3. Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari
Korxona va tashkilotlarda mavjud mablag‘lar faoliyat ko‘rsatish davomida o‘zining tuzilishinigina emas, balki miqdoriy holatini ham o‘zgartirib boradi. Hisob turlarini to‘g‘ri belgilash kuzatilayotgan hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri nazorat qilish imkonini berish bilan birga, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni ta’minlaydi.
Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchov birligi kuzatilayotgan jarayonni tashkil qilish, uning oldiga qo‘ygan maqsadiga ham bog‘liqdir. Iqtisodiy informatsiyalarni qayta ishlash, ularni tartibga solishda, xo‘jalik faoliyatini boshqarishda o‘lchov birliklaridan to‘g‘ri foydalanish talab qilinadi.