1-mavzu. Yengil atletika



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə2/4
tarix25.01.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#80857
1   2   3   4
Umarov Sh Yengil atletika

Yengil atletika bilan shug’ullanish chog’ida qator qoidalarga rioya qilish zarur bo’ladi, bu kutilgan yaxshi natijalarga erishishga olib keladi. Qoidaga ko’ra, avval 3 — 5 daqiqa asta yuguriladi, 6 — 8 marta umumiy mashqiar bajariladi, 30 — 50 m ga tezlik bilan 2 —- 3 qayta yuguriladi. Bu harakatni aniq bajarish ko’nikmasini hosil qilishga yordam beradi.

  • Uzunlikka yoki balandlikka sakrash joyi quruq va tekis bo’lishiga ahamiyat beriladi. Bunda yerga tushish joyida o’tkir, uchli narsalar bo’lmasligi lozim. Balandlikka sak-rashni kuzatayotganda kuzatuvchi yugurish tomonida turadi, aks holda sakrash tayoqchasi uchib ketib, unga tegib ketishi mumkin.
  • Yugurish mashqini bajargandan so’ng darhol to’xtab yoki o’tirib olish mumkin emas. Masalan, 100—-200 m uzoq masofaga yugurganda yaxshisi 10— 15 metrqadamlab yurish kerak.

Ko’hna Yunoniston qoyatoshlaridan birida taxminan 2,5 ming yillar ilgari yozilgan quyidagi: ,,Agar kuchli bo’lishni istasang — yugur, agar chiroyli boiishni ista-sang —yugur, agar aqlli bo’lishni xohlasang — yugur", degan yozuvlar topilgan. Ma'lum bo’lishicha, yugurish sportning asosiy turi hisoblangan. Yengil atletikada qisqa masofaga (sprinterMk), ya'ni 60, 100, 200, 400 metrga; estafetali 4 x 100 m, 4 x 200 m, 4 x 400 m li masofaga; o’rta va uzoq masofalarga, ya'ni 1000 m, 1500 m, 2000 m, 3000 m, 5000 m, 10000 m ga (stayerlik) yugurish; marafon (42 km 195 m) yugurish kabi yengil yugurish turlari mavjud. Bulardan tashqari, uzoq masofalarga (5 km dan 80 km gacha) ham yuguriladi.

  • Mahalliy sharoitda yugurish kross yugurish deb uritiladi. Yugurishni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga b0'lish mumkin: start, tezlanish, masofani o’tish, finish.
  • Yaqin masofalarga past start qo’llaniladi. Agar undan unumli foydalanilsa, qisqa vaqt ichida maksimal tezlikka enshish imkoniga ega bo’linadi.
  • o’rta va uzoq masofalarga yugurishda yuqori start qo’llaniladi. Bu yugurishdan unumli foydalanilsa, masofaning dastlabki metrlaridayoq ilgarilab ketishga erishiladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin