1-mavzu: yangi davrda osiyo va afrika mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishi asosiy yo’nalishlar va tendensiyalar



Yüklə 46,03 Kb.
səhifə3/3
tarix22.05.2023
ölçüsü46,03 Kb.
#119682
1   2   3
1 Mavzu YANGI DAVRDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARINING IQTISODIY

sharq despotizmi deb ataydilar.
SHarq davlatlari hukmdorlari o‘z boyliklarini saqlab qolish va ko‘paytirish uchun birinchidan, o‘zlari uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xususiy tashabbusni cheklab qo‘yardilar, ikkinchidan, o‘z fuqarolari va yaqin qo‘shni davlatlarga nisbatan harbiy-siyosiy va mafkuraviy taziyqni har tomonlama kuchaytirar edilar. X1 asr oxirida Xitoyning harbiy xarajatlari YAIMning 3-6 foizini tashkil etardi.
Abbosiylar xalifaligi davrida harbiy xarajatlar al-Mansur, Xorun ar-Rashid va al-Ma’mun davrida (754-833 yy) mamlakat milliy mahsulotining 6-7 foizini tashkil qilgan. Salohiddin davlatida uchinsi salib yurishi davrida (1189-1192) harbiy xarajatlar milliy mahsulotning 8-10 % idan kam bo‘lmagan. Usmoniylar imperiyasida sulton Sulaymon I Qonuniy davrida (1520-1566) ham harbiy xarajatlar shunga teng bo‘lgan. Hindistonda Boburiylar imperiyasida harbiy xarajatlar 1595-1605 yillarda 12-15 % dan 1680-1688 yillarda 18-23 % ga etgan. 1680-1688 yillarda Hindiston aholisining 25 foizi bevosita qurolli kuchlar safida xizmat qilgan.
G‘arbiy Yevropada esa aynan shu davrda harbiy xarajatlar milliy mahsulotning 5-10 foizidan oshmagan. Masalan, Angliyada bu ko‘rsatkich 1688 yilda 5-6 % ni tashkil qilgan.
YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, SHarq mamlakatlarida harbiy xarajatlar, ya’ni amalda ishlab chiqarishga aloqasi bo‘lmagan xarajatlar G‘arb davlatlariga nisbatan bir necha marta yuqori bo‘lgan.
SHarq mamlakatlari aholisi yuqori tabaqalarning o‘zboshimchaligi, ochko‘zligi va tekinxo‘rligidan aziyat chekib qolmasdan, yana hokimyatning fuqarolar ehtiyojlariga befarqligi va faoliyatsizligidan ham aziyat chekardi. Oddiy xalq turli xil ofatlardan (ko‘chmanchilar bosqini, ochlik, kasallik, talonchilik va b.) himoya qilinmasdi. Yevropada esa bu sohada birmuncha ishlar amalga oshirilgan edi (ochlarga yordam, kasallik davrida karantin o‘rnatish va b.).
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida davlat XIII-XVI asrlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun infrastruktura komponentlarini shakllantira boshladi (shu asosda merkantilizm tizimi shakllandi). Lekin SHarq mamlakatlari bunday siyosatni amalga oshira olmadilar. XVI - XVII asrlardan boshlab SHarq mamlakatlari transport vositalarini rivojlantirish (kemasozlik, portlar, yo‘llar, kanallar qurilishi) va kommunikatsmyalar tizimini (kitob chop qilish, savodxonlikni kuchaytirish) rivojlantirish sur’atlari bo‘yicha Yevropa davlatlaridan orqada qola boshladi.
Ekspansionistik siyosat olib borayotgan G‘arbiy Yevropa davlatlari ichki va davlatlararo munosabatlarni rag‘batlantirib, tayyor mahsulotni chetga chiqarishni qo‘llab-quvvatlab turgan bo‘lsa, SHarq mamlakatlari so‘nggi o‘rta asrlarda u yoki bu darajada ajralib qolish yoki tashki iqtisodiy aloqalar olib borishni cheklab qo‘yish siyosatini olib bordilar (“yopib qo‘yish”siyosati).

XVI asrdan SHarq va G‘arb o‘rtasida uzluksiz davom etgan qarama-qarshi turish boshlandi. VIII – IX asrlarda islom va xristianlik ko‘rinishi shaklidagi bu qarama-qarshilik ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi, ayniqsa O‘rtaer dengizi mintaqasida harbiy-diniy kurash xarakteriga ega bo‘ldi. IX - XIII asrlardagi salib yurishlari Yevropani musulmon SHarqi madaniyati va boshqa qadriyatlari bilan tanishtirib, shu bilan birga ular o‘rtasidagi kurashni kuchaytirdi. Lekin bu kurashning asosiy sababi sivilizatsiyalar yoki boshqa farqlar emas edi. Bunda ikkita dunyo dinlari o‘rtasidagi mafkuraviy-g‘oyaviy raqobat asosiy rol o‘ynadi. Keyinchalik bu kurash yanada kuchayib, hatto va siyosiy sohalardagi raqobatlarni ikkinchi o‘rinlarga surib qo‘ydi.


O‘zaro dushmanlikni yanada kuchaytirgan yana bir sabab bu qaroqchilik edi. Qaroqchilik butun-butun mamlakatlarning sohil bo‘ylaridagi tinch hayotni izdan chiqarib, vayronaga aylantirar, savdo-sotiqni barbod qilar, gullab turgan shaharlarni vayronaga aylantirar, garovga olish va qul savdosining eng shafqatsiz shakllarini yuzaga keltirardi. Lekin Yevropaliklar ongida o‘rnashib qolgan fikrlarga qarama-qarshi, bu boradagi tashabbus musulmonlarga emas, Yevropaliklarga tegishli edi. Arablar uzoq vaqtlar mobvynida dengizda suzish bo‘yicha zaif edilar, faqat normanlar va vizantiyaliklardan ko‘p narsalarni o‘rganib, XI asrdan boshlab qaroqchilikni boshlab yubordilar. Lekin o‘sha vaqtlarda bu ish bilan Gretsiya ham, Venetsiya ham, Kataloniya ham shug‘ullanardi.
SHarq mamlakatlarining XVI - XIX asrlarda G‘arbga nisbatan katta ustunlikdan undan xuddi shunday darajada orqada qolishi jaranidagi ijtimoiy evolyusiyasi dramatik, ba’zi hollarda fojiali xarakterga ega bo‘ldi. Bu orqada qolishning manbalari, sur’atlari va hatto mohiyatli tomonlari borasida uzoq vaqtlardan beri bahs-munozaralar davom etmoqda. Ko‘plab tarixnavislar, ayniqsa SHarq milliy tarixnavislari SHarq mamlakatlarining orqada qolishning asosiy, ba’zan yagona sababi sifatida G‘arb davlatlarining bosqinchilik siyosati va uning natijasida ular tomonidan SHarq xalqlarining shafqatsiz asoratga solinishi, bu erdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning vayron qilinishi, qashshoqlashish, ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy-texnikaviy emirilish deb ko‘rsatadilar.
Albatta, bu ham haqiqat. Lekin SHarqdagi barcha kulfat-balolarni faqat mustamlakachilik siyosati va umuman “tashqi” omil bilan tushuntirib bo‘ladimi. SHarq mamlakatlari mustamlakachilik davridan oldin ham o‘zaro tez-tez va ko‘p martalab qirg‘inbarot urushlarni olib borganlar, bu urushlar natijasida aholi, xalq xo‘jaligi va madaniyat halokat yoqasiga kelib qolgan (ba’zan esa yo‘q qilingan). Lekin bu voqealar SHarq mamlakatlarini XIX oxirlarida ro‘y bergan ijtimoiy holatga olib kelmagan. Boshqacha qilib aytganda, “tashqi” ta’sir, shu jumladan mustamlakachilik omili ham, SHarq xalqlari taqdirida sezilarli rol o‘ynasada, hal qiluvchi rol o‘ynamagan.
Yevropa va Amerikadagi ko‘pchilik SHarq masalalari tadqiqotchilari SHarqning orqada qolishini SHarq jamiyati taraqqiyot yo‘lining G‘arb jamiyati taraqqiyot yo‘lidan boshqacha yo‘ldan borishi bilan izohlashga harakat qiladilar. Lekin bu borada ham yakdillik yo‘q. Buning ustiga bu boradagi qarashlar turli-tuman, hatto bir-biriga qarama-qarshi qarashlar ham mavjud. Sovet, rus tarixshunosligida esa yaqin-yaqingacha “formatsiyachilar” va “sivilizatsiyachilar” o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralar davom etgan.
“Formatsiyachilar” ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning tarixiy almashinuv nazariyasidan kelib chiqib, SHarq mamlakatlari feodalizmning “boshi berk” ko‘chasiga tushib qolib, ma’lum bir tarixiy muddatlarda o‘z taraqqiyot yo‘lidagi feodalizm to‘siqlarini bartaraf eta olmay, tashqaridan mustamlakachilar tomonidan o‘z an’anaviy tuzumlarini zo‘ravonlik bilan sindirib tashlashga mahkum etilgan edilar. Ana shu davrdan SHarq jamiyatlarining mustamlakachilik va undan keyingi davrlardagi evolyusiyalari to‘g‘risidagi turlicha nazariyalar yuzaga kelgan.
Sivilazatsiyalashgan yondoshuv tarafdorlari bu masalaga boshqacha yondashadilar. Ular uchun eng avvalo asosiy ma’naviy omillar va shu asosda jamiyatni formatsiyali o‘lchovlar asosida emas, balki ma’lum ma’noda jamiyatni o‘zgarmas ijtimoiy – madaniy organizm sifatida mustahkamlaydigan munosabatlar muhim o‘rin tutadi. Bu ijtimoiy – madaniy organizm ma’lum bir ma’naviy namunaga, ma’naviy hayotning o‘ziga xos asosiga mos keladi. Odatda din ana shunday asos rolini bajaradi, shu sababli har qanday sivilizatsiyada “ilohiy soha” muhim rol o‘ynaydi va ko‘pincha madaniy meroslar dinga tenglashtiriladi.
“Sivilazatsiyachilar” tomonidan dinning rolini oshirib yuborilishi G‘arbdagi kabi SHarqda din faqat e’tiqod, falsafa va madaniyat yaratuvchi omil bo‘lib qolmagan. Din SHarqda hayot tarzi, qonun va odatlar majmuasi, kundalik hayotni tartibga solib turuvchi ijtimoiy dastak (regulyatro) hamdir. Bu hol ayniqsa islomga xosdir. Bundan tashqari SHarq xalqlarining etnik jihatdan rang-barangligi va ular turmush tarzining turli-tumanligi (ko‘chmanchilar va o‘troq yashovchilar, tog‘liklar va tekislikda yashovchilar, sahroda va vodiylarda yashovchilar) ularni birlashtirish va jipslashtirish muhim ahamiyatga ega edi. Bu vazifani bajaruvchi davlat odatda dinni muqaddaslashtirishga ehtiyoj sezardi. Davlat amalda o‘zining harbiy va iqtisodiy hokimyatini amalga oshirishda dinning ma’naviy, ijtimoiy-madaniy va g‘oyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashishiga tayanardi.
Sivilizatsiyali yondashuvning to‘g‘riligini tan olgan holda uni to‘g‘ri xil ko‘rinishlarda danyo fanidan o‘rin olgan formatsion yondashuvga qaram-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi (buyuk ingliz tarixchisi A.Toynbi tarixni umuman sivilizatsiyalarning birin-ketin almashinuvi deb atagan edi). Bu yondashuvlar haqiqatan ham bir-biriga qarshi bo‘lmaydi. Undan tashqari bu ikki yondashuv birgalikda harakat qilib va bir-birini to‘ldirib turishi lozim, chunki iqtisodiyotni texnologiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, texnologiyani esa madaniyat taraqqiyotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, ya’ni sivilizatsiyaning qiyofasi va taraqqiyot darajasini belgilab beruvchi madaniyat va texnologiyani iqtisodiyotdan ajratib bo‘lmaydi. Iqtisodiyot o‘z navbatida ijtimoiy tizimni, ya’ni formatsion faktorlarni (omillarni) belgilovchi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, sivilizatsiyadan tashqarida turuvchi formatsiya yo‘q va formatsiyadan tashqarida turuvchi sivilizatsiya yo‘q.
Taniqli fransuz tarixchisi Fernan Brodel tomonidan asoslab berilgan “madaniyatlar qarshiligi” omili ham katta ahamiyatga ega. Bu nazariyaga ko‘ra bu madaniyatlar va “yarim sivilizatsiyalar” ularni yo‘q qilishga javoban zo‘r berib yangidan paydo bo‘laveradi. Bu madaniyatlar, sivilizatsiyalar va “yarim sivilizatsiyalar” SHarqda G‘arbga nisbatan ancha oldin paydo bo‘lgan va chuqur ildiz otgan, shuning uchun ham sharq jamiyati nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan, balki sivilizatsiyali-madaniy jihatdan ham turli-tuman, ko‘p ukladli, plyuralistik bo‘lgan. G‘arbdan farq qilgan holda, SHarqda har bir o‘tayotgan davr o‘zidan keyingi davrga ancha sezilarli, zalvorli iz qoldirgan.
SHunday qili, SHarqning XVI -XIX asrlardagi ijtimoiy taraqqiyotida quyidagilar mavjud edi:

  1. Formatsiyalar orasidagi o‘tish davrining G‘arbga nisbatan ancha uzoqqa cho‘zilishi.

  2. SHarq jamiyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy xilma-xillikning mavjudligi, ko‘p ukladlilikning ancha mustahkam o‘rnatilganligi.

  3. “Madaniyatlar qarshiligi” faktorining alohida roli, uning natijasida SHarqda sotsiumlar turli-tumanligining ko‘payishi.

  4. Davlat va din ahamiyatining haddan ortiq kuchayib ketishi, o‘z navbatida byurokratik va ruhoniylar (ulamolar) imtiyozlari va ta’sirining kuchayishi.

Bu ichki omillarga hal qiluvchi rol o‘ynagan tashqi omillarni ham qo‘shish mumkin. XVI asrgacha (Yevroosiyoda XVIII asrgacha) bo‘lgan tashqi omillarga ko‘chmanchilarning hujumlarini, XVI asrdan keyin esa Yevropa mamlakatlari mustamlakachiligini ko‘rsatish mumkin.


SHarqning “doimiy qoloqligi” haqidagi keng yoyilgan fikrlarga qarshi shuni aytish mumkinki, yangi davr arafasida ahvol umuman boshqacha edi. 16 asr boshida SHarqda, ya’ni Osiyoda va SHimoliy Afrikada 228 mln aholi, ya’ni Yer yuzi aholisining 68 % i yashardi. Aynan SHarqqa, XVII asr oxirigacha sanoat ishlab chiqarishining 77 % i to‘g‘ri kelardi. SHarqda dehqonchilik sohasida ham hosildorlik Yevropadan yuqori edi.
1500-yilda dunyoda aholisi 100 ming kishidan ortiq 31 ta shahar bo‘lib, ularning 25 tasi SHarqda, faqat 4 tasi Yevropada joylashgan edi.
Yevropa XIX asr boshlarigacha SHarq mamlakatlaridan yuqori sifatli tovarlarni, ayniqsa ipak, ip gazlama, zargarlik buyumlari, boshqa tayyor mahsulotlar, dori-darmonlar, shirinliklar, kofe, choy, shakar va boshqa mahsulotlarni olib kelardi.
Pekin 1500 va 1600-yillarda ham dunyoning eng yirik shahri bo‘lib qoldi, 1800-yilda esa dunyoda birinchi bo‘lib bu shahar aholisi bir million kishidan oshdi. SHu yili shaharliklarning 60 % i SHarqda yashardi. Hatto 1875 yilda ham shaharlik aholi soni G‘arbga nisbatan SHarqda ko‘p edi.
Yevropaliklar XVI-XVII asrlarda SHarqdagi mo‘l-ko‘lchilik, hashamat va qudratdan hayratga tushganlar, o‘sha davrda ular nazarida Yevropa dunyoning qashshoq va qoloq qismi bo‘lib ko‘ringan. Yevropada ayniqsa moddiy ishlab chiqarish, eng avvalo sanoat ishlab chiqarishi orqada qolgan. Aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishda G‘arb SHarqdan orqada qolgan. O‘sha davrda Yevropa hissasiga (Rossiyani hisobga olmaganda) Yer shari aholisining 16 % i (68 mln kishi) va jahon sanoatining 18 % i to‘g‘ri kelgan. XVI asrda Yevropa aholisi o‘sish sur’atlari bo‘yicha Osiyodan orqada qolayotgan bo‘lsada (25 % ga qarshi 35%), Yevropa aholisining katta qismi qashshoqlik va ochlikda kun kechirardi.
Faqat Yevropaning janubida, O‘rtaer dengizining SHarq bilan aloqada bo‘lgan mamlakatlarida ijtimoiy va iqtisodiy ahvol ancha yaxshi edi (ayniqsa italyan shahar-respublikalari bo‘lgan Venetsiya, Genuya, Florensiya, Piza, Analfi, Livorno). Bu shaharlar YAqin SHarq va SHimoliy Afrika bilan doimiy savdo, xo‘jalik, madaniy va boshqa aloqalar o‘rnatgan edi.
Feodal Yevropada, ayniqsa O‘rtaer dengizida qul savdosi avj olgan edi. XVI-XVII asrlarda Italiyadagi boy oilalarning barchasida SHarqdan keltirilgan qullar bor edi.
Qul savdosi keyingi davrlarda ham Mag‘ribning musulmon korsarlari, usmoniy “g‘oziylar”, Genuyalik va Venetsiyalik savdogarlar, Ispaniya qiroli xizmatida bo‘lgan kataloniyalik va sitsiliyalik qaroqchilar, shuningdek O‘rtaer dengizining markaziy hududlari ustidan o‘z nazoratini o‘rnatgan Malta ordeni ritsarlari tomonidan rag‘batlantirilib turildi. Yevropadagi qullar orasida arablar, afrikaliklar, turklar, slavyanlar, greklar bor edi.

MUSTAMLAKACHILIKNING IJTIMOIY SHART-SHAROITLARI


Ispaniya XV asrda rekonkistani muvaffaqiyatli amalga oshirib, uni Iberiya yarim orolidan tashqarida ham davom ettirishga urinishi O‘rtaer dengizi Yevropasini SHarq bilan aloqalari natijasida gullab-yashnaganligini ko‘rsatuvchi yana bir dalildir. Bu davrda Ispaniya qudratli davlatga aylandi va XVI asr Ispaniyaning “oltin asri” bo‘ldi. Lekin ispanlar o‘zlarining iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy boyliklarining katta qismi mamlakatda deyarli 8 asr davom etgan arab-islom sivilizatsiyasi merosi ekanligini unutib qo‘ydilar. Arablar bu mamlakatni Al-Andalus (Iberiya yarim oroli) deb ataganlar.
Rekonkista natijasida Ispaniyada Al-Andalus sivilizatsiyasining bevosita vorislari bo‘lgan marvlar har tomonlama ta’qib ostiga olindilar, ular quvg‘in qilindilar, yoki cho‘qintirilib, morisklarga aylantirildilar. Hali XVI asrdayoq qabul qilingan “qon sofligi to‘g‘risidagi statut” morisklar va xristianlikka o‘tkazilgan vakillarining biron-bir davlat yoki jamoatchilik mansablarini egallashni taqiqlab qo‘ydi. SHuning uchun ham ular o‘z kuch va e’tiborlarini iqtisodiy sohaga qaratib, bu sohada katta rol o‘ynadilar.
Ularning kuch-g‘ayratlari bilan mamlakatda XVI asrda hunarmandchilik, savdo va manufaktura ishlab chiqarishi rivojlandi (ipak, jun, movut, shakarqamish, zaytun yog‘i, keramika va b). Morisklardan mohir bog‘bonlar, nonvoy, qassob, temirchi, tikuvchi, quruvchi, chorvador, dengizchi, baliqchi, dehqon va boshqa kasb egalari etishib chiqdi. SHu bilan birga morisklar ichida taniqli savdogarlar, fabrikantlar, zargarlar, kema egalari etishib chiqqan. Morisklarning mehnat unumdorligi mamlakatdagi o‘rtacha mehnat unumdorligidan 4 marta yuqori edi.
Ispaniyada 1609-1614 yillarda morisklar mamlakatdan quvg‘in qilingach, ularning iqtisodiyotdagi roli yaqqol ko‘rindi. Mamlakatdagi deyarli barcha manufakturalar yopildi, ipak, jun, movut, shakar, keramika eksporti to‘xtab qoldi. Ko‘pgina shaharlarda savdo izdan chiqdi. Don, sholi, xurmo etishtirish keskin kamaydi. Ba’zi bir hududlarda hayot 100-200 yildan keyin qayta tiklandi.
Ispaniyadagi bu voqealar Yevropaning O‘rtaer dengizi mamlakatlarining SHarq bilan bo‘lgan an’anaviy aloqalarining uzilishi qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatdi. Lekin bunday ajralishni bartaraf etib bo‘lmadi.
Yevropa mamlakatlari geografik, iqtisodiy, siyosiy, etnik, diniy jihatdan bir-birlari bilan bog‘langan bo‘lib, XVI asrgacha butun Yevropani birlashtirgan va SHarqqa qarshi eng qudratli ma’naviy-mafkuraviy omil bo‘lgan katolitsizm XVI-XVII asrlarda uning hukmronligiga xavf solayotgan Reformatsiya harakati natijasida o‘zining agressivligi va murosasizligini yanada kuchaytirdi. Katolitsizm bilan islom o‘rtasida ziddiyatlar kuchaydi.

SHarq mamlakatlarining deyarli barcha mamlakatlari YAngi davrning uch asri davomida (XVI - XIX) jahon tarixidagi etakchilik maqomini yo‘qotib, qaram mamlakatlarga aylpnishning og‘ir, mashaqqatli jarayonini boshdan kechirdilar. Bu davrning boshlang‘ich qismida, XVI – XVII asrlarda SHarq mamlakatlari o‘zlarining ichki muammolari bilan band bo‘lib, G‘arb mamlakatlariga etarli e’tibor bera olmadilar. YAponiya, Xitoy, Hindiston va ularning yaqin qo‘shnilari Evropadan ancha olisda joylashganligi sababli Vasko da Gamaning 1498-1502 yillarda Hindistonga borishi va Affons d’Albukerkining 1509-1515 yillarda YAmanning janubidan Malakka yarim oroligacha bo‘lgan orollarda tayanch bazalarni tashkil etishlari SHarq mamlakatlari hukmdorlarini unchalik tashvishga solmadi.


Yaponiyada feodallarning birlashib markazlashgan davlat – segunatga asos solinishi natijasida XVI asrdan boshlab Yaponiyaning tashqi bosqinchilik siyosatining kuchayishiga olib keldi va birinchi navbatda XVI asr oxiridan Koreyaga qarshi xurujlar kuchaydi. YAponiyada portugallar (1542) va ispanlarning (1584) paydo bo‘lishi dastlabki davrda yapon hukmdorlarini uncha tashvishga solmadi. Faqat XVI asr oxiriga kelib evropaliklarning YAponiyada missionerlik faoliyatining kuchayishi va qul savdosining rivojlanishi yaponlarni xushyorlikka chaqirdi. Tokugavalar sulolasidan bo‘lgan birinchi syogun bu erga birinchilardan bo‘lib kelgan portugallar va ispanlarga gollandlar va inglizlarni qarshi qo‘ydi (ular bilan imtiyozli bitimlar tuzish orqali). Ispanlarning 1611 yilda harbiy flot yordamida gollandlar va inglizlarni YAponiyadan quvib yuborishga bo‘lgan urinishlari samara bermadi. 1614 yilda YAponiyada xristianlik taqiqlandi. 1634 yilda barcha ispanlar YAponiyadan chiqarib yuborildi, 1638 yilda portugallar chiqarib yuborildi. Faqat 1637-1638-yillardagi dehqonlar qo‘zg‘olonini bostirishda syogunga yordam bergan gollandlarga Nagasaki yaqinidagi kichik bir orolda yaponlar bilan cheklangan savdo olib borishga ruxsat qilindi. 1636 yilda barcha yaponlarga o‘lim xavfi ostida mamlakatdan chiqib ketish va katta kemalar qurish taqiqlab qo‘yildi. Mamlakatda “yopib qo‘yish” siyosati, ya’ni YAponiyani tashqi dunyodan ajratib qo‘yish siyosati amalga oshirilib, bu siyosat 1854 yilgacha davom etdi. Bu davrda faqat golland va xitoylik savdogarlar YAponiya bilan savdo aloqalari olib bordilar.
Lekin shunga qaramasdan YAponiya chet davlatlar haqida yashirin ravishda ma’lumotlar to‘plab, xalqaro vaziyatni kuzatib bordi. Rossiya Saxalin va Kurill orollarida o‘onashib olgach, YAponiyani ochib qo‘yishga harakat qildi. Lekin 1739 yildagi Bering ekspeditsiyasidan tortib to 1809-1813 yillardagi Goloanin ekspeditsiyasigacha bo‘lgan barcha urinishlar bekor ketdi. Syogunlik YAponiyadagi feodal tuzumni imkoni boricha saqlab qolishga urinardi. Buning uchun mamlakatni yopib qo‘yish eng yaxshi vosita deb hisoblanardi. Hatto dengizda halokatga uchrab, chet ellarga borib qolgan yapon dengizchilariga YAponiyaga qaytish taqiqlab qo‘yilgan edi. Bunday ahvol 1868 yilda syogunat ag‘darilib, “Meydzi islohotlari”gacha davom etdi.



1 Аслида бу ёндошув фанда янгилик эмас. Масалан, минг йиллик катта цикллар ҳакидаги назария буюк ватандошимиз АбуРайҳон Берунийга тегишли.



2 Buyuk geografik kashfiyotlar oqibatida mustamlaka imperiyalari shakllanib, u erdan oqib kela boshlagan katta boyliklar Evropa mamlakatlarida narx-navoning, birinchi navbatda qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxining keskin ko‘tarilishiga olib keldi. Bu hodisa olimlar tomonidan «narx-navo inqilobi» deb atalib, Evropada kapitalistik munosabatlarning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.



Yüklə 46,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin