1-mavzu. Xalq pedagogikasi fanining predmeti va maqsadi reja


Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari



Yüklə 55,86 Kb.
səhifə7/8
tarix07.01.2024
ölçüsü55,86 Kb.
#204953
1   2   3   4   5   6   7   8
1 mavzu Xalq pedagogikasi fanining predmeti va maqsadi reja fayllar

5.Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari 

Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq tarbiya tajribasidan joy
olgan eng ilg‘or pedagogik bilimlar, malaka va ko‘nikmalar, zamonaviy o‘quv dargohi va oila 
tarbiyaviy tizimida yoshlarni tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etish uchun qulay
shartsharoitlami yaratish tushuniladi. Masalan, xalq maqollarining tarbiyaviy imkoniyatlari 
tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqadi. Tarbiyaning asosiy maqsadi esa har tomonlama
yetuk inson, yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir. Chunonchi, xalq pedagogikasi 
qadriyatlari ma’naviy yetuk, malakali mutaxassislarni tayyorlash, barkamol shaxs tarbiyasi
hamda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish imkoniyatlarini yaratib beruvchi manbadir. 


Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalqning yoshlarga bilim va
amaliy ko‘nikmalar berish, ularni ijodiy ishlash uslublari bilan qurollantirish, dunyoqarashlarini 
o‘stirish, axloqiy nafosat g‘oyalarini egallashlarida qo‘llab kelgan empirik pedagogic tajribasini
zamonaviy milliy ta’lim jarayonida qo‘llash uchun qulayligi tushuniladi. Masalan, milliy amaliy 
san’atga o‘rgatish uslubiyotini xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga kiritish
mumkin. Xususan, ganch va yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik, musiqa asboblarini yasash, 
kulolchilik va boshqa amaliy san’at turlarini egallashning xalq ustalari va chevarlari tomonidan
tajribada yaratilgan o‘z usullari, uslub va vositalari mavjud. 
Nazariy bilimlami o'zlashtirishda kundalik hayotdagi tanish hayotiy voqealami misol
tariqasida qo'llash o‘quvchilarning faolligini oshiradi, bilimlarini mustahkamlaydi va 
dunyoqarashini kengaytiradi. Xulosa qilib aytganda, milliy ta’lim-tarbiya xalq pedagogikasi
an’analari asosida o‘qitish va tarbiyalashdan boshlanadi. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy 
imkoniyatlaridan ta’lim-tarbiya tizimining barcha tarkibiy qismlarida foydalanish mumkin.
Milliy tarbiya an’analarining didaktik imkoniyatlari asosan o‘qitish jarayonida qo‘llaniladi. 
Ko‘pgina fan o‘quv dasturlari va darsliklarida xalq donishmandligidan olingan va boy tarbiyaviy
ahamiyatdagi mavzular hamda o‘quv materiallari berilgan. Buni maktabning boshlang‘ich 
sinfidan tortib to oliy ta’limning bakalavriat va magistratura yo‘nalishlaridagi fanlami
o‘rganishda ko‘rish mumkin. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi ≪ 0 ‘zbek 
tili
≫, ≪Vatan adabiyoti≫ kabi darsliklarida atroflicha yoritilgan xalq og‘zaki ijodiyoti, o‘zbek 

adabiyoti klassiklari asarlari xalq pedagogikasi manbalari sifatida chuqur tarbiyaviy


imkoniyatlarga ega. Xalq og‘zaki ijodi namunalari va o‘zbek mutafakkirlari asarlari bilan 
yoshlami tanishtirishda o‘qituvchi yorqin badiiy obrazlarga asosiy e’tiborini qaratishi zarur.
O‘quvchilar esa bu obrazlami qabul qilishlari, tushunishlari va his etishlari kerak. Zero, badiiy 
obraz orqali o‘quvchilarda turli hissiyotlarni vujudga keltirish mumkin. Masalan, ≪Farhod va
Shirin

≫ dostonini o‘rganishda Farhodning jasoratli mehnatiga tan berish, Shirinning vafodorligi




va go‘zalligiga lol qolish, Xisravning yovuzligi va makkorligiga g‘azablanish kechinmalari


uyg‘otiladi. 0 ‘zbek tili darsliklarida o‘zbek adabiy tili me’yorlarini o‘rganishda, grammatik 
qoidalarni egallashda chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega boigan folklor asarlari, ya’ni dostonlar,
rivoyatlar, qo‘shiqlar, ertaklar, maqollar, naqllar, hikmatli so‘zlar va hokazolardan tuzilgan 
misollardan iborat mashqlar qo‘llaniladi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida
o‘tiladigan tarix darslarida turli tarixiy davrlarda xalqimizning milliy urf-odatlari va an’analari, 
me’morchiligi va amaliy san’ati, hamda fan va madaniyatning boshqa sohalari qanday
rivojlanganligi haqidagi qator bilimlar o‘zlashtiriladi. Bunday bilimlar o‘quvchilar 
dunyoqarashini kengaytiribgina qolmay, ularda axloqiy nafosat xususiyatlarini shakMantirishga,
vatanparvarlikni tarbiyalashga ko‘maklashadi, ya’ni xalq tarixi – milliy ongning bir bo‘lagi 
sifatida o‘quvchilarning har tomonlama yetuk inson bo iib shakllanishlarida muhim ahamiyatga
ega bo‘ladi. Biz o ‘zbek tili, adabiyoti, tarix darslari misolida gumanitar fanlar mazmunida xalq 
pedagogikasini qo‘llashning imkoniyatlari haqida so‘z yuritdik. Lekin aniq fanlami o‘qitishda
ham o‘quv materiali mazmunining tarbiyaviy xususiyatlarini aniqlash va ulardan yoshlar 
tarbiyasida foydalanishga ko‘proq ahamiyat berish talab etiladi, zero barkamol shaxsni
shakllantirish uchun tarbiyaga kompleks yondashish zarur. 
Avvalo, aniq fanlarda darsning didaktik maqsadlarga erishishining o‘zi o‘quvchilar
tarbiyasiga bevosita ta’sir ko'rsatadi. Aniq fanlami o‘qitish jarayonida amalga oshiriladigan 
tarbiyaviy ishning asosiy vazifalaridan biri - o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirishdir. Masalan, fizika, biologiya, geografiya va boshqa aniq fanlar bo‘yicha darslar 
davomida aniq tabiiy qonuniyatlar, hodisalar, jarayonlami tushuntirish orqali ulardagi eng
umumiy belgilar, sifatlar va xossalar yoritib beriladi. Jumladan, fizika darslarida materiya haqida 
tushuncha berishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri - topishmoqlardan keng foydalanish
mumkin. 0 ‘quvchilarga fizik hodisalar yoki osmon jismlari haqida topishmoq tarzida aytib 
berish havola etiladi. Masalan:
Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas. (Osmon) 
Uzoq tog‘da o‘t yonar. (Quyosh)
Shu o‘rinda U.Gadoyboev, K.Yo‘ldoshevlarning ≪Fizika darslarida xalq maqol va 
masallaridan foydalanish
≫ xususidagi maqolasiga murojaat etish mumkin. Astronomiyani 
o‘rganishda buyuk alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va asarlari, biologiya darslarida Abu Ali
Ibn Sino asarlari, matematikada Al-Xorazmiy, Umar Hayyomning hayoti va asarlarini, falsafiy 
she’rlar bilan qo‘shib o‘rganish ham katta samara beradi. Aniq fanlar, xususan iqtisodiyotga oid
fanlarni o‘qitishda avloddan -avlodga o‘tib kelayoxgan xarid qilish, mahsulotni xaridorgir qilib 
tayyorlash, raqobatga bardosh berish, savdo usul lari, tejamkorlik haqidagi ma’lumotlami o‘zbek
xalq maqollari, diniy ta’limotlar, hadislardan namunalar keltirib berilsa, yoshlaming g‘oyaviy-
siyosiy va iqtisodiy tarbiyasi samarali boiadi. ? Shu o‘rinda barcha fanlarni o‘qitishda mehnat
tarbiyasining ham o‘mi katta ekanligini ta’kidlash joiz. Yoshlarda ijtimoiy foydali mehnatga 
hurmatni tarbiyalash, ya’ni uni mehnat qilishga ruhan tayyorlash o‘zgalar mehnatini e’zozlash,
ularda mehnatsevarlik, chidamlilik, tirishqoqlikni shakllantirish - mehnat tarbiyasining asosiy 
vazifalaridan biridir. Bunda buyuk allomalar asarlariga murojaat etish ham o‘rinlidir. Jumladan,
Forobiyning 
≪Buyuk ishlarning naqllaridan≫ asarida shunday yozilgan: ≪Qiyinchilik va


tajribasizlik barcha xulqiy va fikriy fazilatlar oldida ko‘ndalang turadi, umuman, har qanday


hunami o‘rganishda o‘ziga yarasha qiyinchilik bor≫. 
Shu o‘rinda yoshlaming yosh xususiyatlarini hisobga olib, mehnatsevarlik haqidagi xalq
og‘zaki ijodi namunalaridan ko‘plab misollar keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Yoshlaming bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda ham xalq pedagogikasi
manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bunda o‘quv fanlari bo‘yicha turli to‘garaklar, 
tematik kechalar, muloqotlar, savoljavob kechalari, tanlovlar, olimpiadalar, sayohatlar,
≪Quvnoqlar va zukkolar≫ bellashuvlarini tashkil qilish lozim. Xalq pedagogikasi asosida tashkil 
qilinadigan yuqoridagi kabi tadbirlaming yagona talabi: mashg‘ulotlar ma’lum maqsadga
yo'naltirilgan va mazmuni hayot bilan bog‘liq bo‘lishi hamda tizimli olib borilishi, 
mashg‘ulotlarda yoshlar faoliyati xilma-xil va yangi ma’lumotlar, bilimlar, malakalar va
ko‘nikmalarni egallashdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Axloqiy mavzuda o‘tkaziladigan 
munozaralar, savol-javob kechalari, yoki o ‘zbek xalqi tarixi va madaniyati bo‘yicha ko‘rik-
tanlovlar o‘quvchilarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashga katta imkoniyatlar yaratadi. 
Xususan, pedagogika va psixologiya mutaxassisligini mukammal egallashda ham xalq
pedagogikasining o'rni beqiyos, 
≪Pedagogika tarixi≫, ≪Pedagogik konfliktologiya≫, ≪Oila
pedagogikasi
≫, ≪Pedagogik korreksiya≫, ≪Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi≫, ≪Ijtimoiy
pedagogika
≫ kabi pedagogika yo‘nalishidagi hamda psixologiya shaklidagi qator fanlarni
o‘qitishda ham xalq pedagogikasi manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bu esa har bir fan 
o‘qituvchisidan o‘z kasbiga, mehnatiga vijdonan yondashishni va uning shaxsiy namunasini
talab qiladi. Zero, o‘zbek xalq pedagogikasi, uning manbalari, tarbiyaviy va didaktik 
imkoniyatlarini har bir fan o ‘qituvchisi avvalo o‘zi yaxshi o‘zlashtirib olishi, bunda fanni
o‘qitish metodikasi bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalariga asoslanishi lozim bo‘ladi. 



Yüklə 55,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin