dasturiy mahsulotlar davlat
tomonidan to’liq
moliyalashtirilishi kerak; mamlakat darajasida ta’lim resurslarini qamrab
olgan yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish lozim; respublika hududlarida ta’limni
axborotlashtirish darajasini doimiy ravishda tahlil qilib, uning asosida
kerakli qarorlarni qabul
qilish kerakdir.
Ta’limning informatsion-texnik asoslari: zamonaviy informatsion ta’lim
texnologiyalari (Media) yordamida o’qitish va o’qish
Pedagoglarning axborot-texnologik tayyorgarligi bir nechta komponentlarni o’z ichiga oladi.
Ulardan biri axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asoslari va ularni kasbiy
faoliyatda qo’llash metodikasini egallash hisoblanadi. O’zbekiston respublikasi ta’limni
axborotlashtirish yangi konsepsiyasi talaba va pedagoglarni ta’limni axborotlashtirish
sharoitlarida ishlashga tayyorlashni ko’zda tutadi. Shu sababli bilim berishda raqamli ta’lim
resurs(RTR) laridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dostları ilə paylaş: