1-mavzu. Xalq pedagogikasi fanining predmeti va maqsadi reja



Yüklə 55,86 Kb.
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü55,86 Kb.
#204953
1   2   3   4   5   6   7   8
1 mavzu Xalq pedagogikasi fanining predmeti va maqsadi reja fayllar

Internet saytlari: 
www.pedagog.uz
www.edu.uz

www.ziyo.edu.uz


www.gov.uz





1-masala. Xalq pedagogikasi fanining predmeti, 

maqsadi va vazifalari 
Insoniyat tarixining har bir bosqichida rivojlanish yo‘nalishi ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning metodologik birligi qonuniyati asosida belgilangan. Ushbu qonuniyat jamiyatda
hukm surgan ijtimoiy-iqtisodiy qarashlar, g‘oyalar va ideallar asosida ijtimoiy ong shakllari 
bo‘lgan fan, san’at, madaniyat, ishlab chiqarish va turmush tarzi rivojlanishiga omil bo‘lgan. Shu
tariqa tarixiy taraqqiyot davomida barkamol shaxsni tarbiyalash va voyaga yetkazish yuzasidan 
to‘plangan boy ma’naviy meroslar xalq pedagogikasida o‘z ifodasini topib borgan.
Demak, bo‘lg‘usi pedagog kadrlami tayyorlashda aynan shu ma’naviy meros - xalq 
pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid asosiy g‘oyalari bilan tanishtirish orqali ularda pedagogik
faoliyatda samarali ; foydalanishga zamin tayyorlaydigan bilim, ko‘nikma va malakalarni 
egallashlariga asosiy e’tibomi qaratishimiz zarurdir. Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek
xalqi va uning madaniyma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida rivojlandi, tarbiya g'oyalari turli 
davrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini o‘zida mujassamlashtirdi.
Xalqimiz yaratgan ana shu ma’rifiy fikr va g‘oyalar, ta’limtarbiyaga oid boy meros 
minglab avlodlarni umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyaladi. Demak, ajdodlarimiz merosi
bolgan xalq pedagogikasini xalq donishmandligi va odobnomasining nodir sohasi deyilishi bejiz 
emas. Xalq pedagogikasi asrlar davomida avlod-ajdodlarimizning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi
va kamolotida muhim o‘rin tutgan. Chunonchi, xalq o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik 
qarashlari, falsafiyaxloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy xulosalarini xalq
pedagogikasida aks ettirgan. Xalq pedagogikasining muhim yo‘nalishi milliy tarbiyani amalga 
oshirishdir, muhim xususiyatlaridan biri esa millatga xos boMgan xususiyatlarning saqlanishini
ta’minlash sanaladi. 
Shuni qayd etish kerakki, xalq pedagogikasidagi pedagogik qarashlar, allomalarimiz
tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va o‘qituvchining insoniy fazilatlari va kasbiy 
tayyorgarligi haqidagi bildirilgan fikrlar hozirgi kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan.
Insoniyat jamiyatining barcha bosqichlarida barkamol shaxsni voyaga yetkazish dolzarb 
muammolardan biri bo‘lib kelgan. Xalqimiz pedagogik qarashlarining tahlili bu borada juda boy
ma’naviy - ma’rifiy meros mavjudligini ko‘rsatadi. Demak, bo‘lg‘usi pedagogik kadrlami 
xalqimizning ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha to‘plagan boy ma’naviy-ma’rifiy
meros va pedagogik qarashlari bilan tanishtirish ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini 
orttirishga zamin tayyorlaydi.


Yüklə 55,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin