1-mavzu. Xalq pedagogikasi fanining predmeti va maqsadi reja


-masala. Xalq pedagogikasi fanining metodologik asosi va



Yüklə 55,86 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü55,86 Kb.
#204953
1   2   3   4   5   6   7   8
1 mavzu Xalq pedagogikasi fanining predmeti va maqsadi reja fayllar

3-masala. Xalq pedagogikasi fanining metodologik asosi va 

uning boshqa fanlar bilan aloqasi 
Xalq pedagogikasi fani o’z faoliyati jarayonida ma‘lum qoida va qonuniyatlarga tayanib 
ish kuradi. Mazkur qoida va qonuniyatlar, g’oyalar fanning harakat va faoliyat traektoriyasi
(chizig’i) ni belgilab beruvchi metodologik asoslari hisoblanadi. Ular yоrdamida u jamiyat 
talablariga ko’ra o’z oldiga quyilgan maqsad va vazifalarni ҳal qilishga erishadi.
Etnopedagogika fanining metodologik asosini Prezidentimiz asarlarida olg’a surilgan 
milliy, madaniy merosni asrab-avaylash, ularni o’rganish, yanada boyitib kelajak avlodlarga
meros qoldirish haqidagi fikrlar; falsafaning jamiyat, shaxs, ong va ularni tarbiya vositasida 
o’zgartirish mumkinligi haqidagi qonuniyatlari; buyuk ajdodlarimizning pedagogik qarashlari;
komil insoni tarbiyalash, shakllantirish va rivojlantirishga dior diniy ta‘limotlar tashkil etadi.
Etnopedagogika manbalari tizimi (afsonalar, rivoyatlar, dostonlar, qo’shiqlar, aytishuvlar,
tortishuvlar, allalar, yallalar, topishmoqlar, maqollar, matallar, o’lanlar, madҳiyalar, marsiyalar, 
marosim, aytimlari, xalq o’yinlari va b...)ni ko’zdan kechirganimizda yuqoridagi fikrlarning
to’g’riligi ayon bo’ladi. Chunonchi, barcha manbalarda, agar ular musulmon dini tarqalgan 
ҳududlarda yaratilgan bo’lsa, etnopedagogik asarlar qaҳramonlari diniy tushunchalarga ishonadi,
shariat qonunlaridan chetga chiqmaydi, milliy tarbiya sifatlariga ega bo’ladi.
Etnopedagogikaning barcha manbalarida tasvirlangan pedagogik fikrlarda, qaҳramonlar
dunyoqarashlarida inson barcha hayotiy muammolarni, orzu-umidlarini faqat ilm-ma‘rifatni 
eagallash, ezgu amallar, mehnat va yaratuvchilik, do’stlik va hamkorlik, go’zal ma‘naviy-
axloqiy sifatlarni egallash yordamida amalga oshirish mumkinligi haqidagi g’oya olg’a suriladi. 
Shuning uchun bugungi milliy istiqlol davrida xalq pedagogikasi durdonalarini o’rganish g’oyat
muhimdir. Chunki: “Kelajakda o’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina 
emas, balki bilimdon, ma‘naviy yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim,”-


deganida Prezidentimiz haq edi. (Karimov I.A. Ilm-fan imkoniyatlaridan to’laroq foydalanaylik.


“o’qituvchilar gazetasi”. 1989 yil, 2 dekabr).
Buyuk mutafakkirlarimizning pedagogik qarashlari mazmuniga xalq pedagogikasi
g’oyalari singib ketgan. Forobiyning “Fozil odamlar shaҳri”, Beruniyning “Qadim xalqlardan 
qolgan yodgorliklar”, Ibn Sinoning “Tadbiri manozil”, “Donishnoma”, Yusuf Xos Ҳojibning
“Qutadg’u bilig”, va boshqa asarlarida xalq pedagogikasi elementlaridan unumli foydalanilgan. 
Xalq pedagogikasi boshqa fanlar bilan ham yaqin aloqada faoliyat ko’rsatadi. Chunonchi,
tarix, etnografiya, adabiyot, sotsiologiya, san‘at, madaniyatshunoslik fanlarini shu toifaga kiritish 
mumkin. Pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi barcha fanlar, psixologiya, fiziologiya, gigiena
fanlari bilan hamkorlikda rivojlanib boradi.
Xalq pedagogikasida dunyoning moddiyligi, ijtimoiy hodisalarning o’zaro bog’liqligi,
sabab va oqibatlari, shakl va mazmun birligi, qarama-qarshi kuchlar kurashiga doir falsafiy 
qonuniyatlarga amal qilinganligi yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Masalan, “Har bir
qiyinchilikning rohati ham bor”, “Oldinga ketgan ҳalinchak orqaga ham qaytadi”, “Quvonch 
kelmasdan qayg’u ketmas”... kabi ifodalar shular jumlasidandir.
Xalq bola fe‘li va ruhiyatini go’dakligidan kuzatish oqibatida uning axloqiy sifatlarini bilib 
olgan. Shuning uchun tarbiyani ona qornidayoq boshlash lozimligini tavsiya etgan. Chunonchi,
“Bola boshidan, meva ko’chatidan bilinadi”, “Bolani beshikdan tarbiyalash kerak”, “Uch 
yoshlining amali sakson yoshda ham saqlanadi” kabi maqollar va hikmatli so’zlar fikrimizning
dalilidir. 



Yüklə 55,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin