1. Mavzu: Uzluksiz ta’lim tizimida "Tarbiya" fanining joriy etilishi zaruriyati



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#179939
1   2   3   4
mavzu Tarbiya pdf

RTRlarga Internetdagi ta’lim resurslari, elektron darslik, elektron qo’llanmalar, elektron 
kutubxonalar hamda MS Office paketi va boshqa dasturlar asosida tayyorlangan va 
raqamli tashuvchida muhrlangan axborotlar kiradi
Ta’limi uchun bugungi kunda quyidagi muammolar dolzarb hisoblanadi: 
1.
Zamonaviy RTRlarni yaratish, tarqatish va o’quv jarayonida asosli qo’llash. 
2.
O’quv jarayonida RTRlardan samarali foydalana oladigan pedagogik kadrlarni 
tayyorlash. 
Darsni RTRlar asosida loyihalash o’z ichiga to’rtta bosqichni oladi: 

birinchi bosqichda raqamli resurslardan foydalanish zaruriyati asoslanadi; 

ikkinchisi texnologik bosqich bo’lib, unda pedagog dars turi (dars-tadqiqot, dars-
taqdimot, virtual ekskursiya, amaliy ish va h.k.), dasturiy va apparat (lokal tarmoq, Internetga 
chiqish, multimediali kompyuter, dasturiy vositalar) ta’minotni aniqlaydi; 

uchinchi bosqichda dars tuzilmasidagi asosiy elementlar ajratiladi, turli komponentlar 
(o’qituvchi-o’quvchi-RTR-o’quv materiali) orasidagi o’zaro aloqa usullari tanlanadi; 

to’rtinchi bosqichda o’rganuvchilarning joriy psixologik holati, bilim darajalari hamda 
faoliyatlarning eng maqbul ketma-ketligi aniqlanadi . 
Turli umumta’lim va kasbiy fanlarni o’qitishda RTR larni qisman qo’llashga qaramasdan, 
ulardan samarali foydalanish sohasida pedagog kadrlarning malakasini oshirish va tayyorlash 
optimal tizimini tanlash masalasi yechimini topmay qolmoqda. 
Shuning uchun o’qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish RTRlarni 
amalda qo’llash va o’quv yurti axborot muhitini loyihalash tajribasini o’zlashtirishga 
yo’naltirilgan amaliy, loyihaviy xarakterda bo’lishi lozim. 
Ma’lumki bugungi kunda kompyuter raqamli format hisobiga axborotni barcha ma’lum 
bo’lgan usullarda taqdim etishni ta’minlaydi. Xuddi shunday u bitta tashuvchida ta’limiy 
jarayon hamma komponentalarining o’quv-metodik ta’minotini birlashtirishi mumkin. 


Umumta’lim muassasalarida yangi o’quv mahsulotlarini tadbiq etish pedagoglarning 
malakasini oshirish va metodik qo’llab-quvvatlash butun ta’lim jarayonini qayta qurish bilan 
olib borilishi zarur. 
Hozirgi zamonda ta’lim tizimi sifatli RTRlarga kuchli ehtiyoj sezmoqda. Amaliyotda ularni 
qo’llash quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: 
1.
O’rganuvchilarning mustaqil ravishda bilimlarni olish bo’yicha turli-tuman 
faoliyat shakllarini tashkil qilish. 
2.
Turli xildagi o’quv faoliyatini amalga oshirish jarayonida zamonaviy axborot va 
telekommunikasion texnologiyalarning barcha imkoniyatlaridan foydalanish, jumladan: 
qayd qilish, yig’ish, saqlash, axborotni qayta ishlash, interfaol muloqot, obyekt, hodisa, 
jarayonlarni modellashtirish, virtual laboratoriyalar va boshqalar. 

O’quv jarayoniga assosiativ bilan bir qatorda multimedia texnologiyalari, virtual 
haqqoniylik, gipermatn va gipermedia tizim imkoniyatlariga tayanib oniy axborotni olib 
kirish. 

O’rganuvchilarning intellektual imkoniyatlari hamda ularning bilim, uquv, ko’nikma, 
mashg’ulotga tayyorlik darajasini obyektiv baholash va tashhis qo’yish. 

Har bir o’quvchining intellektual darajasiga mos holda ularning o’quv faoliyatini 
boshqarish. 

O’rganuvchilarning individual mustaqil o’quv faoliyatini amalga oshirishlari uchun 
sharoit yaratish, o’zini o’qitish, rivojlantirish, takomillashtirish, safarbar qilish ko’nikmalarini 
shakllantirish. 

Pedagoglar, o’rganuvchilar va ota-onalarni ta’lim mazmuni va maqsadlariga mos 
bo’lgan dolzarb, o’z vaqtidagi axborot bilan tezkor ta’minlash. 

O’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagog, o’rganuvchi va ota-onalarning 
doimiy va tezkor muloqoti uchun zamin yaratish. 
O’quvchilarni attestasiyadan o’tkazish uchun an’anaviy shakldan (RTRlar tizimi yordamida 
tayyorlangan nazorat ishlari va testlar) yoki interaktiv kompyuter shaklidan (kompyuterlar 
soni yetarli bo’lganda) foydalanish mumkin. Masalan, o’rganuvchilarning bir qismi qog’ozda 
qo’lda tekshiriladigan murakkab vazifalarni bajaradi, qolganlar esa bu vaqtda kompyuterli 
testdan o’tadi, so’ngra ularning o’rni almashadi. Katta hajmdagi savol va masalalar 
o’quvchilar attestasiyasini qisman avtomatlashtirish imkonini beradi. 



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin