O‘zbekiston Respublikasida «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi hisobga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirishga, uning ilg‘or usullarini ishlab chiqarishga joriy qilishni talab
O‘zbekiston Respublikasida «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi hisobga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirishga, uning ilg‘or usullarini ishlab chiqarishga joriy qilishni talab qilmoqda.
Respublikada buxgalteriya hisobini takomillashtirish maqsadida, uni xalqaro standartlar asosida tashkil qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Iqtisodiyot oldidagi ustuvor vazifalarni amalga oshiradigan buxgalteriya hisobining ahamiyati kattadir.
Bozor munosabatlariga o‘tish iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xalq xo‘jaligining boshqaruvi va korxonalar faoliyatini nazorat qilishda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish talab qilinadi. Bu borada bir qator ishlar, shu jumladan, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun, xalqaro buxgalteriya hisobi andozalariga asosan milliy buxgalteriya hisobi andozalari ishlab chiqildi, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom (1999-yil 5.02. 54-son qarori) tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yangi schotlar rejasi tasdiqlandi.