1. Mavzu: Uzluksiz ta’lim tizimida "Tarbiya" fanining joriy etilishi zaruriyati



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#179939
1   2   3   4
mavzu Tarbiya pdf

Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’quv 
jarayonida qo’llashning istiqbollari bo’lib multimedia-texnologiyalar asosida interaktiv 
ma’ruzalarni tashkil qilish hisoblanadi. 
Ananaviy ma’ruzalar o’qishga nisbatan interaktiv ma’ruzalarda talabalar o’qitish jarayoniga 
faol aralashishlari mumkin bo’lib, unda o’quv materialining turli joyidan savollar berib, aniq 
javoblar olish imkoniga ega bo’ladilar. 
Multimedia-texnologiyalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy 
dasturiytexnik vositalarining mujassamlanishi talabalarning, ya’ni audioaxborot (ovoz), 
videoaxborot va animasiya (multiplikasiya, «tirik video») ko’rinishdagi axborotlarni turli 
xis etuvchi organlari tomonidan qabul qilish darajasini yuksaltirilishini ta’minlaydi. Bu esa 
darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni ta’minlaydi. Shaxsiy kompyuter o’qituvchining 
yordamchisi sifatida ishtirok etadi. O’qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida Microsoft Office 


dasturining Power Point grafik dasturida videoslaydlar tayyorlashi kerak bo’ladi. Bu albatta 
o’qituvchidan shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega bo’lishini talab etadi. Bundan 
tashqari bunday ma’ruzalarni yoki amaliyot mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maxsus 
jihozlangan auditoriyalarni talab qiladi. 
Ta’lim tizimida zamonaviy AKTni qo’llash tamoyillari 
Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida ham yuqori malakali informatika va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha mutaxassislar yetishib chiqishmoqda, 
undan tashqari matematika, fizika kabi muxassisliklarni bitirganlar ham dasturlash bo’yicha 
ma’lum bir qayta tayyorlash kurslarini bitirishsa, ularning intellektual boyligidan dasturiy 
mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish natijasida milliy iqtisodimiz rivojlanishiga katta xissa 
qo’shish mumkin bo’ladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnik qismini 
respublikamizda ishlab chiqarish uchun katta sarmoyalarni jalb qilish talab qilinadi, bu esa 
ham vaqt ham iqtisodiy jihatda maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun ham biz asosan 
e’tiborimizni dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarib avvalom bor o’zimizning ichki talabimizni 
qondirishimiz va undan keyin eksportga yo’naltirishimiz lozimdir. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini maktabda ta’lim olishni boshlagan vaqtdan 
boshlab ommaviy ravishda o’qitishni boshlashimiz kerak, chunki bu davrda o’quvchilar 
ko’nikmalarga tez erishishadi. Keyingi bosqichda kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar 
talabalari uchun maxsus davlat tilidagi multimedia kurslarini ishlar chiqib joriy qilish 
kerakdir. Uchinchi bosqichda, oliy o’quv yurtlari bazasi va qolaversa texnologik parklar 
qoshida dasturchilar sinfini shakllantirish kerak bo’ladi. Bundan tashqari, ta’limning barcha 
bosqichlarida pilot loyihalarni o’tkazib, uning natijalari asosida kerakli qarorlar qabul qilish 
lozim; o’quv jarayoni uchun ishlab chiqilishi kerak bo’lgan dasturiy mahsulotlar davlat 
tomonidan to’liq moliyalashtirilishi kerak; mamlakat darajasida ta’lim resurslarini qamrab 
olgan yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish lozim; respublika hududlarida ta’limni 
axborotlashtirish darajasini doimiy ravishda tahlil qilib, uning asosida kerakli qarorlarni qabul 
qilish kerakdir. 
Ta’limning informatsion-texnik asoslari: zamonaviy informatsion ta’lim 
texnologiyalari (Media) yordamida o’qitish va o’qish 
Pedagoglarning axborot-texnologik tayyorgarligi bir nechta komponentlarni o’z ichiga oladi. 
Ulardan biri axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asoslari va ularni kasbiy 


faoliyatda qo’llash metodikasini egallash hisoblanadi. O’zbekiston respublikasi ta’limni 
axborotlashtirish yangi konsepsiyasi talaba va pedagoglarni ta’limni axborotlashtirish 
sharoitlarida ishlashga tayyorlashni ko’zda tutadi. Shu sababli bilim berishda raqamli ta’lim 
resurs(RTR) laridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin